Freundlix izoterma modeli quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Freundlix izoterma tenglamasi yordamida turli-(ideal bo‘lmagan ) eritmalarda boradigan sorbsiya jarayonlarini o’rganish mumkin.Ushbu modelning chiziqli tenglamasini quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin:
Bu tenglamada КF – Freundlix konstantasi, 1/n – sorbsiya intensivligi. Freundlix konstanlalari КF va n(n≈ 1-10) qiymatlarini logqe bilan logCe ni chiziqli grafigida kesishish qiyaligining burchak qiymati orqali topiladi.
Tadqiqotni amalga oshirish uchun ishda KU-2 kationitga sun’iy eritmalardan ionining sorbsiya izotermasi o’rganildi. Buning uchun statik almashinuv sig‘imi 5,2 mg⸱ekv/g bo‘lgan aktiv holatdagi KU-2 kationitdan foydalanildi. Sorbatni tayyorlash uchun 10 % li NH4OH eritmasidan foydalanilib, konussimon kolbalarga 0,05 dan 0.0125 mol/l gacha bo‘lgan har xil konsentratsiyali eritmalar suyultirish orqali tayyorlandi. Eritmalardan ionning sorbsiya davomiyligi 24 soat davomida 323K haroratda, statik sharoitda o‘rganildi.
Olingan natijalar asosida sorbsiya jarayonlari izoterma modellari tuzildi va sorbsiya qonuniyatlari tahlil qilindi.
Quyidagi rasmda kationitga ionning sorbsiya izotermalari keltirilgan:
Rasm. KU-2 kationitga ionning sorbsiya izotermalarining
(a) Freunlix modeli.
Yuqorida keltirilgan grafiklardan foydalanib izoterma konstantalari hisoblab topildi. KU-2 kationitga sun’iy eritmalardan ionning sorbsiyasini o‘rganish orqali hisoblab topilgan Lengmyur va Freundlix parametrlarining qiymatlari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Jadval.
KU-2 kationitga ionning sorbsiya izoterma parametrlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |