Masharipova zulfira raximboyevnaning


Birinchi bob bo‘yicha xulosa


Download 449.89 Kb.
bet14/26
Sana18.06.2023
Hajmi449.89 Kb.
#1578874
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Bog'liq
ASOSIDAGI IONITLARGA AZOT SAQLAGAN BIRIKMALARNING SORBSIYASI

Birinchi bob bo‘yicha xulosa
Bobda keltirilgan maʼlumotlar ion alamashtiruvchi materiallarga qiziqish juda yuqoriligi va ular asosan polistirolni choklangan polimerlaridan iboratligini ko‘rsatdi. Chet elda polimer sorbentlar metall ionlarini sorbsiyalash qouniniyatlarining o‘rganilganligi, sanoat miqyosida ko‘plab ionitlar ishlab chiqarilishi ammo polivinilxlorid asosida bunday materiallar juda kamligi va ularning xossalari yaxshi o‘rganilmaganligi haqida xulosa qilish mumkin.
Shuning uchun ushbu dissertatsiya ishining maqsadi mahalliy xomashyolar asosida ionitlar olish, olingan ionitlarnining fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish va ularning sorbsion xossalarini izoterma va kinetik modellarda o‘rganishdan iboratdir.
Keyingi bobda yuqoridagilarni hisobga olgan holda, keltirilgan izlanishlar asosida mahalliy xomashyolardan polivinilxloridni (PVX) oltingugurt bilan modifikatsiyalash ishlari natijalari keltirilgan. Shuningdek, PVX asosida olingan ionitlarga azot saqlagan birikmalarning sorbsiyasini o‘rganish asoslari keltirilgan.
II-Bob. Tadqiqot natijalari va ulаrning tahlili
Hozirgi kunda sintetik polimerlar sanoatning turli tarmoqlarida keng koʼlamda qoʼllanilmoqda. Polimerlar orasida ion almashinuvchi materiallar gidrometallurgiyada rangli, kamyob, ogʼir va nodir metallarni ajratib olish va kontsentrlashda, issiqlik elektrostantsiyalari va kimyo ishlab chiqarish zavodlarida suvni tayyorlashda, suvni yumshatishda oqava suvlarni tozalashda koʼp miqdorda ishlatiladi. Bundan tashqari, poliamfolit xossali ion almashinuvchi materiallar koʼpgina ekologik muammolarni bartaraf etishda qoʼllanilmoqda. Shuning uchun mahalliy xom ashyolardan yangi ion almashinuvchi materiallarni sintez qilish va ularning fizik-kimyoviy va sorbtsion xossalarini oʼrganish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Kationit va anionit xossali ion almashinuvchi materiallar asosan tarkibida ham asos ham kislota funktsional guruhlarini oʼz ichiga oladigan monomerlarni polimerlanish va sopolimerlanish hamda tayyor polimerlarni matritsasini kimyoviy modifikatsiyalash usullari bilan olinadi.
Yuqorida keltirilgan adabiyotlar sharxidan ion almashuvchi materillar granula, tola va gidrogel koʼrinishiga egaligi, tarkibida turli xil funktsional guruxlar tutishi; kimyoviy, mexanik barqarorlikka va yuqori sirtga xamda gʼovaklikka ega boʼlishini taqozo qiladi.
Iqtisodiyotning asosini sanoat korxonalar va kimyoviy zavodlar tashkil qiladi, ularning doimiy ishlashini ta’minlash uchun atrof-muhitga va atrofida istiqomat qiluvchi aholiga zararini kamaytirish kimyogarlar oldida turgan vazifalardan biridir. Sanoat korxonalari va aholi iste’moli uchun ishlatiladigan suvni tayyorlashda suvning qattiqligini keltirib chiqaruvchi ionlardan tozalash talab etiladi. Suvning qattiqligini yumshatishda bir qancha usullar bo‘lib ulardan eng keng tarqalgan va qulay bo‘lgani ionitlar ishtirokida ion almashinish texnologiyasi hisoblanadi. Bunday ion almashinuvchi ionitlar yuqori sorbsion xossaga va ko‘p marta qayta ishlatish xususiyatiga ega bo‘lishi talab qilinadi.
Ko‘pgina tajribalar natijasida CaSx eritmasini olishning optimal
shartlari kolbadagi CaO:S:H2O massa nisbati 1,0: 3,0: 16,8 bo‘lgan
reaksiya, 358-368 K haroratda 70 - 90 daqiqa. Reaksiya jarayonida H2S,
Ca(SH)2, CaS2O3 kabi qoʻshimcha moddalar hosil boʻlishi mumkin.
Reaktsiya natijasi to‘q qizil eritma bo‘lib, filtrlanadi. Eritmadagi CaSx ning
massa ulushi 28-34% ekanligi aniqlandi. Qoldiq suyuqlik qayta sintez qilish
uchun ishlatilishi yoki o‘g‘it sifatida yerga ko‘milishi mumkin. Reaksiya
vaqtining oshishi tiosulfat ionlari miqdorining oshishiga olib kelishi
mumkin, ammo bu PVXdan sulfo-guruhlarni o‘z ichiga olgan kation
almashinadigan qatronlar ishlab chiqarishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning
sababi shundaki, tiosulfat ionlari yoki ion radikallari, masalan, sulfid
guruhlari, PVX zanjiriga bog‘langandan so‘ng, oksidlanish jarayonida
oltingugurt guruhlariga oksidlanish ehtimoli ko‘proq.
PVXga oltingugurtni modifikatsiyalash uchun turli tajribalar olib
borilgan. Granulasimon plastikat PVX (I-40-13A markali) etilasetatda 2,5
soat ekstraktsiya qilindi. Bundan maqsad plastikat PVXdan
plastifikator(debutilftalat) chiqarish orqali g’ovakligi oshirildi. PVXni
filtrlab idishga solinadi, ustiga CaSx qaynoq eritmasi quyilib, idish germetik
yopildi va 423 K haroratda 4 soat davomida pechda qizdiriladi. Keyingi
bosqichda oltingugurt modifikatsiyalangan polimer tarkibidagi -Sx-, -S-H
guruhlarini –SO3H guruhgacha oksidlash uchun HNO3 konsentrlangan
eritmasi bilan suv hammomida 3-4 soat davomida reaksiya olib boriladi. Va olingan sulfokationitga amino gruppa biriktirish maqsadida PEPA bilan qo‘shildi, va reaksiya 1500C da 4 soat davomida olib borildi. Sintez qilingan sorbent filtrlab olinib neytral sharoitgacha yuviladi va quritiladi. Quritilgan sorbent aktivatsiyalanadi. Olingan kationitlarning NaOH bo‘yicha statik almashinish sig‘imi aniqlandi. SAS = 2,4 mg-ekv/g


Download 449.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling