Masharipova zulfira raximboyevnaning
Download 449.89 Kb.
|
ASOSIDAGI IONITLARGA AZOT SAQLAGAN BIRIKMALARNING SORBSIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sulfokationitning va unga yutilgan karbamid va tiokarbamidning IQ spektr tahlil natijalari
Yuqoridagi jadvalda KU-2 kationitga tarkibida ioni bo‘lgan sun’iy eritmalarda sorbsiyasi turli konsentratsiyalarda o‘rganildi. Ushbu jarayonning Freundlix izoterma modeli korrelyatsiya koeffitsienti qiymati (R2=0,9977) va Langmyur izoterma modeli korrelyatsiya koeffitsienti qiymati (R2=0,7299) dan ko‘rinib turubdiki, jaroyon Freundlix izotermasiga bo‘ysungan. Sorbsiya intensivligi ham 0-1 oralig‘ida bo‘lganligi ionlarining kationitga yutilishi qulay bo‘lganligidan dalolat beradi. Bu esa KU-2 kationit tarkibidagi sulfoguruhlari asos xossali ammiakni kimyoviy bo‘g‘lanish orqali sorbsiyalaganligini bildiradi. Sorbsiya miqdori esa 23,64 mg/g tengligi hisoblab topildi. Olimgan natijalar asosida KU-2 kationitini sanoat chiqindi suvlari tarkibidagi ionlarini olib tashlashga qo‘llashga tavsiya qilish mumkin. Hosil bo‘lgan PVX-SC dagi suvli eritmalardan Ca2+ va Mg2+ ionlarini sorbsiyalash kinetikasi va izotermalari o‘rganildi. Muvozanatli sorbsiya asosida u Langmyur, Freundlix, Tempkin va Dubinin-Rudashkevich (D-R) izoterma modellarida baholandi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, PVX-SC dagi suvli eritmalardan Ca2+ va Mg2+ ionlarining yutilishi R2 (Ca2+=0,995 va Mg2+=0,991) va RL qiymatlariga asoslangan Lengmyur monomolekulyar nazariyasiga mos keladi. Sulfokationitning va unga yutilgan karbamid va tiokarbamidning IQ spektr tahlil natijalari Ushbu ishda PVXga CaSx modifikatsilab olingan polimerni oksidlash orqali olingan kation almashinuvchi IQ spektroskopiya usuli bilan polimer tarkibidagi funksional guruhlari o’rganildi. PVXga oltingugurtni CaSx orqali modifikatsiyalangan reaksiyasi mahsulotini HNO3 yordamida oksidlab olingan kationitni identifikatsiyalash uchun IQ spektr tahlili o‘tkazildi. Infraqizil spektroskopiya tadqiqot ma’lumotlari qiyosiy analizi kationit tarkibida sulfoguruh borligini ko‘rsatadi. Yuqoridagi (b) rasmdagi infraqizil spektrda 1714 va 1210 sm-1 sohalarda bir valentli -SO3H bog‘lanishlarni xarakterlaydigan intensiv yutilish sohalari va shuningdek 1220-1080 sm-1 sohada S=O bog‘lanishning valent tebranishlarini, -OH guruhlarini xarakterlaydigan 3400 sm-1 atrofida keng yutilish sohalari paydo bo‘lgan. Buning esa oltingururtlangan polimer tarkibidagi sulfid, polisulfid, gidrosulfid guruhlari oksidlovchi ta’sirida oksidlanib, sulfoguruhlarga o‘zgarganligidan dalolat beradi. Download 449.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling