Ta’sir o‘tkazish manbai bo‘yicha: geterosuggestiyu — boshqa shaxs tomonidan ta’sir o‘tkazilishi autosuggestiyu - o‘z-o‘zini ishontirish Mexanizmi bo‘yicha:
Bevosita ta’sir o‘tkazish - to‘g‘ridan to‘g‘ri shifokor so‘zlari yordamida ta’sir o‘tkaladi. Bemor odatda ta’sirlanish va uning oqibati orasidagi aloqani o‘rnatadi.
Bilvosita tasir o‘tkazish- bu xolatda shifokor ko‘shimcha (oraliq) tasir etuvchi xolatdan foydalanadi va bemor odatda davo natijasini shu bilan bog‘laydi.
Davo maqsadida ta’sir o‘tkazish tetiklik xolatida (uyg‘ok), gipnoz ( gipnosuggestiya), xamda chuqur bo‘lmagan uyqu va narkotik uyqu (narkopsixoterapiya) xolatida o‘tkaziladi.
Uygoq xolatida ta’sir o‘tkazish.Uyg‘oq xolatida ta’sir o‘tkazish samarasi o‘tkaziladigan joy sharoitiga xodimning tashqi ko‘rinishi, shifokorning obro‘siga va maxoratiga bog‘liq. Shifokorning obrusi qancha yuqori bo‘lsa, uning ta’sir etish «formula» si shuncha kamroq tanqidiy fikrga uchraydi.
Psixoterapiyaning bu usulida bemorning affektiv xolati muxim axamiyatga ega. qo‘rquv, jaxl, ekstaz va boshqa kuchli emotsional xolatlar uyg‘oqlik vaqtida ta’sir etishni osonlashtiradi (urush xolatida, turli mitinglarda va x.k.). Uyg‘oqlik davrida ta’sir o‘ o‘tkazish nevrozlarning barcha turlarida, ayniqsa isterik turida, alkogolizm va kashandalikda, nojuya xatti-xarakatlarni bartaraf etish uchun ko‘rsatma bo‘ladi. Bolalarda va ta’sir ko‘rsatishi yukori bo‘lganlarda bu usul samaralirok.
Tabiy uyqu xolatida ta’sir o‘tkazish.Uyqudagi odam bilan so‘zlashish orqali muloqotga kirishsa bo‘ladi. Bunda singdiriladigan ma’lumot verifikatsiyasi juda past bo‘lib singdirilish effekti yuqori bo‘ladi. Uyqu paytidagi kiritilgan ma’lumotni bemor eslab qolishi shart emas. Uyqu paytidagi aytilgan gap uyg‘ongandan kegin esdan chiqgan bqlsa shu ma’lumotning ta’siri kuchlirok bo‘ladi.
Gipnoz xolatida ta’sir o‘tkazish. Bu usulning asosida qabul qilinuvchi informatsiyaning verifikatsiyasi pasayib ma’lumotning singdirilishi ko‘payadi. Davolash jarayoni bir kancha davrga bo‘linadi (etap):
-tayyorlash,
- gipnozlantirish,
-gipnoz xolatida davolovchi ta’sir
-gipnozdan keyingi ta’sir orqali degipnotizatsiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |