Chuqur gipnoz (somnambulizm)
Oriyentirni buzilishi va tuliq postgipnotik amneziya bilan tavsiflanadi. Gipnoz xolatida bemor xech kanday tashqi ta’surotlarni qabul qilmaydi, faqat gipnoz qilgan shifokor bilan aloqada bo‘ladi. Gallyutsinator kechinmalar tasiri bo‘lishi mumkin. og‘riq ta’sirini kuchaytirish yoki biror bir analizator ta’sirini o‘chirish mumkin. Bu bosqichda postgipnotik ta’sir bo‘lishi extimoli bor.
Gipnoztizatsiya asoratlari Rapportni seans vaqtida yukotish
Gipnotik trans bunday xolatlarda oddiy uyqu xolatiga o‘tadi. Gipnolog seansni tugatishi yoki bemorni uyqudan uyg‘otib qaytadan gipnoz qilishi lozim bo‘ladi.
Gipnoz vaqtida bemorda xech qanday sababsiz yoki (shifokorning nojuya xarakati bilan) to‘satdan uning oldingi jaroxatlagan kechinmalari yuzaga chiqishi, shu sabab unda ko‘z yosh, yig‘lash, ekspansiv xarakatlar vujudga keladi. Shifokor bemorga xissiy reaksiyalarini bosish uchun tinchlanishni va uyquda davom etishini buyuradi. Isterik gipnoid
Seans vaqtida qichqirish, isterik xuruj, baqirib yig‘lash, xondon otib kulish talvasa tutganday qilib ko‘rsatadi o‘zini. Ba’zan isterik gipnoidda bemor ma’nosi yo‘k iboralarni aytishi, sher o‘qishi, o‘rnidan turib ketib qolishi,... mumkin. Bunday xolatda buyruq oxangida bemorni tinchlantirishi va seansni to‘xtashi lozim duladi.
Spontan somnambulizm
Isterik gipnozdek boshlanadi asosan isterik shaxslarda. Rapportni yo‘qolishi bilan boshlanadi. Bemor somnambulizm xolatiga tusatdan tushib qoladi, shu vaqtda oriyentirni yuqotadi, gallyutsinatsiya bo‘ladi, xonada yuradi, qandaydir xayotida sodir bo‘lgan yoki bo‘lmagan xolatlarni ijro etadi. Bunday xolat bir kancha daqiqadan bir qancha soatgacha davom etishi so‘ng tabiy uyquga aylanadi.
Gipnotik letargiya
Odatda gipnozning uchinchi bosqichida vujudga keladi. Shiokfokor bemor bilan o‘rtada rapportni yo‘qotadi va uni gipnoz xolatidan olib chiqish imkoniyatini yo‘qotadi. Bunday xollarda gipnotik trans tugab tabiy uyqu davriga o‘tishini kutish lozim, bemorga uxalab olishga vaqt beriladi, so‘ng u bilan tinchlantiruvchi suxbat o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |