Guruxli psixoterapiya usullari.
Usuli.
|
Tarifi.
|
Guruxli diskussiya.
|
Gurux diskusssiyasi 3 turdagi mavzuda bo‘ladi:
biografik, tematik va interaksion.
|
Psixodrama.
|
Guruxli psixoterapiya usuli bo‘lib, muammolarni rollar orqali spontan namoyon qilishdan iborat.
|
Psixogimnastika.
|
Bu usul yordamida so‘zlarsiz xarakat natijasida bemordagi kechinmalar yuzaga chiqadi. U 3ta qismdan tashkil topgan: tayyorlov, pantomimika, tugallanish.
|
Proyektiv rasm.
|
Gurux yoki individual tarzda xar bir qatnashchiga qalam, qogoz, kraska berib,30 daqiqa davomida rasm chizishga buyuriladi. Shu rasmlar muxokama qilinib, qo‘shimcha informatsiya yig‘iladi.
|
Muzikoterapiya.
|
Bu psixoterapevtik metod, davo maqsadida kullanadi.
4 xil effekt kuzatiladi: 1) emotsional aktivlashish; 2) kommunikatsiya yani insonlar orasidagi munosabat yaxshilanadi; 3) Psixovegetativ jarayonlarni yaxshilaydi; 4) Estetik talabni rivojlantiradi.
|
Mashg‘ulot ʋ 5-6
Mavzu: Ishonish va ishontirish tushunchasi. Gipnoz. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatma. Autogen
mashg‘ulot. Ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatma
Ta’sir o‘tkazish ( lot. suggestio) ruxiy – asab va somatik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatuvchi va tanqidiy baxolashsiz qabul qilinuvchi ma’lumotni yetkazish bilan belgilanadi. Ta’sir o‘tkazish orqali xissiyot, tasavvur va turli xil emotsional xolatlar chaqiriladi, xamda shaxsiyatning faol aralashuvisiz, ta’sirlanuvchining mantiqiy fikrlashisiz vegetativ funksiyalariga ta’sir etiladi.
Ta’sirchanlik – inson ruxiyatining qabul qilinayotgan ma’lumotni tanqidiy baxolashsiz qabul qilish xususiyatidir. Insonning orttirilgan xislati bo‘lib, shaxsiyat, jinsi, yoshi va aqliy faoliyatiga bog‘liqdir. Yuqori ta’sirchanlik ayollar, bolalar va keksa yoshdagi odamlarga xos. Yuqori ta’sirchanlik mustaqil fikrga ega bo‘lmaslik va tanqidiy fikrning yo‘qligiga bog‘liq bo‘lib, passiv, o‘ta ishonuvchan, aqli zaif, spirtlik ichimliklarni ko‘p istemol qiluvchi, BMJ va infeksiya oqibatida bo‘shashgan odamlarga xos. Ta’sir o‘tkazish turlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |