Mashg‘ulot ʋ 1 Mavzu: Tibbiy psixologiyaga kirish, maqsadi va vazifalari. Tibbiyot psixologiyasida tekshirish usullari. Tibbiyot psixologiyasi yosh aspektida. Sezgi, idrok, hissiyot normada, tekshirish usullari


Gipnosuggestiyani kullanilishiga qarshi ko‘rsatmalar


Download 446 Kb.
bet43/46
Sana24.04.2023
Hajmi446 Kb.
#1394687
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pe

Gipnosuggestiyani kullanilishiga qarshi ko‘rsatmalar:

  • psixozlar (ta’sir vasvasasi bilan kechuvchi shizofreniya, psixik avtomatizm sindromi bilan (Kandinskiy - Klerambo sindromi).

  • yaqqol debillik.

  • epilepsiya.

  • kasallik xolati, yaqqol intoksikatsiya bilan kechuvchi, isitmalash, ongning buzilishi (sopor, koma). - shaxsda isterik bilan gipnomaniq o‘rnatmalar mavjudligi.

o‘zini o‘zi ishontirish (autosuggestiya) - bu o‘zini o‘zi ishontirish metodi. Bu o‘zi rejalashtirilmagan xoxlamagan xolda (masalan, ipoxondriklarni o‘zini o‘zi ishontirishi, bezovta va isterik shaxslarda) va ataylab, ongli. o‘zini o‘zi ishontirish davo usuli 1910 yilda fransuz aptekachi Emil Kue tomonidan taklif etilgan.
o‘zini o‘zi ishontirish - o‘z o‘zini ishontirishni o‘tkazayotgan shaxsda farazlar, shaxsning ruxiy aktivlashishi yordamida uning vegetativ funksiyalariga yoki ruxiy kechinmalariga ta’sir o‘iladi. - o‘z o‘zini ishontirish -bu usul o‘ziga qandaydir fikr, xoxish, obraz, xis qilishni singdirish.
Davolash texnikasi.

  • dastlabki suxbat, turli kasalliklarda o‘zini o‘zi ishontirishni organizmga ta’siri xaqida misollar keltiriladi. - shifokor bemor bilan birga o‘zini o‘zi ishontirish formulasini tuzishadi, davo jarayonida o‘zgarishi mumkin. Formula bir qancha so‘zdan iborat oddiy bo‘lishi lozim, ko‘pi bilan 3-4 iboradan tashqil topgan bo‘lib ijobiy so‘zlardan tashkil topadi.

  • bemor seans vaqtida o‘tirgan yoki yotgan xolatda o‘ziga qulay joylashadi, ko‘zlarini yumadi, past ovozda bo‘shashadi, 20 marta o‘zini o‘zi ishontirish formulasini kaytaradi.

Seans 3-4 daqiqa davom etadi, kunda 2-3 marta qaytariladi, 6-8 xafta davomida. Davo odatda ambulator sharoitda, shifokor nazorati bilan o‘tkaziladi.

Autogen mashg‘ulot (Shuls usuli)


Autogen mashg‘ulot - bu o‘zini o‘zi ishontirishni relaksatsiya xolati (qo‘yi pog‘ona) yoki gipnotik trans (yuqori pog‘ona).
Shuls tomonidan taklif etilgan bu usul klassik deb ataladi va u 2 boskichdan iborat: 1-chi, yoki boshlang‘ich (AT-1), va 2-chi, yoki oliy (AT-2).
AT-1 Texnikasi

  • bemor bilan muloqot o‘tkazilib , u yoki bu mashg‘ulotlaring organizmga ta’sir mexanizmi fiziologik asoslar usulida tushuntiriladi.

  • seanslar kuniga 3-4 marta o‘tkaziladi. Birinchi 3 oyda xar bir seansning davomiyligi 1-3 daqiqadan oshmasligi kerak, keyinrok vaqti uzaytiriladi (AT-2). ammo 30 daqiqadan oshmaydi.

  • kamida 1 xaftada 1 marta guruxli mashg‘ulot o‘tkaziladi.

  • davoning birinchi etapida 6 ta mashqni o‘zlashtirig kerak. Xar bir mashg‘ulotga 10-15 kun ketadi. - bundan so‘ng davoning 2 chi etapɵ boshlanadi(AT-2), davo kamida 6 oy davom etadi.

  • autogen mashg‘ulot 9-12 oyga muljallangan.

AT-2 Texnikasi. Shuls autogen mashg‘ulotni eng yuqori pog‘onasining maqsadi, mashg‘ulotda tasavvur jarayonini mashq qilish (xayolotni vizualizatsiya qilish qobiliyati) va affektiv kechinmalarni neytrallash.
Autogen mashg‘ulotning asosida va yuqori pog‘onasida meditatsiya yotadi. Ishontirishni aniqlash usullari. Bauden (1)
Shifokor bemorga uning asab faoliyatini ayrim tomonlarini tekshirmokchiligini aytadi, unga o‘rnidan turib orkasini o‘girishini suraydi, asosiy tayanch nuktasi tovon bo‘lib tik xolatda turadi, oyoqlar jipslashtiriladi, qullar yonda. Bemor boshini orqaga tashlab shifokorning qo‘liga boshini quyadi. Ko‘zlarini yumgan xolatda mushaklarini bo‘shashtiradi; Sungra bemorga topshirik beriladi, bunda unga xozir asta orqaga yiqilishi va o‘z vaqtida uni ushlab olishlari xaqida unga buyuriladi. Sung shifokor bemorni ishontiradi: Men ensangizdan qo‘limni olishim bilan, asta syokin orqaga yiqilas! Sizni orqaga tortyapti! Siz yiqilyapsiz, yiqilyapsiz!

Download 446 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling