Mashg‘ulot ʋ 1 Mavzu: Tibbiy psixologiyaga kirish, maqsadi va vazifalari. Tibbiyot psixologiyasida tekshirish usullari. Tibbiyot psixologiyasi yosh aspektida. Sezgi, idrok, hissiyot normada, tekshirish usullari
Download 446 Kb.
|
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pe
Illyuziya – (lot. Illusere - aldash) real mavjud bo‘lgan ob’ektni noto‘g‘ri, o‘zgargan xolatda idrok qilish. Tashqi yo‘k ob’ektni idrok qilish bilan gallyutsinatsiya shunisi illyuziyadan farq qiladi. Illyuziya chaqirilgan bo‘lishi mumkin: fizik (sinish qonuni), fiziologik (e’tiborsizlik natijasida yoki o‘ta charchash fonida) psixik buzilish sababli.
Affektiv illyuziya – kuchli affektli xissiyot natijasida masalan qo‘rquvda yuzaga keladi. Bunga misol devordagi veshilkadagi palto qandaydir daydi odamday, stul yelkasidagi galstuk o‘rmalayotgan ilondek tuyiladi. Illyuziya psixik sog‘lom va psixik bemor odamlarda yuzaga keladi. Illyuziya yuzaga kelishiga tashqi muxit xam aloqador, aniq idrok qilishga xalaqit qiladigan xolatlar: yoritilishning yomonligi, shovqinli joylar, notanish joylar. Verbal illyuziya – (lot.verbalis-cezish) bu quyidagilar bilan namoyon bo‘ladi so‘zlar ma’nosini noto‘g‘ri idrok qilish, atrofdagilarni gaplarini noto‘g‘ri qabul qilish, bunda atrofdagi insonlar bemorga ta’luqli bo‘lmagan gaplarni gaplashayotganda ularning suxbatini eshitib xuddi uni urshayotgandek, kamsitayotgandek, ayblayotgandek qabul qilishidir. Pareydolik illyuziya – (gr.pare-atrofida+eidolos-obraz) persepsiya buzilishi xaqiqiy bor obrazni boshqacha qabul qilish odatda g‘ayratomus, fantastik xolatda qabul qilish. Masalan: devor gul qog‘ozida (oboy) bezakni katta qurbaqadek, osmondagi bulutlarni inson yozig‘idek. Shuningdek illyuziyalarni sezgi organlariga qarab bo‘linadi: ko‘ruv, eshituv, xidlov, taktil va boshqalar. Sezgi - bu oddiy psixik jarayon bo‘lib tashqi dunyodagi predmetlarni sezgi organlarimizni retseptor qismiga bevosita ta’sir qilishi natijasida materialli dunyodagi predmetlarni aloxida xossalarini va organizmning ichki xolatini aks etishidir (rang, yorug‘lik, issiklik, og‘rik va boshqalar). Tashqi va ichki dunyoning ob’ektlari MNSga bevosita ta’sir etmasdan balkim eksteroretseptorlar va intraretseptorlarga orqali ta’sir etadi. Ekstrotseptiv sezgi – bu tananing yuzasida joylashgan retseptorlarga ta’sir qilish natijasida yuzaga keladi: ko‘ruv, eshituv, ta’m va teri. Ekstrotseptiv sezgi 2 turi farqlanadi: distatsion (masofali) – bu predmetlarni ta’sirini bevosita kontakt bo‘lmagan xolatda tashqi dunyodan qabul qilish (ko‘ruv, eshituv, xidlov). kontaktretseptorlar – bunda ta’sirlovchi bilan bevosita ta’sirlanishi kerak, (bunga ta’m bilish, xar xil taktil sezgilar, vibratsion sezgi va boshqalar). Introretseptov sezgi – (yoki organiq) bu ichki organlarni innervatsiya qiluvchi nerv tolalari oxiriga ta’sirlovchini ta’siridan yuzaga keladi. Retseptorning qismlari ichki organlarning tuqimalarida joylashgan bo‘lib organizmning ichki sharoit xaqidagi ma’lumotlarni olib boradi. Ular 2 guruxga bo‘linadi. Introretseptorning asosiy faoliyati bu ichki organlarning xolati xaqida ma’lumot yetkazishdir. Proprioretseptorlar – mushaklarda, bog‘lamlarda va vestibulyar apparatda joylashgan bo‘lib insonning tanasini xolati va tana oxirlarining bir-biriga nisbatan joylashishi xaqidagi ma’lumotlarni olib boradi (o‘zini kilayotgan xarakatlarini sezgi va tanasin fazodagi xolatini sezish). Sezgining asosiy va muxim xarakteristikasi sezish bo‘sag‘asi xisoblanadi-ta’sirlovchilarning kanchaligi va ularning sezgini chaqirilishidir. Absolyut, differensial va operativ sezish bo‘sag‘asi farqlanadi. Absolyut sezgining past bo‘sag‘asi (yoki sezish bo‘sag‘asi) deb - zurg‘a sezgi xissini chaqiruvchi ta’sirlovchining minimal darajasiga aytiladi, absolyut sezgining yuqori bo‘sag‘asi deb - maksimal darajada kattalikdagi ta’sirlovchining ta’sir etishidir. Differensial sezish bo‘sag‘asi deb – ikkita ta’sirlovchi orasidagi minimal farq yoki ikkala ta’sirlovchini eng past yoki zurg‘a ikki xil sezish xissini chaqirish qobilyatidir. Operativ sezgi bo‘sag‘asi deb – signallar orasidagi eng minimal, kichik farq bo‘lib bunda aniqlik va tezlik fark maksimal darajaga yetadi. Sezgi xarakterlanishi mumkin: balandligi, yorqinligi, tovushini jarangdorligi bilan. Download 446 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling