Mashg‘ulot ʋ 1 Mavzu: Tibbiy psixologiyaga kirish, maqsadi va vazifalari. Tibbiyot psixologiyasida tekshirish usullari. Tibbiyot psixologiyasi yosh aspektida. Sezgi, idrok, hissiyot normada, tekshirish usullari


Sezgi uzgaruvchanligining qonuniyatlari


Download 446 Kb.
bet6/46
Sana24.04.2023
Hajmi446 Kb.
#1394687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pe

Sezgi uzgaruvchanligining qonuniyatlari:

  • adaptatsiya – ta’sirlovchining uzoq vaqt ta’sir etishi natijasida sezishni o‘zgarishi va sezgi analizatorlarining unga ko‘nishi.

  • sensibilizatsiya – ichki psixik omillar ta’siri natijasida analizatorning sezuvchanligining oshishi.

  • desensibilizatsiya – bitta analizator kuchli qo‘zg‘alishi natijasida ikkinchi analizatorning tormizlanishi. - kontrast – faoliyat xossasiga qarama–qarshi xolatda, sezgirlikni bitta xossasini oshishi boshqa xossalar natijasida.

-sinesteziya – assotsiativ inomadal sezgi; reallikka mos masalan: limonni ko‘rganda nordon ta’mni sezgi.
Xissiyot – bu insonga ta’sir qilayotgan omilni baxolash bilan bog‘liq bo‘lgan xolat. quyidagi formalarda namoyon bo‘ladi- siqilish, mamnun bo‘lish yoki mamnun bo‘lmaslik.
Xissiyot – bu psixik faoliyatning asosiy tomonlaridan biri bo‘lib, insonni o‘rab turgan xodisa, vokealarga va o‘ziga nisbatan munosabati va uni ichki kechinmalarda aks etishidir. Bu xolat insonni psixik xolati va somatik protseslarida katta axamiyat kasb etadi.
Biz ko‘pincha xissiyot bilan sezish jarayonini bitta deb o‘ylaymiz. Xissiyot kandaydir bo‘layotgan sezgi xodisasiga nisbatan bevosita, vaqtinchalik xis qilish xolatidir. Shuning uchun xissiyot sezgi tushunchasi bilan bog‘liq. Xissiyot bir kator xossalariga ega: sifati, tarkibi, yo‘nalishi, davomiyligi, namoyon bo‘lishi, namoyon bo‘lish manbasiga va boshqalari.
Shuningdek ijobiy, salbiy, neytral, aktiv(stenik) va passiv (astenik) xissiyotlar farqlanadi.
Stenik (gr. stenos- kuch) – bu xissiyot organizmni aktivligini, energiyasini va xayot faolligini orshiradi.
Astenik (gr.astenos- kuchsizlik, xolsizlik) – bu aksincha aktivlikni va organizmdagi xamma xayotiy jarayonlarni pasaytiradi.
Stenik xissiyotga misol bo‘lishi mumkin xursandchilik xissi, kurashuvchanlikning oshishi yoki ko‘zgaluvchanlikni, kaxr va gazabni.
Astenik xissiyotga misol bo‘lishi mumkin xursandchilikka qarama-qarshi g‘am, sog‘inch, ezilish.
Astenik yoki stenik xolatga o‘tish xar bir insonda induvidual bo‘lib, nerv sistemasini tipiga bog‘liq. Bir xil insonlar qo‘rquv xis qilganda muskul kuchi oshadi va u kurgan insoniga tashlanishi va xavf tug‘dirishi mumkin. Xuddi shu qo‘rquv xissi inson kuchini butunlay tushib ketishiga olib kelishi mumkin «qo‘rquvdan tizzasi bukilib ketishi» shuning uchun qo‘rquvni ikkita turi farqlanadi: «mobilizatsiyalangan» va «dezorganizatsiyalangan». Kayg‘u – irodasi bo‘sh insonlarda apatiyani, xarakatsizlikni chaqirishi mumkin, shu vaqtning o‘zida irodasi kuchli odamlarda ularning kuchi ikki marta oshadi. Ish qilish va ijod bilan shug‘illanib o‘ziga dalda topadi.
K.Ye.Izard asosiy yoki o‘zi nomlaganidek «fundamental» xissiyotlarni ajratib olgan bu xissiyotlar qolgan xissiyotlarni belgilab beradi.
Bu: qizikish – ijobiy emotsional xolat, bilish xamda ko‘nikmalarni rivojlantirishga, yangi bilimlarni egallash yordam beradi, bilim olishni motivatsiyalaydi; xursandchilik, xayratlanish, kayg‘urish, qaxr, yuz ugirish, qo‘rquv, uyat.
Xodisa va predmetlarga inson tomonildan yuzaga keladigan munosabatga qarab ijobiy xissiyot ya’ni, (do‘stlik, ota-onalik) va salbiy (yuz o‘girish, antipatiya, kamsitish) bo‘ladi.
Affekt – bu tusatdan yuzaga keladigan qisqa vaqt davom etadigan kuchli kuzg‘alish bqladigan xissiy xolat. Bu paytda inson o‘z xissiyotini boshqara olmaydi, qisqa vaqt ichida o‘z ixtiyori o‘zida bo‘lmaydi.
Sezish – xissiyotning bir turi bo‘lib bu o‘zida insonning emotsional xolatini birlashtiradi. Bunda insonni qandaydir xodisa, narsaga munosabati namoyon bo‘ladi.
Astenik xissiyot – g‘amginlik, qo‘rquv, tushkun kayfiyat. Bunda qiyinchilik bilan kurashdan bosh tortadi.
Stenik xissiyoT – bu ijobiy xolat, bu xursandchilik, xayajon, tetiklik bilan bog‘liq.
Intellektual xis – aqliy faoliyat jarayonida yuzaga keladi: qizikuvchanlik, kashf etish quvonchi.
Moralniy xis –etik normalar bilan yuzaga keladi; sevgi, qaxr, simpatiya, qarz va maslaxat.
Estetik xis – yangilik yaratganda va chiroyli narsalarni idrok etganda kuzatiladi.
Praksik xis – xar qanday mexnat faoliyatida yuzaga keladi.
Bazal xissiyot – minimal jamg‘arma bilan yuzaga namoyon bo‘ladi, buning asosida boshqa emotsional jarayonga yoki xolatga aylanishi mumkin: quvonch, g‘amginlik, qo‘rquv, g‘azab, inkor etish.
Eyforiya – ko‘tarinki xursand kayfiyat, xarakatlarni tetiklashishi va ko‘p gapirish bilan namoyon bo‘ladi. Ajitatsiya – bu psixopatologik buzilish. Bu affektiv taranglashuv stress oqibatida chakirilgan bo‘lib, boshqarib bo‘lmaydigan xarakatlar, miyani bo‘sh bo‘lib kolgandek xis qilishdir. Logik muxokama qobilyati buziladi. Taxipnoye, taxikardiya, ko‘p terlash, ko‘l qaltirashi, rangparlik bilan xarakterlanadi.
Affektiv dimlanish – afffektiv taranglashuv o‘zini tutib turganda xam o‘tib ketmaydigan xolat. Oldin manfiy emotsiyalar yig‘iladi keyin sababsiz affektiv portlash yuz beradi.
Stress – bu psixik taranglashuv xolati. O’ta qiyin sharoitlarda faoliyat olib borish.
Distressstressni bir turi, negativ emotsiyalarga bog‘liq bo‘lgan xolatda yokimsiz sharoitga adaptatsiya xosil qilishga xarakat qilish.
Gedonizm – xuddi xayot prinsipi bo‘lgandek mamnun va xursand bo‘lish.
Atarksiya – qalban xotirjamlik, xayotning xar bir daqiqasini to‘liqligicha qabul qilish.
Uyalish – negativ xissiyot, bunda inson o‘zini yordamga muxtoj, kichkina, axmoq, xech nimaga yaramaydigandek xis qiladi.
qo‘rquv - negativ xissiyot, bunda inson ko‘zgalgan va vaziyatdan chikishga xarakat kiladi, lyokin tashqi omillar natijasida inson shu vaziyatida qolaveradi.
Xavf kelishi (trevoga) – manfiy xissiy xolat. Xavflirok nimanidir kutish.
Xavf kelish xolati – ta’sirga nisbatan yuzaga keladigan reaksiya. Bunday xolatda negativ baxolash va boshqa tomondan agressiya yuzaga keladi.
Bezovtalik – bu shaxsning bir xususiyati bo‘lib, stressga bo‘lgan sezish bo‘sag‘asini pasayishi bilan bog‘liq.

  1. Kuzatuv

  2. Savol-javob

  3. Testlash

  4. Eksperimental usullar

  5. Ko‘ruv

  6. Suxbatlashish

  7. Yuz mimikasi, ko‘llarini xarakati kuzatgan xolatda xissiyotni tekshirish

  8. Frustratsion xoaltni tekshirish S.Rozensveyga bo‘yicha.

  9. Lyusher testi, TAT.


Download 446 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling