Mashg‘ulot ʋ 1 Mavzu: Tibbiy psixologiyaga kirish, maqsadi va vazifalari. Tibbiyot psixologiyasida tekshirish usullari. Tibbiyot psixologiyasi yosh aspektida. Sezgi, idrok, hissiyot normada, tekshirish usullari
Download 446 Kb.
|
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pe
Idrok bu – sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etish orqali predmet va xodisalarni bir butun bo‘lib ongimizda aks ettirilishidir.
Unga – predmetni fondan ajratib olish aktivlik, appersepsiya, konstantlik, tanlash, maqsadli xarakat, idrok etish umumiyligi xosdir. Bu analiz va sintezni aktiv jarayoni bo‘lib, oldingi kechinmalarga asoslangan holatda yo‘lga qo‘yilishi. Idrok etish jarayonida predmetning aniq obrozi yaratiladi. Buning uchun oldingi malakaga asoslanib aloqani tiklash, solishtirish, taqqoslash va natijani baxolash kerak. Inson idrok qilishda nimanidir tashqaridan qabul qiladi, kerakligini tanlab oladi. Masalan: poliklinikaga borayotganda koridor, eshik, plakat va odamlarni ko‘radi lyokin uning etibori shifokor xonasi eshigida osilgan yoziqga qaratilgan bo‘ladi (tanlovli idrok). Opersepsiya – bu insonni oldingi malakasiga asoslangan xolatda predmet va voqeylikni idrok etishdir. Bunda idrok etish aktida insonga quyidagi imkoniyatlarni beradi: shakli va kengligi, rangi va xidi, borliqdagi va vaqtdagi xolatni tasavvur qilish. Materiya bizning sezgi a’zolarimizga ta’sir etib sezishni xosil qiladi. Xis qilish – bu sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etib, predmet va xodisalarni aloxida xossalarini inson ongida aks etish jarayonidir. Sezish sifati – bu ichki xis qilish moxiyati. Masalan: ko‘rish sezgisining sifati bu rang, eshitishniki bu tovushlar. Tasavvur qilish- bu o‘tmishda qachondir idrok etilgan va qabul qilingan obrozlarni jonlanishi. Tasavvur qilish umumiy xarakterga ega bo‘lib predmetning aloxida xususiyatlarini aniq tasavvur qilmaydi. Tasavvur qilish mezoni inson irodasini aktiv ishga solganda chaqiriladigan bo‘lib, doimiy bo‘lmagan, o‘tib ketuvchi xarakterda bo‘lishi mumkin. Eydetizm – oldin idrok etilgan voqea, xodisa va predmetlarni teskari aksini tasavvur etish. Buning quyidagi turlari mavjud: ko‘ruv, eshtuv, taktil. Bularda obroz yetarli darajada aniq idrok etiladi. Ta’surotni qabul qilishdan farqli xolatda idrok etish xodisa yoki predmetni aloxida xossalarini ko‘rish emas balki predmet va xodisalarni bir butun qilib ularning sifatlarini xam qabul qilish jarayonidir. Tasavvur va idrok etishning umumiy tomoni bo‘lib ta’sir etuvchining bevosita sezgi a’zolariga ta’sir qilishi xisoblanadi. Idrok qilish jarayoni shartli ravishda ikki etapga bo‘linadi. 1) Persepsiya – sezgi a’zoyimizga ta’sir etish orqali bevosita ob’ekt xaqida ta’surot xosil bo‘lishi. Bu etapning asosi bu ta’surotni qabul qilish va shu orqali xayratlanishdir. Bu xildagi idrok etish ixtiyorsizdir. 2) Appersepsiya – buning mexanizmi asosida antitsipatsiya (xayratlanishdan oldingi xolat) yotadi. Bunda shaxsning individual malakasiga asoslangan xolda obrozni aniqlab uni taqqoslaydi tasvirlaydi va aniqlaydi. Bu turdagi idrok etish extiyoriy xisoblanadi. Bu jarayon quyidagilar bilan bog‘liq: xayolda yaratilgan tasavvurga shuningdek bunda fikrlash, gapirish, xotira mexanizmi ishga tushadi. Idrok etishning asosiy xarakteriga quyidagilar kiradi: konstantlik, predmetlik, butunlik va umumiylik. Kostantlik (doimiylik) – obroz va predmetning idrok qilish shartini nisbiy mustaqilliligi va uning o‘zgarmasligi bilan namoyon bo‘ladi. Bular predmet rangi, shakli, o‘lchami doimgidek qabul qilinishidir. Ulardan kelayotgan signallar doimo o‘zgarib turishiga qaramasdan. Konstantlikning axamiyati juda katta. Agar bu xossa bo‘lmaganida bizning maqsadga yo‘nalgan xarakatlarimiz predmetgacham bo‘lgan xar qanday masofa boshimizni arzimagan burilganda yoki yoritilish o‘zgarganda inson o‘rganayotgan xamma asosiy belgilar o‘zgargan xolatda qabul qilinar edi. Predmetlik – ob’ekt aloxida bir biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan jamlanma sifatida emas, balki kenglikda va vaqtda bitta aloxida yagona fizik tana deb qabul qilish bilan namoyon bo‘ladi. Butunlik – bunda idrokning ikkita o‘zaro bog‘liq aspekti bor: xar xil elementlarni bir butun qilib birlashtiradi va element sifatlaridan ozod xolda (ma’lum chegarada) xosil bo‘lgan bir butun birlik. Bunda predmet to‘liq bo‘lmagan elementlar jamlanmasidan tashkil topgan xolatda idrok qilinadi va xayolda tasavvur qilish orqali oxirgi shaklgacha yetkaziladi. Umumiylik idroki – xar bir obrozni bitta ob’ekt sinfiga kirishi. Umumiylik idroki xodisa va predmetni o‘rganishni emas balki ularni klassifikatsiyalashga yordam beradi. Lekin ularning ayrim xossalarini oldindan ko‘radi. Idrok qilish – guruxlardan yana birini quyidagilar tashkil etadi. Bular xajm, aniqlik, to‘lalik, tezlik. Idrok xajmi – bu bitta idrok aktida inson qabul qila olishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar soni. Idrok aniqligi – bu qabul qilinayotgan ob’ektga nisbatan mos keladigan obrozni xosil bulishi. Idrok tezligi – bu xodisa yoki predmetni adekvat idrok etish uchun kerak bo‘lgan vaqt. Download 446 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling