Mashg‘ulot ʋ 1 Mavzu: Tibbiy psixologiyaga kirish, maqsadi va vazifalari. Tibbiyot psixologiyasida tekshirish usullari. Tibbiyot psixologiyasi yosh aspektida. Sezgi, idrok, hissiyot normada, tekshirish usullari


Download 446 Kb.
bet1/46
Sana24.04.2023
Hajmi446 Kb.
#1394687
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pe



Mashg‘ulot ʋ 1
Mavzu: Tibbiy psixologiyaga kirish, maqsadi va vazifalari. Tibbiyot psixologiyasida tekshirish usullari. Tibbiyot psixologiyasi yosh aspektida. Sezgi, idrok, hissiyot normada, tekshirish usullari.
Tibbiy ruxiy xolat o‘rganadi va tavsiya qiladi xammasidan ko‘ra oson yo‘llari tasir etishga, ruxiyatga va salomatlik odamni tiklashga, meyordagi ruxiy tashqi qiyofa, xar qanday odamni o‘zining qaytarilmas va o‘ziga xoslik vujudga keltirish va ruxiyatini o‘rganadi.
Bunday xolatlarda tarix rivojlanishi mumkin xolatlar aks etadi.
Ular biriktirilgan:

  • Odamning murakkab genetik kodiga

  • Organizmning pre va perinatal davrlari biogologik davrlarida - Postnatal va jamiyat rivojlanishida o‘ziga xos xusiyatlari

Ushbu bosqichlarda farqlar sharoitlar, muxitlar organizmning rivojlanishinning o‘ziga xos xususiyatlarini ta’minlanyapti va malum bo‘lishicha ruxiyatni rivojlanishida bosh sababchi xisoblanadi.
Ko‘p davlatlarda insonning individualligi rivojlanishiga bog‘liq. E.Krechmer insonning ruxiy o‘ylovlari tana tuzilishi va tendensiyasiga bog‘liqligini ko‘rsatdi.
Asosiy klinik tekshiruv usullari – intervyulash va kuzatuv. Psixologik testlarga tayyorlash. Zamonaviy psixologiyaning asosiy metodlari.
Kuzatish. Psixologning maqsadli va rejali ravishda o‘rganilayotgan obektda kechayotgan psixik jarayonlarni qabul qilishi va fiksatsiyalashi.
Tajriba. Tajriba orqali tekshiruvchi psixikani o‘rganilishi kerak bo‘lgan qirralarini ochib beradi. Tajribani 2 xil usuli mavjud. -laborator va tabiiy. Laborator usul maxsus muassasalarda o‘tkaziladi va bu metod maxsus psixologik apparaturani talab etmaydi. Psixologik laborator tajribalar fizik, fiziologik tajribalarga nisbatan ancha murakkab hisoblanadi, chunki bunda bemor o‘z xohishiga binoan bu tajribani boshqarishi mumkin: tajribani tezlashtirish yoki aksincha; o‘zini notabiiy tutishi va hk.
Suxbat usuli. Bunda kuzatuvchi maxsus savollar orqali bemor bilan suhbatlashadi va uning javob reaksiyasiga qarab bemorning psixikasini o‘rganadi. Bu usulni samarasi bemorni qay darajada tayyorlanishi va kuzatuvchi tajribasiga bog‘liq. Bunda psixolog savollarni oldindan aniq va puxta tayyorlashi, suhbat rejasini to‘g‘ri tuzishi kerak. Savollar to‘g‘ri ma’noli va bemorga javob berishi uchun qiyinchilik tug‘dirmasligi kerak.
Inson tafakkur mas’ulini analiz qilish usuli. Bunda bazi psixologik jarayonlar bilvosita ya’ni uning tafakkur mahsulini sintez qilish orqali o‘rganiladi. Psixologik analiz ob’ektlari; badiiy kitoblar, kartinalar, konstruksiyalar va hk. Ayniqsa kuzatuvchining kundalik daftari, xatlari, tugatilmagan boshqa ijodiy ishlari qimmatli material hisoblanadi.
Biografik usul. Bemorni hayot tarixi asosida o‘rganish usuli. Boshqa usullar bilan birga o‘tkaziladi.
Anketa usuli. Jamoa tarzida so‘rovnoma o‘tkaziladi. Anketa bu 5 dan 25 gacha bo‘lgan savollardan iborat varaqa hisoblanib quyidagi kategoriyalardagi insonlarga taqdim etiladi; o‘quvchilar, talabalar, yosh ishchilar. Javoblarga qarab ularning qiziqishlari, ideallari, maqsadlari, tahlillarini o‘rganiladi.
Testlash usuli. Test bu psixodiagnostik xarakterdagi maxsus tanlangan savollardan iborat.
Intervyulash usuli. Eng qadimgi usullardan hisoblanib, bemor bilan suhbatlashishga asoslangan. Bunda maxsus sharoitda bemor bilan suhbat davomida kerakli informasiyalar olinadi. Demak, intervyu bu maqsadli suhbatdir. Vrach maqsadi kerakli ma’lumotni yig‘ish va uni ma’lum maqsadda ishlatish. Masalan, bemorga kerakli terapevtik yordamni tashkil etish. Suhbatni shifokor boshqaradi, shu bilan birga bemorni gaplashishi uchun kerakli sharoit yaratadi. Vrach vazifasi- intervyu yo‘nalishini kuzatish va suhbatni nazorat qilish. Intervyulashni umumiy qoidalari.
1) suhbatdoshni tinglay olish va u bilan suhbatlasha olish. Tinglash qobiliyati bilan bemorni ishonchini qozonish, u bilan jiddiy muammolarni bo‘lishish mumkin. Agar bemor o‘z xohishi bilan kelgan bo‘lsa u bemalol gaplasha oladi, lyokin majburan birovning qistovi bilan kelgan bemorlar bilan suhbatlashish ancha qiyin. Shuning uchun ularning ishonchini qozonish muhim. Bunda suhbatni samimiy olib borish, ayni damda bemor tomonga og‘ib ketmasligi kerak. Suhbatni so‘rashish yoki chalg‘ituvchi mavzulardan boshlash kerak. Bemor gaplarini sharhlash, unga qiziqishni ko‘rsatish, suhbatni boshqarish kerak.
Intervyulashni maxsus qoidalari.
1) Jumlani qayta qurish. Masalan 40 yoshli bemor u onam tug‘ilgan kunimda menga uyinchoq mashina sovga qilgandi, lyokin u ishga ketgani va menga tug‘ilgan kun uyushtirib bermagani uchun undan jahlim chiqqan. Shuning uchun unga rahmat aytmaganman, men uni xafa qilganmikinman? Vrach u onangiz sizga sovg‘a olgan va bu unga qancha qiyin bo‘lganini tushunmmaganingizni aytyabsizmi? deyishi kerak. 2) Tuyg‘ular aksi. U ilgari siz onangizni yaxshi ko‘rganingiz va jahl qilganda buni unutishingizni aytganmidingiz?
3) Idrokni tekshirish. Tushunishimcha sizning tuyg‘ularingiz chalkash bazida onangizni yahshi ko‘rasiz bazida esa yo‘q. Shundaymi?
Gilmor bunday ma’lumotlar yuborishni 2 xil usulini aytgan; verbal va noverbal.

Download 446 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling