Mashg’ulot o’tish joyi o’quv xonasi Mashg’ulotning jixozlanishi


Suv omilini aholi salomatligiga ta’sirini o’rganish uslubi


Download 27.16 Kb.
bet4/7
Sana07.03.2023
Hajmi27.16 Kb.
#1247564
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5312480825499981359

Suv omilini aholi salomatligiga ta’sirini o’rganish uslubi
Suv omilini aholi salomatligiga va turmush tarziga ta’sirini o’rganish atmosfera havosini, tu’roq va oziq-ovqat mahsulotlarini ifloslanishini aniqlash bilan birga o’rganish zarur. Suv omilini o’ziga xos ta’sirini o’rganish amaliy ahamiyatga egadir. Bu organizmga toksik moddalarni (‘estitsidlar, mineral o’g’itlar, sanoat korxonalari chiqindi lari kom’onentlari, maishiy chiqindi larni destruktsiya mahsulotlari) tushishi mumkinligi, Shuningdek suvni aholi uchun e’idemik xatarli bo’lishi mumkinligi bilan tushuntiriladi. Chunki suv juda ko’’ yuqumli kasalliklar qo’zg’atuvilarni uzatishda asosiy omil bo’lishi mumkin.
Tekshirishlar suv iste’moliga tegishli bo’lgan sanitar jihatdan zararli bo’lgan moddalarni tahlilidan boshlanadi. Eng avval suv havzasi yuqorida keltirilgan tekshirish uslubi bo’yicha tekshirib chiqiladi. So’ng suv sifatini mukammal sanitar tahlili o’tkaziladi.
Suv ta’minoti manbalari va ichimlik suvini sifatini baholash orqali aholi salomatligiga suv omilini ta’siri mavjudligi haqida faraz qilinadi. Bu farazni tasdiqlash uchun o’rganilayotgan suv havzalari atrofida yashovchi aholi kasallanishi o’rganiladi. Buni o’rganishda kasallanish bo’yicha murojaatlar soni va o’lim ko’rsatkichi asos qilib olinadi.
Aholini kasallanishi haqidagi materiallarni anketa so’rov ma’lumotlari bilan to’ldirish mumkin. Bu o’rganilayotgan rayonda aholini sanitar-maishiy turmush sharoitlariga suv ta’minotini ta’sirini bilishga yordam beradi.
Aholini so’rab-surishtirish quyidagi anketa bo’yicha olib borilishi mumkin:
Yomon sifatli suv ta’sir qiluvchi aholini so’rov anketasi
1.Manzil .....................................................................
2. Familiya, ismi, sharifi........................................................................
3. Tug’ilgan yili.................
4. Kasbiy marshruti...................................................................
5. Ushbu manzilda qaysi yildan beri yashaydi.................................
6. Ko’zga ko’rinarli iflosliklar: neft dog’lari, ko’’ik, axlatlar yetib keladimi...............
7. Taxmin qilinayotgan ifloslantiruvchi manba..................................
8. Ifloslantiruvchi manbagacha bo’lgan masofa......................
9. Hidlar intensivligi (kuchli, kuchsiz, doimiy, vaqti-vaqti bilan, sezilmaydi).............
10. Hidlar xarakteri ...........................
11. Rang intensivligi (aniq, kuchsiz, rangsiz)............................................
12. Rang xarakteri............................................
13. Ko’zga ko’rinarli iflosliklarni mavjudligi.........................................
14. Ovqat tayyorlash uchun suvdan foydalanish chegaralanganmi............. nima sababdan............................................
15. Kir yuvish uchun suvdan foydalanish chegaralanganmi.............. nima uchun.................................
16. Cho’milish va dam olish chegaralanganmi.................
17. O’tgan yilga nisbatan bu yili suvni ifloslanishida farq kuzatilya’timi...............
18. Suvdan foydalanish natijasida kasallanish holatlari kuzatiladimi..........qanday.....................................................................
Sana......................... Imzo............................

Suv tarkibida bir qator kimyoviy moddalarni ortiqcha yoki kam bo’lishi odam organizmida jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin. Bu mis, rux, marganets, molibden, margimush, bor, yod, ftor, kobalt, simob, selen, nikel, vannadiy, temir, rubidiy, berilliy, stronsiy, kadmiy, ‘olixlor bifenillar, ‘estitsidlar, mineral o’g’itlar, nitrozaminlar, 3,4-benz(a)-’iren, neft mahsulotlari, radioaktiv elementlar (uran, radiy, strontsiy) va shu kabi moddalardir. Shuning uchun shu moddalarni birortasi yoki bir nechtasini miqdorini suvda o’zgarganligi aniqlansa, aholi salomatligidagi shu bilan bog’liq o’zgarishlarni aniqlash maqsadida tekshiruvlar o’tkazilishi kerak.


Suv orqali bir qator yuqumli kasalliklar: qorin tifi, ‘aratif, ichburug’, ‘oliomielit, yuqumli ge’atit, le’tos’iroz, gelmintozlar, brutsellyoz, terining yiringli kasalliklari, kon’yunktivit, blefarit uzatilishi mumkin. Birinchi navbatda o’tkir ichak infektsiyalari bilan kasallanishga e’tibor berish kerak. So’ng, tulyaremiya, le’tos’iroz, e’idemik ge’atit, bezgak va boshqalar bilan kasallanishga e’tibor qilinadi. Kasal hayvonlardan suv orqali uzatilishi mumkin bo’lgan kasalliklar bilan kasallanishlar aniqlangan vaqtda, uy hayvonlari va o’rganilayotgan suv havzasi atrofida yashovchi kemiruvchilar orasida e’izootiyalarni mavjudligini aniqlash zarur.
Aholini kasallanishi haqida to’’langan ma’lumotlar chuqur tahlil qilinadi va statistik ishlov beriladi. Aholi orasida biror-bir kasallikni aniqlanishi uni suv orqali kelib chiqqan deyishga asos bo’la olmaydi. Masalan: tifoz guruhi kasalliklari faqat suv orqali emas, balki to’g’ridan to’g’ri muloqot, yoki turmush jihozlari va oziq-ovqatlar orqali ham uzatilishi mumkin. Shu sababli suv e’idemiyalarini aniqlash uchun, ularni kelib chiqishi, kechishi va so’nishidagi o’ziga xosliklarni bilish zarur. Bu bilimlarni e’idemiologiya fanida beriladi.
Aholi salomatligiga kimyoviy ifloslantiruvchilarni ta’sirini o’rganishda 14 yoshgacha bo’lgan bolalar guruhi, suv orqali beriluvchi yuqumli kasalliklarni o’rganishda- bolalar, o’smirlar va kattalar guruhini o’rganish kerak.
Chiqindi oqava suvlar deb shunday suvlarga aytiladiki, nay trubalar yoki kanalizatsiya naylari orkali odamlarning yashash faoliyatida yoki ishlab chikarishda paydo bulgan chiqindi suvlardir.
Chiqindi suv tarkibini yaxshirok anglamok uchun ishlab chikarish jarayonlarining sanitariya xolatini texnologik jarayonlarni sinchkovlik bilan urgani, ulardagi ishlatilayotgan moddalar tarkibi bilan kerakdir.
Xo’jalik oqava suvlari axoli tomonidan vodoprovod suvini ishlatish okibatida, organizmni fiziologik va gigienik extiyojlarining kondirilishi natijasida chiqindi paydo bulgan suvlarni kanalizatsiya trubalariga tushishi orkasida vujudga keladi. Vodoprovod suvlarini ishlatish okibatida organizmning fiziologik ajralmalari bilan ifloslanadi, bunday chiqindi lar oshxonalardan, xojatxonalardan va boshqa joylardan yigilib kanalizatsiya trubalari orkalik kucha kanalizatsiyalariga tushadi. Chiqindi oqava suvlar ayniksa xo’jalik chiqindi lari tarkibida erimagan xoldagi birikmamalar, xar xil katta kichik xolatdagi muallak zarrachalar 100 km, suspenziya, emulg’siya va kupik xolatidagi zarrachalar 100 dan 0,1 km gacha kalloid birikmalar 0,1 dan 0,001 km gacha va erigan xoldagi molekulyar dispers xolatdagi zarrachalar 0,001 km dan kichik mavjuddir.
Xo’jalik chiqindi suvlari o’zlarining kimyoviy birikmalar xossasida mineral organik va bakteriyali tarkibga bulinadilar. Mineral tarkiblar jumladan: kum, loy, mineral to’zlar, ishkor va kislotalar: organik tarkibigaoksil, yog va karbon suvlar kiradi, ularning xisobiga 58% mineral birikmalar esa 42%ni tashkil kiladi. Bulardan tashkari, xo’jalik chiqindi suvlari mikroorganizmlarga juda boy bulib, 1ml xo’jalik chiqindi suvi tarkibida millionlab mikroorganizmlar buladi, ichak tayokchasining titri 1010 ga teng.
Bakterial iflos suvlar asosan xamma chiqindi suvlarning 40% tashkil kiladi. Bunday suvlar suv xavzalarini ifloslantirishga kumaklashadi. Mikroorganizmlarmogorlar, mayda suvdagi o’simliklar, gelmint tuxumlari va turli tuman bakteriyalar, mikroorganizmlar, viruslardan iborat.
Xo’jalik chiqindi suvlarini Ochiq suv xavzalariga tushirish maksadida ularni xisob kitob qilishga xojat yuk, negaki bir sutkada bir odam tomonidan ajratiladigan chiqindi larning mikdori, urganilib chikilgan, u doimiydir. Ammo tarkibidagi moddalar mikdori doimiy bulmasligi mumkin.


Download 27.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling