mashg‘ulot soat
Kimyoviy qurollar va ularning tasnifi
Download 21.08 Kb.
|
1 seminar
Kimyoviy qurollar va ularning tasnifi.Turli zaharlovchi moddalar va ularni joylarda changlatish uchun manzilga etkazib beruvchi vositalar ximiyaviy qurol deyiladi. Odamlar va hayvonlarni, o‘simliklarni, shuningdek, havoni, joylarni, suv, oziq-ovqatlarni hamda turli buyumlarni zararlovchi zaharli ximiyaviy birikmalar zaharlovchi moddalar (ZM) deyiladi. Zaharlovchi moddalar birinchi marta birinchi jahon urushida (22 aprel 1915 yilda) nemis armiyasida ishlatilgan edi. Ular xlor, fosgen, difosgen, iprit, xlorpikrin kabi ZMni ko‘p ishlatganlar. Birinchi jahon urushi davrida bir milliondan ko‘proq kishi ZM bilan zaharlangan. ZM odam organizmiga ta’siri jihatidan 6 gruppaga bo‘linadi: fosfororganik ZM (FZM–FOV) asab sistemasini falajlash ta’siriga ega (zamon, zarin, V – gazlar); terini yara qiluvchi ZM (iprit); umumzaharlovchi ZM (sianid kislota, xlorsian); bo‘g‘uvchi ZM (fosgep, difosgen); ko‘zdan yosh oqizuvchi va ta’sirlantiruvchi ZM (xlorasetofenon, SZ, adamsit, xlorpikrin): psixoximiyaviy ta’sir qiluvchi ZM (Vg, DLK). YUqorida sanab o‘tilgan ZM ning birinchi to‘rt gruppasi suyuqlik bo‘lib, qolganlari qattiq poroshoksimon modda, Amerika adabiyotlarida birinchi to‘rt gruppadagi ZM o‘ldiruvchi ta’sirga ega bo‘lgan ZM qatoriga kiritiladi. 5, 6 gruppadagi ZM esa o‘ldirmaydigan, vaqtincha normal holatdan toydiruvchi ZM qatoriga kiritiladi. Suyuq ZM shartli ravishda barqaror va barqaror bo‘lmagan ZM ga ajratiladi. Zaharli moddalar samolyotdan to‘kib yuboruvchi aviasion priborlar vositasida ham sochiladi. Ximiyaviy qurollar portlaganda, zaharlangan atmosfera buluti hosil bo‘ladi va u shamol bilan harakat qilib, 30 km va undan ortiq masofani zaharli moddalar bilan zaharlaydi. Ko‘pchilik ZMlarning (sianid kislotadan boshqa) bug‘i havodan og‘ir bo‘ladi va pastliklarda, jarlik va chuqurliklarda to‘planib qoladi. Atmosferaning yuqori qatlamlarida ZM bug‘i kam bo‘ladi. Zaharlovchi moddalar bug‘i zich berkilmagan yashirinish joylariga, kvartiralarga va erto‘lalarga kira oladi, pod’ezdlarda va chordoqlarda turib qoladi. Ayniqsa, bolalarni, bemor va qariyalarni ZM ta’siridan himoya qilish juda qiyin, chunki ular protivogazdan foydalana olmaydi. Ximiyaviy qurol ishlatilganda ximiyaviy zaharlanish o‘chog‘ida aholi tomonidan o‘z-o‘ziga va bir-biriga yordam tariqasida va sanitar drujinachilar tomonidan birinchi tibbiy yordami ko‘rsatiladi. Birinchi vrach yordami OPM da, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordami va zaharlangandagi yordam shahar tashqarisidagi zonada tashkil etilgan terapevtik va toksiko-terapevtik kasalxonalarda ko‘rsatilali. Download 21.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling