mashg‘ulot soat
Umumiy zaharlovchi moddalar
Download 21.08 Kb.
|
1 seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo‘g‘uvchi zaharli moddalar.
- BZ moddasi ta’sirida
- Ruhiyatga ta’sir etuvchi zaharli moddalar.
- Qaltiratuvi zaharli moddalar.
Umumiy zaharlovchi moddalar. Bu guruh moddalari nafas organlarini ishdan chiqaradi. Odam organizmidagi to‘qimalarda oksidlanish jarayonlarini to‘xtatib qo‘yadi. Bu guruhning tipik vakili – sinil kislotasi. Zaharlash belgilari: og‘izda metall mazasining hosil bo‘lishi, tinka qurishi, bosh og‘rig‘i, organizm a’zolari harakatining yo‘qolishi. Sinil kislotasini antidoti amilnitrit va propil nitrit hisoblanadi.
Bo‘g‘uvchi zaharli moddalar. Bu birikmalar nafas organlarini ishdan chiqarib, o‘pkani zararlaydi. Fosgen faqat ingalyasion yo‘l bilan organizmni zaharlaydi. Uning bug‘i 3 mgG‘l havo konsentrasiyasida va 1-2 minutlik ekspozisiyada odamni og‘ir zararlantiradi. Zaharlash belgilari: ko‘zdan yosh oqizadi, bosh aylanadi, holsizlanish kuzatiladi. Fozgenning antidoti yo‘q. BZ moddasi ta’sirida odamda qisman atropin bilan zaharlanishga o‘xshash kuchli aqldan ozish yuz beradi. Avvalo, taxikardiya (tomir bir minutda 120-150 marta urishi) boshlanadi, teri qizaradi va quriy boshlaydi, ko‘z qorachig‘i keskin kengayadi, yaqindan ko‘rish qobiliyati susayadi, og‘iz qurib, ovoz bo‘g‘ilish belgilari paydi bo‘ladi. Keyin psixlz, gallyusinasiya, har xil qo‘rqinchli narsalar ko‘zga ko‘rinishi, turli tovushlar eshitilishi va boshqalar yuz beradi. Ruhiyatga ta’sir etuvchi zaharli moddalar. Bu guruh moddalari asab tizimiga muayyan ta’sir etib, inson faoliyatini vaqtinchalik izdan chiqaradi. Bizet – oq kristal kukun bo‘lib, uning zichligi 1.8, qaynash harorati 412°S, suyulish harorati 190°S. Uning kuchli ta’siri aerozol ko‘rinishida bo‘lib, nafas yo‘llari va oshqozon-ichak orqali ta’sir etadi. Zaharlash belgilari: qusish, gapira olmaslik, so‘ngra gallyusinasiya va hayajonlanish. Qaltiratuvi zaharli moddalar. Bunday xususiyatli moddalar ko‘zning harakatchan qismini hamda nafas yo‘llarining yuqori qismini ishdan chiqaradi. Bu guruhga kiruvchi moddalardan Si-es va Si-er muhim ahamiyatga ega. 3ararlanish belgilari: ko‘zning va ko‘krak qafasining qizishi, og‘rishi, ko‘zdan yosh oqishi, yo‘tal va boshqalar. Toksinlar. Bakterial toksinlar, hozirgi davrda yuqori zaharli moddalar hisoblanadi. Bunday moddalarga botunil toksini va staffilokkok enterotoksin kiradi. Botunil toksini – o‘ldiruvchi zaharli moddalar ichida eng zaharlisi hisoblanadi. Toza botunil toksini kristall modda ko‘rinishida bo‘ladi. Zararlanish belgilari: bosh og‘rig‘i, holsizlanish, ko‘z xiralashishi, qusish, pallajlanish. YUqori miya pallajlanib, natijada odam o‘ladi. Download 21.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling