mashg‘ulot soat
Download 21.08 Kb.
|
1 seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Terini zaharlovchi
SHpris – tyubik polietilendan ishlangan tyubik bo‘lib, ichiga Afin eritmasi to‘ldirilgan.
Tyubikning og‘ziga qalpoqchali in’eksion nina biriktirilgan bo‘ladi. Birinchi medisina yordamining hajmi: 1) avvalo ZMning organizmga tushishini kerak. Buning uchun protivogaz kiydirish yoki buzilgan bo‘lsa, almashtirish kerak; antidot – taren berish yoki shpris-tyubikdan antidot yuborish kerak (og‘ir zararlanganda 2- 4 marta in’eksiya qilinadi). tananing ochiq joylarida qisman sanitariya obrabotkasi o‘tqazish zarur. SHunigdek, ZMni zararsizlantirish va tanaga singishi oldini olish maqsadida ximiyaviy moddalarga qarshi individual paket yoki PXS sumkasi yordamida kiyimlarni ham qisman sanitariya obrabotkasidan o‘tkazish zarur. Terini zaharlovchi xususiyatli qurollar guruhiga kiruvchi moddalar par va aerozol holda ishlatilib, ular asosan teri va nafas yo‘llari orqali ta’sir etadi. Iprit – teri, ko‘z, nafas organlari hamda oshqozon-ichak yo‘llarini zaharlaydi. Uning o‘rtacha o‘ldirish dozasi nafas yo‘li orqali ta’sir etganda 1,3 mgG‘l teri orqali ta’sir etganda 5 mgG‘l. ga teng. Iprit ta’sirining belgilari: ikki-olti soat ichida terilar qizaradi, 24 soatdan keyin puffakchalar hosil bo‘ladi, 2-3 sutkadan keyin esa ular yoriladi. Ipritning antidoti yo‘q. Umumiy zaharlovchi ta’sirga ega zaharlovchi moddalarga sianid kislota va xlorsian kiradi. Engil darajada zararlangan odamning boshi og‘riydi, o‘zi bo‘shashadi, og‘zi bemaza bo‘ladi, boshi aylanadi, ko‘ngli ayniydi. Protivogaz kiygandan keyin bu belgilarning hammasi tezda yo‘qoladi. O‘rtacha zararlanganda kuchli, azob beruvchi nafas qisishi kuzatiladi, teri pushti ranga kiradi, yurak atrofii og‘riydi, ko‘krak qafasi qisiladi, gandiraklash, hayajonlanish, o‘lim talvasasi yuz beradi. Xlorsian Bilan zaharlanganda ko‘z, tomoq va ko‘krak qattiq achishadi (lovullaydi) va og‘riydi, aksirish, yo‘tal, ko‘z yoshlanishi keyinchalik esa sianid kislotadan zararlangandagi kabi simptomlar (hansirash, tirishish va og‘ir zararlanganda nafas markazi falajlanishidan, o‘lim ro‘y berishi) kuzatiladi. Sianid kislotadan zararlanganlar hayotini saqlab qolish uchun iloji boricha tezroq birinchi medisina yordami ko‘rsatish kerak. Protivogaz kiydirib, antidot berish zarur. Antidot (ziddizahar) sifatida ampulali amilnitrit (yoki propilnitrit) ishlatiladi. Ampulalar doka bilan o‘ralgan bo‘ladi. Ampulaning uchini sindirib ingalyasiya uchun protivogaz shlemi tagiga qo‘yish kerak. So‘ngra zaharlangan joydan olib chiqilgandan keyin, amilnitrit (yoki propilnitrit)ni hidlash uchun qaytadan berish mumkin. Uchi sindirilgan ampula zararlangan odamning burniga tutiladi. Bemorning holati keskin o‘zgarganda yoki nafas olish to‘xtab qolganda, sun’iy nafas oldirishni tezda boshlash kerak. Download 21.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling