mashg‘ulot soat
ASABNI PALLAJLOVCHI ZAHARLI MODDALAR
Download 21.08 Kb.
|
1 seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zararlanishning klinik belgilari.
- Engil darajada zaharlanishda
- O‘rtacha darajada zaharlanishda
- Og‘ir darajada zaharlanishda
ASABNI PALLAJLOVCHI ZAHARLI MODDALARBu guruhga fosfor-organik zaharli moddalar kiradi: zarin, zoman, Vi-iks. Ularning hammasi rangsiz, hidsiz suyuqliklar bo‘lib, bir-biridan uchuvchanligi, turg‘unligi va zaharliligi bilan farqlanadi. Zarindan zaharlanishning belgilari: mioz, nafas olishning og‘irlashuvi, ko‘krak qafasda og‘riqning paydo bo‘lishi. Zararlanishning klinik belgilari. FZM, asosan, nerv sistemasiga ta’sir etadigan zahar hisoblanadi. Ular avval parasimpatik va markaziy nerv sistemasini qo‘zg‘atib, butun tanani changak qilib qo‘yadi, so‘ngra nerv sistemasi falajlanadi va nafas olish markazi falajlanishi natijasida odam o‘ladi. Engil darajada zaharlanishda bosh og‘rish, bo‘shashish, ko‘krak qafasining qisilishi mioz (ko‘z qorachig‘ining torayishi), ko‘zda yoqimsiz sezgi paydo bo‘lishi va uzoqdan ko‘rishning qiyinlashishi (ko‘zning xiralashishi), ko‘z qorachig‘ining qorong‘ida yomon ko‘rish hollari kuzatiladi. Nafas olishning bir oz og‘irlashishi, asabiylashish, ba’zan ko‘ngil aynishi va qayt qilish hollari ro‘y berishi mumkin. Bunda odam tez tuzaladi, kasalxonaga yotqizishning hojati bo‘lmaydi. O‘rtacha darajada zaharlanishda yuqorida ko‘rsatilgan belgilardan tashqari, bronxospazm (bronxlarning torayishi) ham rivojlanadi, natijada nafas olish og‘irlashib, hansirash, nafas qisishi (xuddi bronxial astmaga kabi) kuzatiladi vat eri ko‘karadi. SHu bilan birga nerv – psixik qo‘zg‘alish, vahimaga tushish, qo‘rqish, yuz muskullari va qo‘l-oyoqning titrashi, gandiraklash, so‘lak oqishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish va ba’zan ich ketish hollari ro‘y beradi. Bunday zararlangan odamni tezda davolash kerak, aks holda zararlanish og‘ir formaga o‘tib ketishi mumkin. Og‘ir darajada zaharlanishda bemor hushidan ketadi va yiqiladi, butun gavdasini xuruj xarakteridagi titroq bosadi. Bu hol bir necha soat davom etishi mumkin. Falajdanish davri juda xavfli bo‘lib, bunda muskullar bo‘shashadi, nafas olish sustlashadi, ritmi yo‘qoladi, qon tomirining urishi tezlashadi yoki sekinlashadi va nihoyat bemor o‘ladi. Og‘ir zaharlanishning «YAshin tezligi» formasida 1-2 minutdan so‘ng bemor hushidan ketadi, qisqa muddatli tiroq paydo bo‘ladi, tezda nerv sistemasi falajlanadi va 1-10 minutda va 10 minutdan so‘ng ximiyaviy o‘choqning o‘zidayoq o‘lim yuz beradi. FZM teriga ta’sir etganda, 10-30 minutdan so‘ng terining shu erdagi muskullar tortishib, titroq paydo bo‘ladi va kasal o‘lishi mumkin. Ba’zan titroq 1-2 soatdan keyin paydo bo‘lishi ham mumkin. Zaharli moddalarning organizmga ta’sirini yo‘qotuvchi va tugatuvchi ziddizaharlar antidotlar deyiladi. Birinchi medisina yordami ko‘rsatishda fosfor-organik ZMning antidodlari sifatida quyidagilardan foydalanish mumkin: 1. Taren-0,3 g li tabletka. Engli va o‘rtacha zararlanishda 2 tabletka qabul qilinadi (yutiladi yoki til ostiga qo‘yiladi). Taren «FZM dan zararlangandagi vosita» holatida grajdan mudofaasining individual aptechkasida bo‘ladi. Download 21.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling