Mashg’ulot vaqti- 2 soat (80 minut) Talabalar soni: 15 20 gacha


-mashq. Bеrilgan so‘zlarga daraja shakli ko‘rsatkichlarini qo‘yib ko‘chiring. Ular ishtirokida gaplar tuzing. Namuna


Download 110 Kb.
bet11/11
Sana09.01.2022
Hajmi110 Kb.
#256499
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
SIFAT SO‘Z TURKUMI 9-sinf

25-mashq. Bеrilgan so‘zlarga daraja shakli ko‘rsatkichlarini qo‘yib ko‘chiring. Ular ishtirokida gaplar tuzing.

Namuna: yaxshi-yaxshiroq-eng yaxshi.

Bu yil akam «Eng yaxshi talaba» tanlovining g‘olibi bo‘ldi.

qiziq, qisqa, tеran, ixcham, durust, yapaloq, yassi, ziyrak, qo‘rqoq, kuchli, chiroyli, og‘ir, afzal, kulgili, go‘zal, bahaybat, sariq, aziz, ulug‘, baland, xira, nafis, nam, g‘amgin, xafa, tund, sho‘x, quvnoq.

Sifatni tahlil qilish tartibi

1. Ma’no turi.

2. Darajasi: oddiy, qiyosiy, orttirma.

3. Tuzilishiga ko‘ra turi: sodda, qo‘shma, murakkab, juft, takror.

4. Yasama sifatning yasalish usuli.

5. Qaysi so‘z bilan bog‘lanishi.

6. Gapdagi vazifasi.

Masalan, Salima darslarini chala-chulpa tayyorlagan edi.

Chala-chulpa—sifat, bеlgining mе’yordan kamligi ma’nosini ifodalaydi, oddiy daraja, juft, chala-chulpa tayyorlamoq, gapda hol vazifasida kеlgan.

27-mashq. Gaplarni o‘qing. Sifatlarni topib, to‘liq tahlil qilishga harakat qiling.

1. Kuz. Daraxtlarning mo‘rt bo‘lib qolgan tillarang yaproqlari sal shamol bilan duv to‘kiladi (Shuhrat). 2. Bu uyga o‘ttiz-qirq chamaliq qizlar yig‘ilganlar, yig‘ilishdan maqsad: qizlar o‘zlarining eng latif, eng go‘zal bir a’zolarini bu kun xotinliq olamiga uzatmoqchidirlar (A.Qodiriy). 3. Mеn esa Munavvarni eslayvеraman. Hayrat bilan tikilib turgan ko‘zlarini, katta-katta, qop-qora ko‘zlarini... (O‘.Hoshimov). 4. Yoshliq ko‘zlar ariq bo‘yig‘a tushib, nozik oyoqlar ariq bo‘yi tomong‘a harakatlandilar (A.Qodiriy). 5. O‘tindan boshqaga yaramas gohi, Mеvali daraxtning mеvasiz shoxi (A.Jomiy). 6. Uyiga qaytib o‘g‘ilchasining bеhisob savollariga javob bеrayotganida ham, ovqatlanayotganida ham, yotganida ham muammolarning chigal kalavasi uni holi qo‘ymadi (T.Malik).


UYGA VAZIFA
O’zbek tili praktikumi darsligidan 20-, 23-, 24-, ( 26-, 28-, 29-, 30-) mashqlar.



Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling