Mashg’uloti rejasi: reja
Ularning asosiylari quyidagi jadvalda aks ettirilgan
Download 63.04 Kb.
|
6-maruza mashg`uloti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Antropologiya
- Siyosatshunoslik
Ularning asosiylari quyidagi jadvalda aks ettirilgan..
Pedagogika-Psixologiya-Sotsiologiya IJTIMOIY PEDAGOGIKA Tibbiyot-Biologiya-Geneologiya Filosofiya-Mantiq-Iqtisod Tarix-Etnografiya-Huquq Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy fan sifatida barcha ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog`langan. Barcha ijtimoiy fanlar inson xulq-atvorining turli tomonlarini o`rganadi. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy psixologiya, sotsiologiya, antropoligiya, tarix, iqtisod, siyosatshunoslik fanlari bilan hamkorlikda boyib va rivojlanib boradi. Ijtimoiy psixologiya jamiyatimizda shaxslararo munosabatlarning tabiati va qonuniyatlarini o`rganuvchi fan sifatida o`zining nazariy tamoyillarini amaliyotga tadbiq etadi va shu orqali yangicha mazmundagi demokratik munosabatlarning jamiyatning har bir jamoasida, oilasida va fuqarosida qaror topishiga, yoshlarda yangicha fikrlashni va dunyoqarashni shakllantirish jarayoniga ko`maklashadi. Sotsiologiya insonning ijtimoiy turmushini, guruh va jamiyatni o`rganadi. Ijtimoiy mavjudot bo`lgan odamlarning xulq-atvori uning predmetidir. Antropologiya- odamning kelib chiqishi va evolyutsiyasi, odamzot irqlarining paydo bo`lishi, odamning tana tuzilishidagi farq-tafovut, o`zgaruvchanlik haqidagi fan. Antropoligiyaning muhim sohasi- odam organizmining tuzilishi va rivojlanishiga ta'sir qiladigan fiziologik. Biokimyoviy va genetik omillarini o`rganadigan bo`limi- «Odam biologiyasi» degan umumiy nom bilan XX asr o`rtalaridan boshlab rivojlandi. Siyosatshunoslik jamiyatning siyosiy hayoti va siyosiy munosabatlarida ro`y beradigan voqea-hodisalar, o`zgarishlarni ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beradi. Uning siyosiy fan sifatidagi roli va ahamiyati uning siyosiy mohiyatga ega bo`lgan voqea-hodisalarni alohida olingan bir mamlakat doirasida emas, balki jahonning turli mamlakatlarida siyosiy muammolarni hal qilishida erishilgan natijalar bilan belgilanadi. Iqtisod fanlari esa ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari, jamiyatning iqtisodiy turmushini o`rganishga yordam beradi. Download 63.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling