BADIIY GIMNASTIKADA BUYUMLAR BILAN BAJARILADIGAN MASHQLARNI ATAMALARI
Buyumlar bilanbajariladigan mashqlar badiiy gimnastika bo’yicha musobaqa dasturining asosiy mazmunini tashkil etadi. Oliy toifali gimnastikachilarning musobaqa kombinatsiyalari musobaqa uyg’unligida har xil buyumlar bilan bajariladigan harakatlarning turli- tuman gavda harakatlari bilan birikmasidan iborat.
Badiiy gimnastika sport programmasida buyumlar 5 ta (arqon, halqa, to’p, cho’qmor, lenta) hamda 1 ta mashq buyumsiz bajariladi.
Charxpalak- aylanish o’qi buyum diametiri orqali o’tadigon aylanma harakatlarga aytiladi.
Silkitish (tebranish)- to’liqsiz aylanma harakatga aytiladi.
Chirpirak - aylanish o’qi buyum qirrasiga to’g’ri keladigan ketma-ket aylanma harakatlarga aytiladi.
Doiralar - kichiklari–panja bilan, o’rtachalari- tirsak bilan, kattalari- yelka yordamida hosil qilinadi.
Tegirmonlar - kichik doiralar ma’lum bir ketma-ketlikda birikuvi.
Spirallar - spiral ko’rinishidagi ko’ndalang chiziqqa tortilgan kichik doiralar seriyasi.
Sakkizliklar - qo’lning ushbu shakilldagi harakatlar bilan birgalikdagi bajariladigan doiralar seriyasi. Kattaligiga qarab: kichik, o’rtacha va katta doiralar bir- biridan o’zaro farqlanadi.
Ilonchalar - tikka uzatilgan panjaning tebranma harakatlari: balandga-pastga yoki o’nga-chapga.
Uloqtirishlar - buyumlarga davomli tayanchsiz (parvoz) harakatlarini beruvchi harakatlardir.
Qaytarishlar - shunday harakatlar-ki, ularning natijasida buyumlar polga, tana qismiga yoki boshqa buyumga tegib, parvoz(tayanchsiz) holatiga o`tadi.
Ilib olishlar - buyumlarni ularning erkin harakatlaridan so`ng qabul qilib olish.
Dumalashlar - buyumlarning tayanch yuzada bir joydan ikkinchi joyga o`tishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |