XOREOGRAFIYA TAYYORGARLIGI ATAMALARI
Xoreografiyada oyoqlarning beshta buriluvchan xolatlari mavjud
Badiiy gimnastikada gimnastikachilarning oyoq kaftlari ideal ravishda qayrilgan holatda turadigan xarakatlar deyarli yo’q. Baletda ham xuddi shu holatni kuzatish mumkin: balet raqqosalari deyarli xech qachon ideal beshinchi holatda raqs tushmaydilar. Biroq oyoqlar har kuni qayrilgan pozisiyalarga qo’yiladigan klassik raqs darslari oyoqlarni “tarbiyalaydi”, ularning kuchli va qayriluvchanligini oshiradi. Klassik raqsning barcha besh pazisiyasini a’lo darajada o’zlashtirgach, gimnastikachi o’z oyoqlarini risoladagidek xarakatlantira oladi va xar qanday kerakli xolatlarga qo’yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |