ATAMALARNI QO`LLANISH QOIDALARI VA USULLARI
Atamalarni yasashning keng tarqalgan usuli – mavjud so’zlarga yangi ma’no berish (yangi ma’no berish). Badiiy gimnastikada bunday atamalarga misol tariqasida quyidagilarni kiritish mumkin: ko’prikcha, kirish, o’tish, chiqish va boshqalar. Ko’pincha atamalar so’zlarning qo’shilishi orqali (masalan, baland-past bruslar, uzoqqa-balandga sakrash) va shuningdek, yasama so’zlar ava so’z birikmalaridan hosil bo’ladi.
Yuqorida aytilganlar btlan birgalikda Badiiy gimnastikada atamalarni tuzishning maxsus usullari qo’llaniladi:
Atamalar sifatida ayrim so’zlardan foydalaniladi, masalan, osilish, tayanish, siltanish.
MASHQLARNI YOZISH QOIDALARI VA SHAKLLARI
Badiiy gimnastika mashqlarining qisqa va aniq yozilishi ularni tushunishda katta ahamiyatga egadir. Belgilangan maqsadga qarab u yoki bu yozish shakllari qo’llaniladi: umumlashma, aniq (terminologik), qisqartma yoki chizma shakllari.
Badiiy gimnastika mashqlarini atamalar bo’yicha yozish mavjud qoidalar (yuqorida qayd qilingan va belgilangan shakllar) bo’yicha olib boriladi.
YOzish qoidalariga quyidagilar kiradi: Badiiy gimnastika mashqlarining ayrim guruhlari uchun belgilangan yozish tartibi, yozishda qo’llaniladigan grammatik tartib va belgilarga rioya qilish. Quyida mazkur qoidalarni ko’rib chiqamiz.
Badiiy Badiiy gimnastika mashqlarini yozish. Badiiy Badiiy gimnastika mashqlarini yozayotganda erkin mashqlar uchun belgilangan qoidalardan foydalaniladi. Undan tashqari, badiiy Badiiy gimnastikaga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda quyidagilarni: chunonchi, harakat xarakteri, uning ba’zi eng nozik jihatlari dinamikasi va ta’sirli tomonlarini ko’rsatish lozim bo’ladi.
Umumlashtiruvchi yozuv. Bu usuldan harakatning aniqligi talab etilmaganda, shuningdek darslik va boshqa dasturlarda Badiiy gimnastika mashqlarining mazmunini ifodalash (sanab chiqish)gina zarur bo’lgan hollardagina foydalaniladi. Masalan, dasturlarda quyidagilarni ko’rsatish kifoyadir: ya’ni tayanish va orqaga tayanishdan bir tomonga va qarama-qarshi tomonga tebranib o’tishlarni (ularning barcha xillarini ifodalamasdan).
Grafik tartibda yozib borish mustaqil va yordamchi ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. CHiziq bilan (chiziqchalar) yozish, yarim konturli va konturli yozuv qo’llaniladi. Birinchisi eng qulayrog’idir. U ko’rsatmali va tejamlidir. Bunday yozuvning qulayligi Badiiy gimnastikaning kundalik amaliy ishida keng qo’llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |