Mashg’ulotlar uchun
Isituvchi kоmpress: qavatlari, paxta, оdekоlоn, arоq, kоmpress qоg‘оzi, dоka
Download 0.61 Mb.
|
TIBBIY BILIM ASOSLARI
Isituvchi kоmpress: qavatlari, paxta, оdekоlоn, arоq, kоmpress qоg‘оzi, dоka.
Nam va quruq issiqning ishlatilishi. Mahalliy isituvchi kompress ko‘pincha yallig‘lanish protsessi tez so‘rilishi uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, og‘riqni qoldiradi, qon tomirlarini kengaytiradi, moddalar almashinuvini kuchaytiradi. Teri shikastlanganda, yiringli yaralar bo‘lganda isituvchi kompress qo‘yilmaydi. Isituvchi kompressni ishlatish uchun dokani bir necha qavat qilib buklab, 10-140 li iliq suvga solinadi va siqib tashlanadi. Keyin mumlangan qog‘oz yoki kleyonka qo‘yib, ustidan paxta bilan o‘raladi. Bunda har bir qavat oldingi qavatga qaraganda 3-5 sm kattaroq bo‘lishi kerak. Shu tartibda tayyorlangan kompress badanga qo‘yilib, keyin bint bilan mahkamlanadi. Kompress qo‘yilgandan keyin bemor qimirlamay yotishi kerak. Isitadigan kompress qo‘yilgan joyda issiqlik hosil bo‘ladi, bu qon tomirlariga, teriga va teri osti to‘qimalariga, organizmning chuqur joylashgan to‘qimalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Isituvchi kompress organizmdagi yallig‘lanish jarayonining tuzalishiga, yiring hosil bo‘lish protsessi to‘xtashiga sabab bo‘ladi va og‘riqni kamaytiradi. Kompress qo‘yilgan joyning namligini, haroratini vaqti-vaqtida qo‘l bilan tekshirib turish kerak. Kompressni uzoq muddatga qo‘yish mumkin emas. Bunday xodisa sodir bo‘lmasligi uchun kompressni almashtirish vaqtida teri odekolon, spirt bilan artiladi. Ikkinchi marta kompress qilish uchun yangi material ishlatiladi. Bundan tashqari, isituvchi kompress uchun 400 li spirt yoki aroqdan ham foydalaniladi. Kompressning isitish ta’siri kuchli bo‘lganligi uchun bakteriyalarning ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaydi. Kompress ko‘krak organizmning biror qismiga qo‘yiladi. Buning uchun bir necha qavat salfetkani issiq suvga (50-600) botirib olib, tegishli joyga qo‘yiladi, ustidan kleyonka va junli gazlama bilan yaxshilab o‘rab, bint bilan bog‘lanadi. Kompress har 10-15 minutda almashtirib turiladi. Kompress qilingan joyda qon aylanishi yaxshilanib yallig‘lanishi kamayadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling