Mashg’ulotlar uchun


Nafas olishni sanash qoidalari. Nafas olish turlari: ko‘krak bilan, qorin bilan, aralash nafas olish


Download 0.61 Mb.
bet31/104
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1059386
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   104
Bog'liq
TIBBIY BILIM ASOSLARI

Nafas оlishni sanash.


Nafas olishni sanash qoidalari. Nafas olish turlari: ko‘krak bilan, qorin bilan, aralash nafas olish.


Nafas organizmga kislorodning uzluksiz tushunib turishini va karbonat angidrid gazi va suv bug‘lari ajralib chiqishini ta’minlaydigan asosiy hayotiy jarayondir. Gaz almashinuvi jarayoni tashqi va ichki nafas yoki to‘qima nafasidan tashkil topadi. Nafas olish turlari. Nafas olayotgan vaqtda ko‘krak qafasining hajmi qaysi tomonga o‘zgarishiga qarab ko‘krak, qorin va aralash nafas olish bo‘ladi.
Ko‘krak turidagi nafas olish ayollar uchun xos, bu vaqtda ko‘krak bo‘shlig‘ining kengayishi qovurg‘alar harakati natijasida oldindan orqaga va yon tomonga qarab yo‘nalgan bo‘lib, o‘pkaning pastki qismi etarli darajada ventilyatsiya bo‘lmaydi.
Qorin turidagi nafas olish erkaklar uchun xos, bunda ko‘krak bo‘shlig‘ining kengayishi diafragma hisobiga bo‘lib, asosan vertikal yo‘naladi, biroq o‘pkaning yuqori qismi etarli darajada ventilyatsiya bo‘lmaydi.
Aralash turidagi nafas olishda ko‘krak bo‘shlig‘ining kengayishi har tomonga teng bo‘lib, o‘pkaning hamma joyida ventilyatsiya yaxshi bo‘lishini ta’minlaydi. Bunday tur asosan bolalar va qariyalarda uchraydi.
Nafas olish tezligi katta odamda daqiqa o‘rta hisobda 16-20 ta bo‘ladi. Sog‘lom kishilarda uning o‘zgarishi juda ko‘p sabablarga: yoshga (yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda minutiga 40-45 nafas, 1-2 yoshli bolalarda minutiga 30-40 nafas); jinsga (ayollarda erkaklarga nisbatan minutiga 2-4 nafas ko‘proq); tananing vaziyatiga (yotgan holatda minutiga 14-15 nafas, o‘tirganda 16-18, tik turgan holatda 18-20 marta nafas) bog‘liq. Jismoniy ish, ovqat eyish, tana haroratining oshishi, ruhiy qo‘zg‘alish nafasni tezlashtiradi. Mashq qilgan sportchilarda nafas chastotasi tinch turganda minutiga 6-8 bo‘lishi mumkin.
Bemorlar ko‘krak qafasida nafas harakatlarini kuzatib borish: nafas harakatlarining chastotasi, ritm chuqurligining o‘zgarishi, nafas turining o‘zgarishini aniqlashga, nafas qisishining xususiyatini bilib olishga imkon beradi.
Bu kuzatuvlar kasallikni aniqlashga yordam berib, uni hamshiralar ham bajarsa bo‘ladi.
Nafas harakatlarini bemor sezmaydigan qilib sanash kerak. Qo‘lni bemor ko‘kragi ustiga qo‘yish yoki pulsni sanagandek uning qo‘lini ushlab turishning o‘zi kifoya. Bemor nafasining kuzatilayotganligini bilib qolsa, u nafas harakatlarining miqdorini, maromini va xususiyatini bexosdan o‘zgartirishi mumkin.
Nafas qisishi, hansirash (dispnoe). Nafas tezligi, maromi va chuqurligining buzilishiga nafas qisishi deyiladi. Nafas qisishi bemorlarga hamisha sezilarvermaydi.
Bemorning nafasi juda qattiq qisilishi, kislorod tanqisligi asfiksiyaga olib keladi.
Tibbiyot hamshirasi nafas qisishi va bo‘g‘ilish xususiyati ustida olib borgan kuzatuvlarini shifokorga xabar qilish lozim, bu shuning uchun zarurki, nafas qisishi ba’zan uyqu vaqtida sezilarli bo‘ladi, bo‘g‘ilish hurujlari esa aksari kechasi tutadi.
Nafas qisish va bo‘g‘ilishda bemorni parvarish qilish shu o‘zgarishlarni keltirib chiqargan sabablarga qarab turlichadir. Nafasni engillashtirish uchun ko‘pincha: 1) bemorning ko‘kragini qisib turadigan kiyimlarini echish va og‘ir adyollarni olib tashlash; 2) bemorning nafas harakatlarini engillashtirish uchun uni qaddini baland qilib yotqizish. 3) uyga sof havo kiritish; 4) bemorga kislorod bilan nafas oldirish lozim.
Amaliy mashgulot :№5

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling