Mashg’ulotlar uchun
Yosh bola suyaklarining sinishi
Download 0.61 Mb.
|
TIBBIY BILIM ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tana harorati, puls, arterial bosim va nafas olishni aniqlash.
- Tana harоratini o‘lchash texnikasi.
Yosh bola suyaklarining sinishi. Yosh bolalarda suyaklarning sinishi o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Bolalarning suyagi birmuncha egiluvchan (elastik) bo‘ladi. Shuning uchun kattalarnikiga qaraganda kam sinadi.
Suyaklarning ezilishi, buralishi va o‘ralishi natijasida darz ketishi suyak pardasi ostida sinishi bolalarga xosdir. Yosh bolalarda suyak epifizi bilan metafizi o‘rtasida o‘sish zonasi bo‘ladi. Shikastlanish natijasida suyakning bo‘g‘imlariga yaqin qismi (epifiz) o‘sish zonasi orqali metofizdan ajraladi (epifizeoliz). Suyaklarning bu xil sinishi yosh bolalarning o‘sayotgan organizmiga xosdir. Shikastlanish natijasida epifiz metafizga nisbatan qisman yoki butunlay siljishi mumkin. Suyak singanligi aniqlangandan so‘ng zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatish lozim, chunki keyingi davolash natijalari, hatto bola hayoti shu birinchi yordamga bog‘liq bo‘ladi. Buning uchun bemor tinch yotqizib qo‘yiladi, kiyimlarini oxista echib, singan soha aniqlanadi va shina qo‘yiladi. Suyagi singan bolalarga birinchi yordam ko‘rsatilgandan so‘ng, ularni tezlik bilan davolash muassasasiga jo‘natish kerak. Amaliy mashgulot:№4 Мавзу: Tana harorati, puls, arterial bosim va nafas olishni aniqlash. Режа: 1. Tana haroratini olchash. Harorat tushunchasi. 2. Pulsni aniqlash va sanash joylari. 3. Arterial bosim togrisida tushuncha va uni olchash qoidalari. 4. Nafas olishni sanash qoisalari. Tana harоratini o‘lchash texnikasi. Tana xaroratini o‘lchash texnikasi. Xarorat turlari, krizis, lizis. Normal, subfebril, yuqori xarorat tushinchasi Tana xaroratini o‘lchash. Sog‘lom odamning gavda harorati doim bir me’yorda bo‘ladi. Tashqi muhit haroratining o‘zgarishiga qaramay tana haroratining bir me’yorda bo‘lishiga sabab organizmda hosil bo‘lgan issiqlik miqdori tashqi muhitga chiqarilgan issiqlik miqdoriga tengligidir. Sog‘lom odamning tana harorati kun davomida bir gradus atrofida o‘zgaradi. Bunda ertalab soat 3-6 da minimum, kech soat 5-7 da maksimum darajaga etadi. O‘rtacha harorat 36.6-37 gradus. Normada yosh bolalarning tana harorati kattalarnikiga qaraganda biroz yuqori, aksincha kattalarda biroz past bo‘ladi. Ayollarda esa hayz ko‘rish oldidan tana harorati biroz past bo‘ladi. Ayollarda esa hayz ko‘rish oldidan tana harorati biroz ko‘tarilishi mumkin. Tananing har bir a’zosida harorat bir xil bo‘lmaydi. Og‘iz bo‘shlig‘ida, to‘g‘ri ichakda harorat 0.2-0.5 gradus yuqori bo‘ladi. Termometr. Tana haroratini o‘lchash uchun tibbiy termometri ishlatiladi. Harorat o‘lchangandan keyin termometrdagi simob pastga tushmaydi. Shuning uchun termometrni silkitishni yoddan chiqarmaslik kerak. Haroratni o‘lchash natijasida olingan ma’lumotlar shubhali bo‘lsa qayta o‘lchash lozim. Tana haroratini o‘lchash uchun ishlatiladigan termometrlar davolash muassasalarida ichiga bir necha qavat paxta solingan shisha stakanlarda saqlanadi. Stakanning xloramin eritmasi yoki 3%li lizol 70%li spirt eritmasi bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Termometr silkitilganda sirg‘anib tushmasligi uchun uning yuqori uchiga rezina kiygiziladi. Tana harorati o‘lchanganda termometr 8-10 minutga qo‘yiladi. Bu vaqtda bemor tinch yotishi lozim. Har gal termometrni silkitishdan oldin dezinfektsiya qilish va bir necha marta silkitish lozim. Bemorning harorati kuniga 2 marta o‘lchanadi, ertalab soat 6-8 da va kechkurun soat 16-20. Ba’zan kasallikni aniqlash maqsadida 3-4 marta yoki har ikki soatda o‘lchash mumkin. Olingan ma’lumot harorat varaqasiga yoziladi. Haroratni o‘lchash usuli. Tana haroratini qo‘ltiq ostidan kamdan- kam hollarda to‘g‘ri ichakdan o‘lchanadi. Ko‘pincha yosh bolalarda qo‘ltiq osti yoki chot orasiga, to‘g‘ri ichakka qo‘yib o‘lchash mumkin. Bemor qo‘ltig‘i ostiga termometr qo‘yilgandan keyin qo‘lini ko‘krak ustiga qo‘yib qattiq ushlab turadi. Qo‘ltiq osti terlagan vaqtda ter haroratni past ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun qo‘ltiq ostini quritib artish kerak. Kasallikka tashxis qo‘yishda va uni davolashda bemorlar tana haroratini o‘lchash katta ahamiyatga ega. Organizmda issiqlikning to‘planishi tufayli harorat ko‘tarilishi mumkin. Bu gipertermiya yoki isitmalashning asosiy belgisi hisoblanadi. Yuqumli kasalliklarda organizmda toksik moddalar to‘planganda yoki odamning biror joyi qattiq og‘rishi tufayli isitmalashi mumkin. Harorat ko‘tarilish darajasiga qarab quyidagicha bo‘ladi: Subnormal (35-36oS), normal (36-37oS) va subfebril (37-38oS). Agar harorat 38oS dan oshsa isitma deyiladi. Isitma natijasi quyidagicha: O‘rtacha isitma (harorat 39oS ga ko‘tariladi). Yuqori darajadagi isitma (harorat 39-41oS ga ko‘tariladi). Eng yuqori darajadagi isitma (harorat 41oS ga etadi va oshadi). Isitmaning o‘zi ham bir necha turga bo‘linadi: Doimiy isitma. Bu xildagi isitma ich terlama, tepki va o‘pka yallig‘lanishiga xosdir. Harorat 40-41oS ga ko‘tarilganda, uning sutka davomida o‘zgarishi 1oS dan oshmaydi. Bo‘shashtiradigan o‘zgaruvchan isitma. Ko‘pincha o‘pka yiringli yallig‘lanishida yoki o‘pkaning o‘choqli yallig‘lanishida uchraydi. Harorat yuqori bo‘lib sutka davomidagi o‘zgarishi 1oS dan oshiq bo‘ladi. Gektik yoki holdan ketkazidan isitma. Isitmaning bu xili sepsis, sil kasalligining og‘ir shakli uchun xosdir. Haroratning bunday ko‘tarilib turishi bemorni terlab holdan toyishiga olib keladi. Takrorlanadigan isitma. Bu xildagi isitma bezgak kasalligi uchun xosdir. Bunda bemorning harorati vaqti-vaqti bilan ko‘tarilib, pasayib, normal darajaga tushib turadi. Qaytalanuvchi isitma. Bunday isitma qaytalanuvchi terlama uchun xos bo‘lib, harorat bir necha kun ko‘tarilib, so‘ngra normallashadi. Bunday o‘zgarish qaytalanishi mumkin. Noto‘g‘ri isitma. Bunday isitma revmatizm, gripp va dizenteriya kasalliklarida uchraydi. Isitmalayotgan bemorlarni parvarish qilish. Isitmaning uch davri bo‘lib, har bir davrning o‘z belgilari bo‘lgani uchun bemorlarni shunga qarab parvarish qilish kerak. 1. Isitmaning ko‘tarilishi davri. Bu davrda muskullar tez-tez qisqarib turishi natijasida bemorning eti uvishib, titrab qaqshaydi. Teri qon tomirlari torayishi natijasida tanadan issiqlik ajralishi kamayadi. Tanada, oyoq-qo‘l uchida ko‘karish hosil bo‘ladi. Bemor sovqotib, terisi g‘oz terisiga o‘xshab qoladi, bunday vaqtda bemorni o‘rab, grelka qo‘yib, issiq choy, kofe ichiriladi. Bu davr bir necha soat, kun yoki xafta cho‘zilishi mumkin. 2. Isitmaning cho‘qqisi. Issiqlik chiqarish kuchayganligi sababli bemorning badani qiziydi. Bunday vaqtda bemorning yurak-qon tomirlariga, nafas, ovqat hazm qilish, siydik ajartish va boshqa organlarining ish faoliyatiga alohida e’tibor berish lozim. Ko‘pincha puls va nafas tezlashadi. Terida ko‘karish ro‘y beradi, sovuq ter chiqishi natijasida yurak faoliyati buziladi. Bunda bemorlarni alohida parvarish qilish kerak. Shu bilan birga yurak-qon tomirlar faoliyatini yaxshilash maqsadida kislorod berishga to‘g‘ri keladi. Bemorlar isitmalashi terlashi natijasida ko‘p suyuqlik yo‘qotadi. Shu boisdan ko‘p suyuqlik berish zarur. Ahvoli og‘ir bemorlarda xushining xiralanishi yoki butunlay behush bo‘lganlariga alohida e’tibor berish kerak. Bemorlar ichining normal kelishini, siydik ushlanib qolmasligini e’tibor berishi kerak. Bundan tashqari, teri, og‘iz bo‘shlig‘i, quloq, burun va boshqa organlarini toza tutish, yotoq yaralar bo‘lmasligi uchun hamma choralarni ko‘rish zarur. 3. Issiq tushishi davri. Avval issiqlik chiqarish kuchayadi, keyin esa issiqlik hosil bo‘lishi kamayadi va organizmdan ko‘p ter ajraladi. Haroratni pasayishi ikki xil bo‘ladi. Ba’zan harorat asta sekin pasayib normaga tushadi. Haroratning bunday pasayishi lizis deyiladi. Ba’zida harorat yuqori darajada bo‘lib birdaniga pasayib ketishi yoki normaga tushishi mumkin. Bunga krizis deyiladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling