Mashg’ulotlar uchun
Arterial bosim to‘g‘risida tushuncha, uni o‘lchash qoidalari. Normada arterial bosim ko‘rsatkichlari. Gipertoniya, gipotoniya. Sistolik va diastalik bosimi
Download 0.61 Mb.
|
TIBBIY BILIM ASOSLARI
Mavzu: Arterial bоsimni o‘lchash.
Arterial bosim to‘g‘risida tushuncha, uni o‘lchash qoidalari. Normada arterial bosim ko‘rsatkichlari. Gipertoniya, gipotoniya. Sistolik va diastalik bosimi.Arterial bosim sistola va diastola vaqtida tomirlar devoriga tushadigan qon bosimidir. Uni sog‘lom odamlarda ham, bemorlarda ham yurak-tomirlar sistemasiga baho berish maqsadida o‘lchanadi. Arterial bosim yurakdan otilib chiqadigan qon miqdoriga, qon oqimiga, umumiy periferik tomirlarning nechog‘lik qarshilik ko‘rsatishiga, tomirlar devorining elastikligiga bog‘liq. Sistolik (maksimal), diastolik (minimal) arterial bosim va puls arterial bosimi farq qilinadi. Sistolik bosim - arterial sistemada chap qorincha sistolasidan keyin paydo bo‘ladigan puls to‘lqini maksimal ko‘tariladigan vaqtdagi bosimdir. Diastolik bosim esa yurak diastolasi oxirida puls to‘lqini tushgan vaqtda yuzaga keladi. Sistolik va diastolik bosim o‘rtasidagi farq puls bosimi deyiladi. Arterial bosimni o‘lchash yurak-tomirlar va nafas sistemasi kasalliklarida qo‘llaniladigan muhim tashxisiy usul hisoblanadi. Sog‘lom, katta yoshli odamlarda arterial bosimning normal raqamlari qator sabablarga, ayniqsa yoshga, nerv sistemasi holatiga, sutka soatlariga va shunga o‘xshashlarga ko‘ra o‘zgarib turadi. Sistolik bosim 120 dan 140 mm gacha, diastolik bosim 70 dan 90 gacha simob ustuni atrofida o‘zgarib turadi. Ertalab arterial bosim 5-10 mm simob ustuniga past bo‘ladi. Arterial bosimni o‘lchash uchun turli xil moslamalar ishlatiladi. Simobli sfigmomanometr, (Riva-Roch) manometr, manjetka, nokcha-ballon va asbob qismlarini o‘zaro tutashtiradigan rezina naychalar tizimidan iborat. Asbob qopqog‘iga montaj qilingan manometr shisha naychali bo‘lib, uning pastki uchi simob solinadigan, sig‘imi 15-20 ml li shisha rezervuarga kavsharlangan. Manometr millimetrli bo‘linmalari (0 dan 250 mm ga gacha) bo‘lgan shkalaga ulangan. Shisha naychadan simob darajasi 0 ga qo‘yiladi. Manjetka - eni 12-14 sm va uzunligi 30-40 m li ichi bo‘sh rezina qopchiqdir. Qopchiqqa qalin dag‘al matodan g‘ilof kiydirilgan, bu rezina qopchiqqa havo kiritishda uning cho‘zilib ketmasligi, faqat tekshirilayotgan odamning qo‘lini bosib turish uchun xizmat qiladi. Havo uni tashqaridan kirishiga yo‘l qo‘yadigan va tashqariga chiqishga to‘sqinlik qiladigan klapani bo‘lgan qalin devorli rezina ballon yordamida haydaladi. Simob solingan rezervuarli nokcha ballonga ulangan asboblar - tonometrlar deyiladi. Bunda arterial bosim prujina qarshiligi kuchi bilan o‘lchanib, bu kuch millimetrli bo‘linmalari bo‘lgan tsiferblat bo‘ylab harakatlanadigan strelkalarga o‘tadi. Arterial bosim bilvosita uchul (Korotkov usuli) bilan o‘lchanadi. Bu usul manjetkadagi havo bosimini asta-sekin pasaytirishga va bu bosim darajasini Korotkov tonlari paydo bo‘lgan va yo‘qolgan paytlarda qayd qilishga asoslangan. Arterial bosimni elka arteriyasida o‘lchash usuli. Arterial bosimni o‘lchash vaqtida tekshirilayotgan odam tinch o‘tirishi kerak. Bemorning yalang‘ochlangan qo‘liga tirsak bo‘g‘imidan 2-3 sm yuqoriga manjetkani siqmasdan u bilan teri orasida faqat bitta barmoq sig‘adigan qilib o‘raladi va mahkamlanadi. Tekshirilayotgan kishining qo‘lini qulay vaziyatda, kaftini, yuqori tomonga qaratib qo‘yiladi. Tirsak bo‘g‘imida elka arteriyasi topiladi va pulsni aniqlash uchun fonedoskop qo‘yiladi. So‘ngra ballon bilan asta-sekin havo berilib, u ayni vaqtda manjetkaga ham, manometrga ham tushadi. Havo bosimi ostida manometrdagi simob shisha naychaga ko‘tariladi. Shkaladagi raqamlar manjetkadagi havo bosimini, ya’ni elka arteriyasining yumshoq to‘qimalari orqali qanday kuch bilan bosilganini ko‘rsatadi. Havo berishda ehtiyot choralariga amal qilish kerak, chunki simob kuchli bosim ostida naychadan chiqib ketishi mumkin. Manjetkaga asta-sekin havo haydab, tovush yo‘qoladigan vaqt belgilanadi. So‘ngra ballon oldidagi ventilni biroz ochib, manjetkadagi bosim asta-sekin tushiriladi. Manjetkadagi bosimga qarshi bosim sistolik bosim miqdoriga etganda birmuncha qattiq qisqa tovush - ton eshitiladi. Simob ustunchasidagi raqamlar sistolik bosimni ko‘rsatadi. Manjetkadagi bosimning bundan keyingi pasayishida eshitilgan tonlari pasayadi va asta-sekin yo‘qoladi. Ton yo‘qolgan vaqtda manjetkadagi bosim minimal bo‘lib, bu diastolik bosimga mos keladi. Manometrdagi raqamlar minimal bosimni ifodalaydi. Bemorning bosimi past bo‘lganda tomirlarni shikastlantirmaslik va arterial bosim ko‘rsatkichlari to‘g‘risida birmuncha aniq ma’lumotlar olish uchun manjetkaga havo asta-sekin kiritiladi. Tonlarning birinchi marta paydo bo‘lishi diastolik bosimni ko‘rsatadi. Manjetkadagi bosim ko‘tarilganda tonlarning yo‘qolish paytida raqamlar sistolik bosimni ko‘rsatadi. Arterial bosimni ostsillyator usul bilan ham o‘lchash mumkin: bu prujinali manometr strelkasining tebranishlari ustidan kuzatishdan iborat. Manjetkaga elka arteriyasi to‘liq bosilguncha havo haydaladi, so‘ngra ventilni ochib, havoni asta-sekin chiqara boshlanadi va qonning dastlabki portsiyalari arteriyaga tushib, ostsillyatsiyalar, ya’ni sistolik arterial bosimni ko‘rsatadigan strelkaning tebranishlarini beradi. Manometr strelkasining tebranishlari avvaliga kuchayadi, so‘ngra asta-sekin kamayadi, bu minimal bosimga muvofiq. Turli-tuman kasalliklarda arterial bosim o‘zgarib, normadan oshib ketishi (gipertoniya), yoki pasayib ketishi (gipotoniya) mumkin. Gipertoniya - gipertoniya kasalligida, nefritda (buyraklar yallig‘lanishi) va ichki sekretsiya bezlarining ayrim kasalliklarida kuzatiladi. Bunda sistolik bosim 200-250 mm simob ustuniga chiqadi. Gipotoniya - kollaps va shokda, yuqumli kasalliklarda, bronza xastaligida va ba’zi bir boshqa kasalliklarda kuzatiladi. Bolalarda arterial bosim yoshi qancha kichik bo‘lsa, shunga mos ravishda shuncha past bo‘ladi. Yoshi ulg‘aygan sari tomirlar tonusining ortib borishi, yurak muskul qavatining kuchga to‘la va hayotiy jarayonlarning tezlashuvi natijasida arterial bosim ham ko‘tarilib boradi. Maktab yoshidagi bolalarda arterial bosim maxsus manjetkali tonometrlarda o‘lchansa, chaqaloqlar va emiziqli bolalarda formulalar yordamida aniqlanadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling