Mashg’ulotlar uchun


Qоn ketishi va uni to‘xtatish


Download 0.61 Mb.
bet81/104
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1059386
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   104
Bog'liq
TIBBIY BILIM ASOSLARI

Qоn ketishi va uni to‘xtatish.
Qon ketish turlari: arterial, venoz, kapillyarli, parenximatozli. Tashqi va ichki qon ketishlar. Belgilari.
Qon ketishi yoki qon oqishi-qon tomirlari devorining shikastlanishi biror kasallik oqibatida emirilishi, o‘tkazuvchanligining oshishi sababli yuzaga keladi. Qon oqishni sabablari: har xil jarohatlanishlarda, yiringli protsesslarda (yaralarda), operatsiya qilinganda, qon bosimning oshishida (gipertoniya kasalligida), qon ivish sistemasining pasayishi yoki buzilishida, qon kasalliklarida (gemofiliya, tsinga, nurlanish va h.k.).
Qon ketayotgan tomir turiga qarab qon ketishi arterial, venoz, kapillyar va parenximatoz organlardan qon ketishiga bo‘linadi. Shikastlangan tomirlardan chiqqan qonning tashqi muhitga yoki tananing biror bo‘shlig‘iga (qorin, ko‘krak, kalla va b.ga), to‘qima ichiga oqishiga qarab tashqi va ichki qon oqishi tafovut qilinadi.
Arterial qon oqishi - qon juda tez va kuchli otilib chiqadi, oqayotgan qon uzilib-uzilib ingichka bo‘lib oqadi, rangi och qizil bo‘lib, yaraning markaziy qismidan otilib chiqadi.
Venoz qon oqish qon otilib chiqmaydi, maromida uzluksiz ravishda yaraning periferik qismidan oqib turadi, qon to‘q qizil rangda bo‘ladi.
Kapillyar qon oqishi - teri shiliq qavati, mushak yuzi, teri shikastlanganda, kapillyarlardan qon oqib turadi, qon ketish o‘z-o‘zidan to‘xtaydi. Kapillyarlardan qon oqqanda qon sizib chiqadi.
Parenximatoz qon oqishi - jigar, taloq, o‘pka, me’da osti bezi, buyraklar jarohatlanganda qon tomirlardan, parenzimatoz organlardan qon ketadi, bu qon ketishi biriktiruvchi to‘qimalar orasida, qon tomirlarining qisqarishi qiyin bo‘lgan erda bo‘lganligi sababli, yo‘li ochiq bo‘lib, qon ketishining o‘z holicha to‘xtashi qiyinlashadi.
Tashqi qon ketishda qon tashqi muhitga oqib chiqadi. Tashqi qon ketish ko‘proq bo‘yin, qo‘l-oyoq va boshda kuzatiladi.
Ichki qon ketish shikastlangan qon tomirlaridan bo‘shliqqa, oraliqqa, ichki organlar joyiga va uning atrofiga tarqalish yo‘li bilan namoyon bo‘ladi.
Qon miqdori ketganligiga qarab qon oqishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
a) kam qon ketish - 500 ml gacha
b) o‘rtacha qon ketishi - 1000 ml.gacha
v) ko‘p qon ketish - 1500 ml.gacha
g) juda ko‘p qon ketish - 1500 ml. dan ko‘p
Qon yo‘qotish darajasiga qarab turli holat yuzaga keladi. Yengil darajada tomirlarda aylanib turgan qonning 10-15% yo‘qotiladi. Bunday qon ketishini organizm engil o‘tkazadi, uning kechishi unchalik rivojlanmagan bo‘ladi, puls tezlashib, teri oqarishiga olib keladi, kamquvvatlik kuzatiladi, qon bosimi pasayadi, gemoglabin kamayadi.
O‘rta darajali qon yo‘qotish, aylanib turgan qonning 15-20% yo‘qotilganda sodir bo‘ladi va organizmda farqli funktsional o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, uning klinik ko‘rinishi aniq bo‘ladi. Bemor rangi oqarib ketadi, badanida sovuq ter paydo bo‘ladi, kam quvvatlik, bosh aylanishi bilan birga hushidan ketib qoladi, puls tezlashib 100-110 ga etadi, qon bosimi pasayadi.
Og‘ir darajali qon yo‘qotishda qon tomirlarida aylanib yurgan qonning 20-30% gacha kamayganida sodir bo‘ladi va bemor bexush bo‘ladi, puls susayib aniqlay olmaslik ham mumkin. Qon bosimi pasayadi.
40-50%ni yo‘qotish o‘limiga olib keladi. Qon yo‘qotilganda yordam berish. Qon ketganda shifokor kelguncha birinchi yordam berish quyidagicha bo‘ladi:
1. qon ketishini vaqtincha to‘xtatish.
2. qon ketishini to‘xtatishda bemorga sharoit yaratish.
3. Bemorni davolash muassasasiga yuborish.

Tashqi qon ketish. Qon ketishni to‘xtatish uchun turli fiziq, biologik va medikametoz vositalar qo‘llaniladi. Qon ketishini vaqtincha to‘xtatish yo‘qotish xavfining oldini oladi va uni uzil-kesil to‘xtatish imkoniyatini beradi. Tashqi qon ketishni vaqtincha to‘xtatish uchun arteriyani barmoq bilan bosish, bosuvchi bog‘lovlar qo‘yish, qonni to‘xtatuvchi jgut bog‘lash, jadallik bilan qo‘l-oyoqni bukish va boshqa choralar ko‘riladi.


Arteriyani barmoq bilan bosish arteriya o‘zani bo‘ylab, ya’ni jarohatlangan sohani emas, balki undan yuqoriroqni bosish eng oddiy va istagan sharoitda qo‘l keladigan usul hisoblanadi. Bu usulni qo‘llash uchun ayni arteriya yuzaroq joylashgan (uni suyakka bosish joyi) nuqtani bilish kerak. Bu nuqtalarni paypaslab, tomir urishini bilish mumkin. Arteriyani barmoq bilan bosish qon ketishni bir zumda to‘xtatish imkoniyatini beradi. Lekin kuchli odam ham 10-15 minutdan ortiq bosib tura olmaydi, chunki qo‘l charchaydi, natijada bosim zaiflashadi. Shuning uchun bu usul asosan qon ketishni vaqtincha to‘xtatib turib boshqa usullarni qo‘llashga o‘tishda yordam beradi. Arteriyani barmoq bilan bosish katta arterial qon ketishda, ko‘pincha travmatik shikastlanishda tavsiya etiladi. Qo‘l-oyoqlarda qon tomir jarohatdan yuqoriroqda bosiladi, bo‘yin va bosh shikastlanganda pastda, qon tomirlar bir necha barmoqlar bilan bosiladi, yaxshisi ikkala qo‘lning barmog‘i bilan bosgan ma’qulroq. Arteriyani bosishning quyidagi usullari mavjud: Bo‘yinning yuqori va o‘rta qismidagi, jag‘ osti va yuzdagi jarohatlardan kuchli qon ketishda umumiy uyqu arteriyasini bosish qulay. Yordam berayotgan shaxs uyqu arteriyasini II, IV- barmoqlari bilan jarohatlangan tomonga bosadi. Barmoqni umurtqa pog‘onasi tomon bosish lozim, bunda uyqu arteriyasi IV bo‘yin umurtqasining ko‘ndalang o‘simtasiga bosiladi.
(1-rasm).

O‘mrovosti arteriyasini birinchi qovurg‘aga bosish bilan ham qon ketishi to‘xtatiladi. Bunday muolajalar III–IV barmoqlar bilan to‘sh-o‘mrov so‘rg‘ichsimon muskulning orqa-tashqi qirg‘og‘ini I qovurg‘aga bosish yo‘li bilan bajariladi.


Qo‘ltiqosti arteriyasini elka suyagi boshcha qismiga bosish bilan qon ketishining
oldi olinadi. Bemor qo‘li tashqariga ochilgan holda yotqizilib, bosh barmoq qo‘ltiqosti yuqori qismiga bosilib, qolgan barmoqlar esa elkaning tashqi tomonidan o‘rab turadi.
Yelka arteriyasini elka suyagiga, ya’ni ikki boshli mushakning bosh qismi birikkan joyga, bilak va tirsak arteriyalarini esa suyaklarga bosish yo‘li bilan qon
ketishining oldi olinadi (2-rasm).
Yelka bo‘g‘imi, umrov osti, qo‘ltiq hamda elkaning yuqori uchdan bir qismi jarohatlaridan kuchli qon ketishda o‘mrov suyagi osti arteriyasi bosiladi. Bu jarayonni bosh yoki II va IV barmoqlar yordamida umrov suyagi usti chuqurchasida amalga oshiriladi. Bosimni kuchaytirish uchun bevosita bosib turgan barmoqni ikkinchi qo‘l bosh barmog‘i bilan bosish ham mumkin. O‘mrov suyagidan yuqoriroq joy yuqoridan pastga qarab bosilishi natijasida o‘mrov osti arteriyasi birinchi qovurg‘aga siqiladi. Yelka arteriyasini bosish elkaning o‘rta va pastki uchdan bir qismida, bilak va qo‘l panjasidagi jarohatlardan qon ketishida qo‘llaniladi. Yelka arteriyasi elka suyagiga bosiladi.

Son arteriyasidan qon ketganda qonni to‘xtatish uchun chov boylami uchidan ichkarigi qismi bosh barmoqlar bilan bosiladi. Bunday hollarda, boshqa nuqtalardan bunday urinishlar, son arteriyasining chuqur va qalin mushaklar ostida


yotganligi sababli, samara bermaydi.



3-rasm.

Tizza osti arteriyasidan qon ketishini to‘xtatish son suyagi pastki qismi orqasidan oldinga bosish bilan amalga oshiriladi, bunda tizza bo‘g‘imining bir oz bukilgan holda bo‘lishi muolaja samaradorligini oshiradi. Zarur bo‘lganda, tashqi yonbosh arteriya va qorin aortasini ham bosish mumkin.


Bunday hollarda bemorni orqasiga yotqizib, son-chanoq bo‘g‘imidan bir oz bukib, qorin mushaklarini erkin holga keltirish zarur. Shundan keyingina kaft musht holiga keltirilib, qorin aortasi umurtqaga, tashqi yonbosh arteriyasi esa suyaklarga bosiladi.
Venalardan qon ketgan vaqtda, arteriyalardan qon ketishidan farqli, qon to‘xtatish jarohatning pastki (distal) qismining yumshoq to‘qimalariga bosish orqali ham amalga oshiriladi.

Oyoqdagi jarohatlardan kuchli qon ketganda toz suyagining ko‘ndalang qismidagi son arteriyasi bosh barmoq yoki musht bilan bosiladi. Tizza osti arteriyasi - tizza chuqurchasi o‘rtasida son suyagining bo‘g‘im sohasiga bosiladi. Oyoq panjasi usti arteriyasi ichki do‘mboqchaning orqa qismiga bosiladi.


Qorin arteriyasining shikastlanishi ko‘p qon ketish bilan kechadi, qon ketishni vaqtincha to‘xtatish uchun (agar shikastlangan kishi to‘la bo‘lmasa) mushtni kindikning chap tomonidan umurtqa pog‘onasiga bosish bilan to‘xtatish mumkin.
Bosuvchi bog‘lam va a’zolarning ko‘tarilgan holati.
Teri, mushak, boshqa yumshoq to‘qimalarda kichik arteriya va vena qon tomirlari shikastlanishi natijasida kapillyar qon ketishi – bosuvchi bog‘lam yordamida to‘xtatiladi va unda quyidagi qoidaga rioya qilinadi: shikastlanganda er atrofiga 3-4 sm oraliqda antiseptik eritma surtilib, steril bog‘lam qo‘yiladi, qon ketishini to‘xtatish uchun jarohat ustiga dumaloq qilib o‘ralgan paxta, yoki jips taxlangan salfetka, bint, doka qo‘yib, bint bilan qattiq bog‘lab qo‘yiladi. Bog‘lov materiali o‘rnida universal bog‘lam paketidan foydalangan ma’qul.
Venadan qon ketganida qattiq bog‘lash bilan birga qo‘shimcha tarzda a’zolarni ko‘tarish yo‘li bilan ham (yurak satxidan balandroq) qon ketishini to‘xtatish mumkin. Bu quyidagicha bajariladi:
Qo‘l uchun. qo‘l, bilak va elka uchun tirsak bo‘g‘imlarining bukiladigan qismiga matodan paxta, dokali yostiqcha qo‘yiladi va bilakni maksimal ravishda nurafshon arteriyasidan puls yo‘qolib, to yaradan qon ketishi to‘xtaguncha bukib, shu holda elkaga bog‘lab qo‘yiladi. O‘mrov osti, kurak osti va elka arteriyalaridan ketayotgan qonni to‘xtatish uchun ikki elkani orqaga tortib, kamar yoki bintli bog‘lam bilan bir-biriga yaqin holatda bog‘lanadi.
Oyoq uchun. Bemor chalqancha yotgan holda tizza chuquriga paxta, dokali yostiqcha qo‘yilib, son qorin tomonga keltiriladi, boldir son tomonga bukilib bintli bog‘lam qo‘yiladi. Son arteriyasidan qon ketganda oyoqni chanoq son bo‘g‘imida bukib unga ham yostiqga qo‘yiladi va tanaga mahkamlanadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling