Mashg’ulotlar uchun


Download 0.61 Mb.
bet83/104
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1059386
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   104
Bog'liq
TIBBIY BILIM ASOSLARI

Suvga cho‘kish.

Suvga cho‘kish - baxtsiz hodisa. Bunda nafas yo‘llari suyuqlik yoki suyuq massalar (balchiq, loy, o‘t), bilan to‘lishi natijasida nafas va yurak faoliyati qattiq buziladi. Odam suv ostiga tushib qolganda kuchli harakatlanish holatiga keladi va suv yuzasida turishga harakat qilib tez-tez moslashmagan harakatlar qiladi. Cho‘kish vaqtida cho‘kuvchi nafas ushlab, suv yuzasiga chiqadi va havo olib, yana suvga botadi. Maromsiz nafas olish va nafasni tutib turish qonda karbonat angidrid to‘planib qolishiga sabab bo‘ladi. Bu vaqtda suv ko‘p miqdorda traxeya, bronx va alg‘veolalarga tushadi, suv nafas yo‘llarini to‘ldirib, o‘pkaga havo kirishiga to‘sqinlik qiladi. Bunday hollarda cho‘kayotgan odamning teri va shilliq qavatlari ko‘karib ketadi. Og‘zi va burnidan ko‘pikli suyuqlik (ko‘pincha qon aralash) keladi.


Cho‘kish vaqtida birinchi yordamni ko‘rsatish har bir insonning, ayniqsa tibbiyot xodimlarining burchidir. Birinchi yordam bera turib, cho‘kuvchining xushidan ketgan-ketmaganligi yurak faoliyati va nafas olishini aniqlash kerak. Yordam ko‘rsatish hodisa yuz bergan joydan boshlanib, yo‘lda davom ettiriladi. Kasalni transportirovka qilish faqat terminal holatdan chiqarilgandan keyingina mumkindir.
Agar zaharlanuvchi hushidan ketmagan bo‘lsa, tinchlantirib, xo‘l kiyimlari echiladi va isitilib, choy, kofe, spirt yoki valeriana nastoykasi beriladi. Bunday kishini kasalxonaga yotqizgan ma’qul.
Zaharlanuvchilar suvdan hushsiz, lekin yurak va nafas faoliyati saqlangan holda olib chiqilsalar ularga novshadil spirti hidlatilib, badani isitiladi, nafasini yaxshilash uchun tilini tez-tez tortib turish lozim. Ular eng yaqin davolash muassasiga jo‘natiladi.
Yurak urmayotgan va nafas to‘xtagan bo‘lsa, organizmni tiriltirishning oddiy usullari qo‘llaniladi, avvalo, iloji boricha tezlik bilan nafas yo‘llaridagi suyuqlikni chiqarib tashlash kerak. Yordam berayotgan odamning bukilgan tizzasiga shikastlangan kishi qorni bilan yotqiziladi. Yuqori nafas yo‘llari va me’dadan suv oqib tushishi uchun boshi pastga osiltirib qo‘yiladi va bo‘sh qo‘l bilan shikastlanuvchining orqasiga bosiladi. Suvni chiqarib yuborgandan keyin darxol sun’iy nafas oldirishga kirishiladi.
Cho‘kkan odamga (qay ahvolda bo‘lmasin) oyoq-qo‘llarini ishqalash, massaj qilish va isitish choralari ko‘rilishi lozim.
Sun’iy nafas. Sun’iy nafas - sun’iy yo‘l bilan o‘pkaga havo kiritish va chiqarish. Sun’iy nafasni boshlashdan oldin shikastlangan kishining og‘zi va burni so‘lak, shilliq qusuq qoldig‘i, qum, balchiq va tuproqdan tozalanadi (ko‘rsatkich barmoqni tomoqqa va burniga kiritib). Jag‘lar bir-biriga qattiq qisilib qolgan bo‘lsa, nafas oldirish og‘izdan-burniga qilinadi. Havo burun orqali o‘tmasa, og‘iz tezda ochilishi kerak. Og‘iz ochuvchi asbob bo‘lmasa, og‘izni har qanday yupqa metallda ochish va uni ochiq holda biror-bir buyum bilan ushlab turish mumkin.
Shikastlangan odamning qisib turgan kiyimlari bo‘shatib qo‘yiladi. Sun’iy nafas berish vaqtida yurakni massaj qilish kerakligi tufayli shikastlangan kishi yoki bemorni birorta qattiq va tekis yuzaga: er, pol, qattiq skameyka yoki taxtaga yotqizilishi kerak. Shikastlangan kishining kuragi tagiga yostiq, birorta material yoki kiyimni dumaloq qilib qo‘yiladi.
Sun’iy nafasni «og‘izdan-og‘izga» nafas berish usuli bilan amalga oshirishda yordam berayotgan kishi bemorning bosh tomonida turib, uning boshini orqaga engashtiradi oyog‘ini maksimal ko‘tarib, og‘zini ochadi. Shikastlangan kishining jag‘lari bir-birlariga yopishib qolgan bo‘lsa, ikkala ko‘rsatkich barmoq bilan yuqori jag‘ga bosgan holda pastgi jag‘ni oldinga siljitadi va shu holatda ushlab turib, barmoqlar bilan iyakka bosib, pastka tortib borilsa, shikastlangan kishini og‘zi ochiladi. Bir qo‘l bilan bemorning boshini orqaga engashtirib ushlab, ko‘rsatkich va bosh barmoq bilan uning burnining ikkala katagini qisadi. Chuqur nafas olib og‘zini bemor og‘ziga (dastro‘mol yopib) qo‘yib qattiq nafas chiqaradi, ya’ni bemor o‘pkasiga puflab havo yuboradi. Sun’iy nafas naf berayotgan bo‘lsa nafas berilgan paytda ko‘krak qafasining kengayishi yaxshi ko‘rinib turadi. Yurak faoliyati saqlanib turgan mahalda berib boriladigan sun’iy nafas tezligi minutiga 20-25 martagacha etkaziladi. Sun’iy nafas berish bilan bir vaqtda yurak ustidan massaj ham qilinayotgan bo‘lsa – zo‘r bilan nafas berib turishni minutiga 10-15 marta tezlik bilan bir maromda takrorlab borish, ya’ni ko‘krak qafasi 4-5 marta qisilganida bir marta nafas berib borish kerak bo‘ladi.
Og‘izni burunga qilib nafas berish metodi ham shunga o‘xshaydi, bunda bemorning og‘zi yoki kafti bilan berkitiladi yoki pastki labi ustki labiga barmoq bilan bosib turiladi va chuqur nafas olib bemorning burniga (dastro‘mol yopib) og‘zini qo‘yib havo puflanadi. Bemor nafas chiqarganda o‘pka etarli puchqaymasa og‘zini ochish kerak. Sun’iy nafas oldirish jarayonida vaqti-vaqti bilan nafas yo‘llaridan suyuqlik va ko‘piklar tortilib turiladi. Bu jarayon bemor mustaqil nafas ola boshlaguncha davom ettiriladi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling