Mashg’ulotlar uchun


Download 0.61 Mb.
bet84/104
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1059386
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   104
Bog'liq
TIBBIY BILIM ASOSLARI

Kuyishlar.
Kuyishlar: termik, kimyoviy, nurli. Sabablari, belgilari.

Kuyish deb, yuqori temperatura, kimyoviy moddalar, ionlashtiruvchi radiatsiya yoki elektr toki ta’siri natijasida to‘qimalarning shikastlanishiga aytiladi. Shikastlovchi omilning tabiatiga qarab, termik, kimyoviy, nur va elektrdan kuyish tafovut qilinadi.


Kuyishning sabablari:
Yuqori haroratning ta’siri (olov, issiq suyuqliklar, qizigan narsalar, yonib turgan gaz, neftg‘, bug‘, fosfor va boshqalar).
Kimyoviy moddalar ta’siri (ishqorlar, kislotalar).
Nurdan kuyish (radioaktiv moddalar ta’sirida).
Quyoshdan kuyish va elektrdan kuyish.
Kuyish darajalari yumshoq to‘qimalar qanchalik jarohatlanishiga qarab, kuyishning quyidagi to‘rtta darajasi farqlanadi.
I - darajali kuyishda badan terisi qizarib, shishib chiqadi, o‘sha joyning harorati ko‘tariladi. Bu hodisa 2-3 kun davom etadi, keyin o‘tib ketadi.
II-darajali kuyishda terining qizarib va shishib turishi bilan birgalikda bir necha soatdan keyin katta-kichikligi va shakli har xil bo‘ladigan, tiniq sarg‘ish suyuqlik bilan to‘lib turgan qavariqlar paydo bo‘ladi. Ularning ichidagi suyuqlik quyuq tortib, keyinchalik jelesimon bo‘lib qoladi. Bu suyuqlik asta sekin so‘rilib ketishi, qavariq devori yorilishi natijasida oqib tushishi mumkin. Kuygan joy epiteliy bilan qoplanadi. 2 xaftadan keyin odam sog‘ayib ketadi. II-darajali kuyishda chandiq qolmaydi, kuygan joy ancha vaqtgacha dog‘ bo‘lib, qizarib turishi mumkin.
III-darajali kuyish A va B guruhlarga bo‘linadi:
A) bu darajada kuyishda terining ustki qatlamlari jarohatlanadi, pastki qatlamda joylashgan ter, yog‘, soch piyozchalari kuymaydi. Jarohat 3-4 xaftada bitib, o‘rnida noziq chandiqlar qoldiradi.
B) darajali kuyishda terining chuqur qatlamlari jarohatlanadi. To‘qimalardagi oqsillarning ivib qolishi natijasida teri po‘stloq hosil qilib nekrozlanadi (o‘ladi), keyin bu joylar (to‘qimalar) chandiqlar hosil qilib bitadi. Agar chandiqlar qo‘l va oyoqlarda bo‘lsa, bo‘g‘imlar harakatsiz bo‘lib qoladi, shuning uchun plastik operatsiyalar qilinadi. Jarohatning bitishi 4 va undan ko‘p xafta vaqtni oladi.
IV-darajali kuyish eng og‘iri hisoblanadi. Bu darajada teri va teri ostidagi muskullar, ba’zan suyaklar kuyib ko‘mirga aylanadi. Barcha xildagi kuyish qattiq og‘riq bilan kechadi: ko‘p joy kuyganda shok paydo bo‘lishi mumkin. Kuyishning og‘ir-engilligi yoki xavfi faqat kuyish darajasiga bog‘liq bo‘lmasdan, balki kuygan sathning katta-kichikligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Shoshilinch yordam ko‘rsatishda badanning qancha joyi kuyganini aniqlash uchun "kaft" va "to‘qqizliklar" qoidalari qo‘llaniladi. Shikastlangan joy qiyosan katta bo‘lmasa, "kaft" qoidasidan foydalangan ma’qul. Qo‘l panjasi kaftning sirti umumiy teri yuzasining taxminan 1%ini tashkil etadi. Badanning katta-katta joylari kuyib qolgan bo‘lsa, "to‘qqizliklar" qoidasiga muvofiq o‘lchash usulidan foydalanish lozim. Aniqlash uchun hisob qilish yo‘li quyidagicha bosh va bo‘yin yuzasi gavda umumiy maydonning 9% ni, qo‘llarning har biri 9% ni, oraliq va jinsiy organlar 1% ni tashkil etadi.
Kuyishning quyidagi bosqichlari farqlanadi:
1. Kuyish shoki.
2. O‘tkir kuyish toksemiyasi (zaharlanadi).
Z. O‘tkir septikotoksemiya.
4. Rekonvalestsentsiya.
Kuyish shoki - kuyishning birinchi bosqichi hisoblanib, unda kuygan tananing 10-15% dan kam bo‘lmagan sathini tashkil etadi.
Ba’zi hollarda, bolalarda va 60 yoshdan oshgan kishilarda, kuyish natijasida shok holati terining kamroq maydoni shikastlanganda ham kuzatiladi.
Kuyishdan hosil bo‘lgan shok holati, travmatik shok holatidan boshqacha bo‘lib, ular bir-biridan farq kiladi. Kuyish bilan bo‘lgan shok holati o‘zining erektil fazasining davomli bo‘lishi bilan ajralib turadi. U 3-4 soat davomida bo‘lib, ruhiy o‘zgarishlar, bemorning bezovtalanishi bilan kechadi, arterial qon bosimi oshadi, puls va nafas olish tezlashadi. So‘ng erektil faza torpid fazasiga o‘tadi. Bu fazada bemor bo‘shashadi, apatik holatda bo‘lib, arterial bosim pasayadi, kapillyarlar o‘tkazuvchanligi oshadi, plazmaning atrofidagi to‘qimalarga chiqishi kuzatiladi kuygan teri yuzasiga chiqadi. Plazmaning ko‘p miqdorda yo‘qolishi, kuyganda yuzaga keladigan shok holatining ikkinchi farqini ko‘rsatadi. qon quyilib qolishi natijasida arteriyaal qon bosimi kamayadi, nekroz holatidagi o‘zgarish natijasida tana zaharlanib, organlar, asosan buyrak faoliyati buziladi, soat sayin o‘lchanadigan diurez kamayadi, og‘ir hollarda siydik kelmasligi - anuriya xolati yuzaga keladi. Yuqorida ko‘rsatilgandan tashqari, buyrak etishmovchiligining asosiy sababi shundaki, eritrotsitlarning parchalanishi natijasida hosil bo‘ladigan gemoglabin pigmentlar ta’sirida buyrak kanalchalari shikastlanadi.
Bunda buyrak bo‘lmalari to‘xtab qolishidan tashqari buyrak arteriyalari torayadi. Kuyishda sodir bo‘ladigan shok holatining uchinchi farq belgisi buyrakning o‘tkir etishmovchiligi.
Kuyishda bo‘ladigan shok holati 24-72 soatgacha davom etadi.
O‘tkir kuyish toksemiyasi bu kuyishning ikkinchi bosqichi hisoblanib, u 2-3 sutkadan 14-15 sutkagacha davom etadi. Kuyishda qonda zaharli moddalar bir necha soatdan so‘ng paydo bo‘ladi. Lekin sodir bo‘lgan shokda zaharlanish holati kamdir. qon aylanishining yaxshilanishi qon tomirining o‘tkazuvchanligi, ortiqcha suyuqlikning qaytib kelishini kuchaytiradi, shu bilan birga to‘qimalarda bo‘lgan zaharli moddalar chiqib ketadi. Shu narsa isbotlanganki, issiqlik ta’siri ostida maxsus toksin paydo bo‘ladi, bu kuyish natijasida sodir bo‘ladigan zaharlanishni keltirib chiqaradi. Zaharlanish spetsifik kuyish toksinidan tashqari, oqsil moddalarning o‘zgarishi va bakterial toksinlar ta’sirida sodir bo‘ladi. Klinikada bu holat yuqori harorat bilan kechadi, tomir urishi, nafas olish tezlashadi, qon kamayadi, oqsillar almashinuvi buziladi.
Septikotoksemiya davri taxminan kuygandan so‘ng 10-15 kun o‘tgach boshlanadi va infektsiya rivojlanishi bilan ta’riflanadi. Kuygan kishiga infektsiya qo‘zg‘atuvchilari bir soat davomida kiradi. Mikroorganizmlar ko‘payishi natijasida ular to‘qimalardan va o‘pkadan qon tomir yo‘llariga tushishi mumkin bu dastlabki bakteriemiya holatidir. Kuygan kishilarda bakteriemiya holatini keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar - stafilokokk, ko‘k yiringli, ichak tayokchasi va proteylar hisoblanadi. Kuygan bemorlardan ajratilgan mikrofloralar odatda keng ishlatiladigan antibiotiklarga chidamli bo‘ladi. Shu sabablarga ko‘ra infektsiya asoratlarining oldini olish va uni davolash qiyin bo‘lib, u ko‘pincha o‘limga sabab bo‘ladi.
Nurdan (radiatsiyadan) kuyish. To‘qimalarning ionlashtiruvchi nurlardan shikastlanishi nurdan kuyishga olib keladi. Nur energiyasi molekulalar o‘rtasidagi bog‘lanishlar, almashinuv protsesslarining buzilishiga sabab bo‘ladi. Shuning oqibatida kapillyarlar parezga uchrab, ularda qon oqishi to‘xtab qoladi. Terida sezilarli o‘zgarishlar yuzaga keladi: o‘suvchi qavat xujayralari bo‘rtib, yog‘ va ter bezlari emirilib ketadi. Nur energiyasi juda ko‘p bo‘lsa, chuqurdagi to‘qimalar shikastlanib, yallig‘lanish hodisalari bo‘lmasdan turib quruq nekrozlar boshlanadi. Nurdan kuyishda: 1) birlamchi reaktsiya, 2) yashirin davr, 3)qizarish va shish davri, 4) ekssudatsiya davri, 5) eroziyalar, yaralar va nekrozlar paydo bo‘lish davri tafovut qilinadi va og‘rib turadi. Umumiy reaktsiyada odamning darmoni qurib, lanj bo‘lishi, bosh og‘rishi, ko‘ngil aynashi, qayt qilish, tomirning tez-tez urishi (taxikardiya), arterial gipotoniya bilan ifodalanadi. Simptomsiz o‘tadigan davri bir necha soatdan to bir necha oygacha davom etadi. Muddati nur dozasiga bog‘liq bo‘ladi. Undan keyingi uchchala davrda epidermisning yuza qatlamlari zichlashib qoladi. Teri marmar ko‘rinishiga kirib, teri ostidagi kletchatkasi shishib, qattiq bo‘lib qoladi, bir-biri bilan qo‘shilib ketadigan qaxrabodek sariq suyuqlik bilan to‘lgan qavarchiqlar paydo bo‘ladi.
Bu qavarchiqlar yorilgandan keyin o‘rni yara bo‘lib, qip-qizarib turadi, yaraning tubi ba’zan quruq va kulrang bo‘ladi. Regeneratsiya kech, bir necha xaftadan keyin boshlanadi.
Kimyoviy moddalardan kuyish. Kimyoviy kuyish hodisalari to‘qimalarga kislotalar, ishqorlar, og‘ir metallarning tuzlari, fosfor ta’sir qilganida to‘q pardalarning shikastlanishi termik kuyish manzarasiga o‘xshaydi. Yuqoridagi moddalar ichib qo‘yilganda hammadan og‘ir ba’zan o‘limga olib keladigan shikastlar kuzatilib, og‘iz, qizilo‘ngach, me’da shilliq pardasi emirilib ketadi. Tibbiyot amaliyotida odamlarning kuyib qolish hodisalari yod nastoykasi, lyapis (kumush nitrat), karbol kislotasi kabi preparatlardan tartibsiz yoki noto‘g‘ri foydalanishdan ro‘y beradi.
Kimyoviy kuyish hodisalari oqsillarning koagulyatsiyaga uchrashi, hamda yo‘qolishi bilan birga davom etadi. Odam ishqorlardan kuyganda to‘qimalarining bir muncha kuyib o‘tishi natijasida oq rangli qoraqo‘tir yuzaga keladi.
Elektr tokidan kuyishlar. Elektr tokining organizmga umumiy ta’siri, birinchi yordam ko‘rsatish reanimatsiya va intensiv bo‘limida ko‘rsataladi.
Elektr tokidan kuyishlar tok manbaiga tegib ketishidan ro‘y beradi, ular odatda termik kuyishdan batamom farq qiladi. Elektr kuyishlar toki bo‘lgan agentning yuzasiga qarab nuqtasimon yoki kattaroq bo‘lishi mumkin. Dastlabki soatlarda bu kichik nuqta oqishroq yoki pushti rang dog‘ga o‘xshaydi. Keyinchalik esa shu erda qattiq qavat paydo bo‘ladi. Elektr tokidan kuyishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri faqatgina terining emas, balki tevarak atrofdagi to‘qimalarning destruktsiyasi tufayli chuqur zararlanishi hisoblanadi. Bunda muskullar va suyaklar destruktsiyasi kuzatiladi. Jarohat butun organizmning zararlanishi, intoksikatsiyasi bilan birgalikda kechadi, to‘qimalarning destruktsiyasi tufayli yiringli asoratlarni keltirib chiqaradi. Elektr tokidan kuyishlar bilan chuqur termik kuyishlar mahalliy davolash bir-biridan jiddiy farq qiladi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling