Mashg’ulotlar uchun


Download 0.61 Mb.
bet87/104
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1059386
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   104
Bog'liq
TIBBIY BILIM ASOSLARI

Tez yordam ko‘rsatish. Sovuq urgan bemorlarga birinchi yordam reaktiv davrgacha o‘z-o‘ziga va o‘zaro yordam sifatida ko‘rsatiladi. Birinchi yordam ko‘rsatish quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
1. Dala sharoitida:
a) muzlagan oyoq kiyimi, paypoq va qo‘lqoplarni echish;
b) tananing sovuq urgan qismini issiq qo‘l bilan isitish ularni jun mato bilan ishqalash;
v) imkoni boricha issiq ichimlik va bir oz alkogol berish;
g) issiq saqlovchi bog‘lam kompress qo‘yish;
d) bemorni issiq o‘rab shifoxonaga jo‘natish;
2. Uy sharoitida:
a) issiq xonaga olib kirish;
b) muzlagan oyoq kiyimi, qo‘lqoplarni echish;
v) bemorning oyoq yoki qo‘lini harorati 17-180 bo‘lgan suvli vannaga solish va asta-sekin 1 soat davomida suvning haroratini 36-400gacha etkazish hamda periferiyadan markazga qarab massaj qilish. Teri isib, rangi o‘ziga kelguncha davom ettiriladi;
g) shikastlangan joylar spirt bilan artib, qalin paxta qavati bilan o‘ralgan quruq aseptik bog‘lam bilan tez bog‘lab qo‘yish;
d) issiq ichimlik berish va issiq o‘ringa yotqizish;
j) vanna qabul qilish, grelkalar bilan isitish;
e) sovuq urgan joyiga yog‘ va mazlar surtish kerak emas, chunki bunda birlamchi jarrohlik ishlov berish ancha qiyin bo‘lib qoladi;
yo) tibbiyot muassasasiga tezroq olib borish.


Elektr tоkidan jarоhatlanish.

Elektr tokining odam organizmidan o‘tishi yurak faoliyati va nafas olishining to‘xtab qolishiga sabab bo‘ladi. Hayot uchun eng xavfli tok kuchi 100 milliamper va undan ortiq tok hisoblanadi. Bunday tok organizmda 110 V kuchlanishida paydo bo‘ladi. Tok kuchlanishi yuqorilashib borgan sari, uning xavfligi ham ortib boradi. Tok qanchalik uzoq ta’sir etsa, shunchalik kuchli shikastlaydi.


Tok urishi sanoatda, qishloq xo‘jaligida, transportda va turmushda kuzatiladi. Kishi atmosfera elektri, ya’ni yashindan ham shikastlanishi mumkin.
Organizm tok ta’siridan mahalliy yoki umumiy shikastlanadi. Mahalliy shikastlanishda bir oz og‘riq sezilishi, hatto tok urgan kishining biror joyi qattiq kuyishi mumkin. Umumiy shikastlanishda markaziy nerv sistemasi, nafas organlari faoliyati, qon aylanishi buziladi. Tok urganda kishi hushidan ketishi, nutqi buzilishi (hatto to‘xtab qolishi), og‘ir hollarda esa shok yuz berishi mumkin. Tok kuchli urganda kishi darhol nobud bo‘ladi. Elektr tokidan kuygan terining sim tekkan joyi berch bo‘lib, bilinib turadi. Yashin urganda esa terida qizil yo‘l qoladi). Tok urganda kiyim-bosh yongan bo‘lsa, terida oddiy kuyish alomati kuzatiladi.
Sog‘lom odamning elektr jarohatlanishi vaqtida klinik o‘lim davri 8-10 minut davom etadi. Muolajalari tez o‘tkazilsa, yurak faoliyati va nafas olishni tiklash, ya’ni bemorni hayotga qaytarish mumkin.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling