Mashg’ulotlar uchun


Tez yordam uchun ishlatiladigan vositalar


Download 0.61 Mb.
bet85/104
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1059386
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   104
Bog'liq
TIBBIY BILIM ASOSLARI

Tez yordam uchun ishlatiladigan vositalar.
1. Shikastlangan odam olov bor joydan olib chiqilib, yonib turgan kiyimi echib tashlanadi. Badaniga yopishib qolgan kiyimlar qaychi bilan extiyot bo‘lib qirqiladi. Umuman kuygan bemorga yordam berishda og‘riqni kuchaytirib yubormaslik uchun juda ehtiyotkorlik bilan ish tutish kerak.
2. Mahalliy choralar odatda kuygan sohaga quruq aseptik bog‘lam qo‘yiladi. Oyoq-qo‘lning ko‘p joyi kuyganda transport shinasi qo‘yish shart. Badan sathining ko‘p joyi kuyganda bemor sterillangan choyshabga o‘raladi. Kislota va ishqor bilan kuyganda teriga tushgan kimyoviy moddalarni tezda sovuq suv bilan yaxshilab yuvish kerak. Shundan keyin kislotalar ta’siri ishqorlar bilan (2 protsentli soda eritmasi, sovunli suv, bur poroshogi, qizdirilgan magneziya sepmasi) ishqorlar ta’siri esa kislotalar (1-2 protsentli sirka va limon kislota) bilan neytrallanadi. Qizilo‘ngach va me’da kimyoviy moddalardan kuyganda birinchi soatlarda me’da ehtiyotlik bilan ko‘p miqdordagi suv bilan yuviladi. Kuygan bemorga sut yoki paxta yog‘i ichirish kerak.
3. Kuygan bemorga og‘riq qoldiradigan dorilar (1 ml li morfin eritmasi, 2 ml li pantalon eritmasi) in’ektsiya qilinadi. Bemorni issiq ko‘rpaga o‘rab qo‘yish, badanini isitish, qaynoq choy ichirish kerak. So‘ng kasalxonaga jo‘natiladi.
Kuygan bemorlarni umumiy va mahalliy davolanadi.
Umumiy choralar bemorning ahvoliga qarab shokka, zaharlanishga, suvsizlanishga, sepsisga va kamqonlikka qarshi kurashishdan iborat. Bemor ko‘p miqdorda issiq shirin choy, har xil sharbatlardan (bir sutkada 4-5 litrgacha) ichishi lozim. Suyuqlik teri ostiga, muskullar orasiga yoki klizma holida yuboriladi. Bemor yuqori kaloriyali, oqsil va vitaminga boy ovqat eyishi katta ahamiyatga ega.
Mahalliy choralar. Kuygan joyga mahalliy davolash o‘sha joyni birlamchi obrabotka umumiy narkoz yoki novokain bilan qilinadi. Kuygan joyga ishlov berishda o‘sha joy atrofidagi shikastlangan terini benzin, efirga ho‘llangan doka sharchalar tozalanadi, keyin spirt bilan ishlov beriladi. Kuygan joy natriy xloridning steril izotopik eritmasi bilan yuviladi. Epidermis qoldiklari, pufakchalar parchalari olib tashlanadi. Keyin natriy xloridning izotonik eritmasi bilan yuviladi, teri steril salfetkalar bilan quritilib olinadi. Badanning kuygan joyi ochiq va yopiq usul bilan davolanadi. Odamning juda ko‘p qismi, yuzi oralig‘i kuygan bo‘lsa va joyga birlamchi ishlov berilsa, kichik yoshdagi bolalarni davolashda ochiq usul afzalroq hisoblanadi. Bunda kuygan joyga birlamchi ishlov belgilangandan keyin bemor steril choyshabga yotkiziladi. Karkasga o‘rnatilgan elektr lampochkalar shikastlangan odam tanasini isitadi - bu tezroq qoraqo‘tir paydo bo‘lishiga olib keladi. Terining ba’zi qatlamlari 10 %li kumush nitrat eritmasi yordamida koagulyatsiyalash usulidan ham foydalanish mumkin.
Davolashning yopiq usuli ko‘proq ko‘llanadi. Birlamchi ishlovdan keyin kuygan joyga vazelin, Vishnevskiy mazi, penitsillin mazi, oblepixa yog‘i suriladi.
Badan III-IV darajali kuygan bo‘lsa, davolashning operativ metodlari qo‘llanadi. Operatsiya ikki bosqichdan: terini olib tashlash va jarohat yuzasini teri transplantlari bilan qoplashdan iborat. Teri donorlar yoki hayvonlardan olinadi. Bunday operatsiyalar ayniqsa qo‘l va oyoqdarda ko‘p qo‘llaniladi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling