Mashina detallari fanining o‘rni va ahamiyati, o‘rganiladigan muammolari
Mashina detallarini mexanik xususiyatlarini oshirish usullari
Download 211.28 Kb.
|
маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuzani toblash
12.2. Mashina detallarini mexanik xususiyatlarini oshirish usullari
Termik ishlov berish jarayonibu detalni ma’lum issiqlikgacha qizdirib, shu issiqliqda ushlab turish va belgilangan tezlikda sovutishdan iborat. Termik ishlov berib, joiz kuchlanishni oshirish, detallar va mexanizmlarning og‘irligani kamaytirish, ularning ishonchliligini va uzoq muddat ishlashini ta’minlash mumkin. Sirtqi qatlamlarining qattiqligini, chidamlilik chegarasini va ishqalanib eyilishga qarshiligini oshirish maqsadida mashina detallarining sirti puxtalanadi. Sirtki puxtalashning uchta usuli mavjud: yuzani toblash, kimyoviy—termik ishlov berish va plastik deformatsiyalab puxtalash. Yuzani toblash— detallar (tishli g‘ildiraklar, vallarning buyinlari, metall kesish stanoklarining yunaltiruvchilari)ning qattiqligi, eyilishga chidamliligi hamda chidamlilik chegarasini oshirish uchun qo’llanadi. Bunda po’lat uzagining qattiqligi oshmaydi, natijada undan yasalgan buyum zarbiy kuchlarga yaxshi bardosh beradi. Yuzani toblashning induksion, gaz alangasida, elekgrolitda qizdirib toblash usullaridan foydalaniladi. Ayniqsa, yuqori chastotali tok (YUCHT) bilan induksion usulda qizdirib yuzani toblash keng tarqalgan. YUCHT bilan toblashda toblangan qatlamning qalinligi 2 mm ga etadi. Yuzani toblashda elektr kontakt usuli bilan qizdirish kamdan—kam qullaniladi. Kimyoviy-termik ishlov berish — bu usul po’lat materiallarning sirtqi qatlamining tarkibi, xossalarini o’zgartirish maqsadida unga bir yo’la ham kimyoviy, ham termik ta’sir o’tkazishdan iborat. Kimyoviy-termik ishlov berishning uglerod bilan tuyshggarish, azot bilan tuyintirish, uglerod hamda azot bilan tuyintirish va diffuzion metallash kabi usullari mavud. Uglerod bilan tuyintirish — bu usul yuzani uglerod bilan diffuzion tuyintirish jarayonidir. Toblangan detal sirtining qattiqligi 58—60 NRS gacha bo’lib, uning o’zagining qattiqligi o’zgarmaydi. Kam uglerodlangan 10, 15, 20 markali hamda kam uglerodli legirlangan materiallardan tayyorlangan detallarni uglerod bilan tuyintirish tavsiya etiladi. Azotlash— bu po’latning sirtqi qatlamini diffuzion yul bilan azotga tuytirishdir. U sirtning qattiqligini, eyilishga chddamliligini, havoda, suvli, bug‘li va hokazo muhitlarda korroziyalanishga qarshiligini oshiradi. Bu usul bilan legirlangan po’lat materiallardan tayyorlangan detallarni azotlash yaxshi samara beradi. Sirtning qattiqligi 1100 NU ga etadi. Lekin azotlash jaraeni uglerod bilan tuyintirish jaraeniga nisbatan uzoq davom etadi. Download 211.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling