Mashina detallari fanining o‘rni va ahamiyati, o‘rganiladigan muammolari
Download 211.28 Kb.
|
маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rangli metallar .
Diffuzion metallash- po’latni sirtqi qatlamini alyuminiy, xrom, kremniy bilan tuyintirishdir. Alyuminiy bilan metallashda detallarning otashbardoshligi ortadi. Bunday detallarni 12000 Stemperaturada ham ishlatish mumkin. Kremniylash esa otashbardoshlikni 8000 S-8500 S gacha oshirib ishqalanib eyilishga chidamliligini, ba’zi kislotalarda korroziyabardoshlikni oshiradi. Xromlash kattiklikni 1600HV dan1800 HV oshiradi, korroziyabardoshlikni kuchaytiradi. Diffuzion metallashda metallar temir bilan urin almashinuvchi kattik aralashmalar xosil kiladi. Diffuzion metallashdan foydalanish texnik jixatdan samarali, iqtisodiy jihatdan foydalidir. Uglerodli po’latlardan yasalgan va sirti xrom, alyuminiy, kremniy bilan tuyintirilgan detallar otashbardosh bo’ladilar. Bu esa ularni qimmatbaxo legirlangan otashbardosh po’latlardan tayyorlanadigan detallarni arzon po’latlardan tayerlash imkonini beradi.
Rangli metallar. Mis, alyuminiy, magniy, ko’rgoshin, titan, kalay, nikel rangli metallardan hisoblanib mashina detallarini tayyorlashda ularning kotishmalaridan foydalanishadi. Bronza- misning alyuminiy, ko’rgoshin, nikel kabi metallar blan qotishmasidir. Ular tarkibiga ko’ra, kalayli va kalaysiz bronzalarga bo’linadilar. Bronzalar yaxshi kuymakorlik xususiyatlariga ega bo’lib, ularga bosim ostida va kesib yaxshi ishlov berish mumkin. Ko’pgina bronzalar korroziyabardoshligining yaxshiligi bilan ajralib turadilar. Bundan tashkari, ular antifriksion qotishma sifati sirpanish podshipniklarini tayyorlashda keng ishlatiladi. Alyuminiy- eng engil konstruksion material bo’lib, sho’r suvlarda, atmosferada korroziyaga chidamligigi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Elastikligi va elektr o’tkazuvchanligi yuqori bo’lganligidan alyuminiy elektrotexnika sanoatida elektr kabellarini ishlab chiqarishda, samolyotsozlikda, kuvurlar, oziq-ovqat sanoatida- fol’ga qogozlarini ishlab chiqarishda va boshqa joylarda keng qo’llaniladi. Alyuminiy toza holda juda kam ishlatiladi. Bu metall magniy, mis, rux va boshqa metallar bilan hosil qilgan qotishmalarining mustahkamligi etarli darajada yuqori, zichligi kichik, texnologik xossalari yaxshi bo’lganligi uchun , asosan detallar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Download 211.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling