Mashina detallari fanining o‘rni va ahamiyati, o‘rganiladigan muammolari


Download 211.28 Kb.
bet4/10
Sana16.06.2023
Hajmi211.28 Kb.
#1515102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
маъруза

Oddiy sifatli po’latlarmuhim bo’lmagan qurilish konstruksiyalarini, mahkamlash detallarini, parchin mixlar, relslar, vallar, kulachoklar va hokazolarni tayyorlashda ishlatiladi.
Oddiy sifatli konstruksion uglerodli po’latlar GOST 380— 71 ga muvofiq ishlab chiqarilib A, B, V gruppalarga bo’linadi. Korxonalarga A gruppadaga po’latlar mexanik xarakteristikasi bo’yicha, B gruppalilar kimyoviy tarkibi bo’yicha, V gruppadagilari esa ham kimyoviy tarkibi, ham mexanik xossalari bo’yicha etkazib beriladi.
Sifatli konstruksion uglerodli po’lat,kimyoviy tarkibi va mexanik tarkibiga ko’ra etkazib beriladi. Bu po’latlarda oltingugurtning miqdori 0,04% gacha, fosfor esa 0,35% gacha bo’lishiga ruxsat etiladi. Bundan tashqari po’latda 0,25% nikel, 0,35% gacha xrom bo’ladi.
GOST1050-74 ga asosan sifatli po’latlarning quyidagi markalari belgilangan: 25, 30,35, 40, 45, 50, 55, 60, 65, 70, 75, 80, 85, 60G, 65G, 70G. Po’lat markasidagi ikkita raqam uglerodning foiz miqdorining yuzga bo’lib olingan urtacha qiymatani, G harfi esa marganets miqdori 0,9% ... 1,2% gacha ekanligini (normal po’latda marganets 0,35 ... 0,80% buladi) bildiradi.
Sifatli konstruksion pulat materiallar texnikada kup ishlatiladi. U oddiy pulatdan mustahkamligi kattaligi, hamda zarbiy kuchlarga chidamliliga bilan farq qiladi.
Po‘latning 25, 30, 35 markalari maxsus ishlovdan so‘ng vallar, shaybalar, o‘qlar, muftalar, bolt va gaykalarni tayyorlash uchun ishlatiladi. Bu po‘lat materiallarning mustahkamligi280 ... 320 MPa ga teng.
Urtacha uglerodli po’latlarga40, 45, 50 markali po‘latlar kiradi. Bunday po‘latlar mustahkamligi yoki sirtining qattiqligi yuqori bo’lgan, shuningdek o‘rtacha yuklangan, lekin ishqalanib eyiladigan detallar tayyorlash uchun mo‘ljallangan. Toblangandan so‘ng uning mustahkamligi 580 ... 600 MPa gacha ortadi. Bunday po‘latlardan tirsakli vallar, vtulkalar, porshen xalqalari yasaladi.

Download 211.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling