Mashinalardan foydalanish asoslari


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/94
Sana15.11.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1775932
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   94
Bog'liq
машина фойда асослар фанидан дарслик

Nazorat savollari: 
1.Tirkamalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash 
2 Avtomobil-sisternalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash. 
3 Avtomobil-samosvallarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash 
4 Avtomobil furgonlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash 
14.QISHLOQ XO‘JALIK TEXNIKALARIGA SERVIS USULIDA 
XIZMAT KO‘RSATISH. 
14.1 Servis usulining mohiyati, xizmat turlari, tarixiy shakllanishdan 
ma’lumotlar 
 
Servis inglizcha «Servise» so‘zidan olingan bo‘lib xizmat ko‘rsatish 
ma’nosini bildiradi. Xizmatlar servis usulida bajarilishi uchun u quyidagi 
xususiyatlarga ega bo‘lishi shart: 
- hammabopligi, 
ya’ni 
xizmatdan 
mijoz 
istalgan 
korxonasida 
foydalanishi imkoniyatiga ega ekanligi; 
- bajarilgan xizmatlar sifati davlat qonunlari asosida kafolatlanishi; 


188 
- xizmat korxonalari orasida mijozlar uchun raqobat paydo bo‘lishi 
munosabati bilan servis madaniyatining oshishi va sifatining yaxshilanishiga 
doimo rag‘bat mavjudligi; 
- almashtirilgan ehtiyot qismlar va materiallarning ishonchli ekanligi; 
- mijozlar xizmatlaridan foydalanishining qulayligi, osonligi bil an o‘ziga 
jalb qila bilishi; 
Umuman, 
avtomobillarga 
servis 
sifatida 
bajariladigan 
xizmatlar 
texnik,tijoriy, mijozlar bilan ishlash kabi qismlardan iboratdir. 
Shu nuqtai nazardan texnik xizmat ko‘rsatish deyilganda mashina, uning 
agregatlari, detallari va qismlari texnik holatini sozlash, rostlash va tiklash-
ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar jamlanmasi ko‘zda tutiladi, chunonchi; 
- mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish, ularni ta’mirlash; 
- mashina agregatlari, detallari, kuzovlari, shinalari, akkumulyatorlarini 
ta’mirlash, ish qobiliyatini tiklash; 
- mashinalarni buyurtmalar asosida diagnostika qilish; 
- mashinalarga yo‘llarda, saqlash joylarida talabga asosan texnik yordam 
ko‘rsatish; 
- mashinalarni qayta jihozlash; 
- mashinalarni davlat texnik qaroviga tayyorlash; 
- mashina kuzovlarini tiklash; 
- mashinalarni vaqtincha va doimiy saqlash; 
Tijoriy xizmat deyilganda esa mashinalar, ehtiyot qismlar, materiallar va 
anjomlar bilan ta’minlash, savdo va reklama qilish va umuman bu sohaning 
biznes sifatidagi faoliyati tushuniladi, aniqrog‘i: 
- mashinalar, ehtiyot qismlar, anjomlar bilan savdo qilish; 
- mashinalarni yonilg‘i-moy materiallari bilan ta’minlash; 
- texnik ekspertiza xulosalari chiqarish; 
Mijozlar bilan ishlash: 
- mijozlar uchun turli maishiy xizmatlar va qulayliklar tashkil etish 
(kafe, bar, choyxona va h.k.); 


189 
- mijozlarni servis axboroti bilan ta’minlash; 
- texnik maslahatlar tashkil etish; 
- ko‘rsatiladigan xizmat turlarini reklama qilish; 
- mijozlar bilan doimiy aloqalar o‘rnatish, ular talablari, fikrlari va 
takliflarini o‘rganib, o‘z faoliyatida hisobga olish va h.k. larni ko‘zda tutadi. 
Servis mashinalarga xizmat ko‘rsatishning birinchi, dastlabki usulidir, 
chunki dunyoda mashinalarni birinchilardan bo‘lib sotib olgan va 
foydalanadiganlar texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uquviga ega 
bo‘lmaganlar. Shu sababli mashinalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘z 
mahsulotlarini xaridorga sotish uchun barcha mashinalar sotiladigan va 
foydalaniladigan joylarda ularga texnik xizmat ko‘rsatuvchi va zarur 
materiallar va ehtiyot qismlar bilan savdo qiluvchi ustaxonalar, ya’ni servis 
korxonalari tashkil etib ishga tushirganlar. 
Keyinroq, (XX asr birinchi choragida) dunyoda (Amerika Qo‘shma 
Shtatlari va Evropada) avtomobillar sonining ko‘payibb borish natijasida 
avtomobillarga 
servis 
usulda 
xizmat 
ko‘rsatuvchi 
mustaqil, ya’ni 
avtomobillar ishlab chiqaruvchilarga qarashli bo‘lmagan, avtoustaxonalar va 
boshqa turli korxonalar ham paydo bo‘la boshlagan.
Jahon avtomobil parkining tezkor sur’atlarda o‘sishi natijasida avtomobil 
servisi tobora rivojlanib avtomobil sanoati va transportining tengdoshi va 
yo‘ldoshi sifatida ularning ommaviy va qudratli tarkibiy qismiga aylanib 
ketdi va usiz hozirgi zamon avtomobillar «hayoti»ni tasavvur qilib 
bo‘lmaydi. Avtoservis dunyo mamlakatlarining shaharlari, qishloqlari, yo‘llar 
bo‘ylari va boshqa ko‘p joylarida o‘rnashgan, keng tarqalgan va uzluksiz 
ishlovchi, turli xil va tipdagi xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tarmoqlari 
chunonchi, 
ombor-tarqatuvchi 
terminallar, 
ta’minlovchi-tiklovchi 
avtomarkazlar, texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari va dilerlari, savdo 
ta’minlash shahobchalari va boshqalarga egadir. 


190 
Avtoservis xizmatidan barcha mamlakatlarda tijoriy va notijoriy 
avtotransport 
korxonalari, 
shaxsiy 
engil, 
yuk 
va 
avtobus 
egalari 
foydalanadilar.
O‘tgan asrning 80-chi yillari o‘rtalarida dunyoda eng katta avtomobil
parkiga ega bo‘lgan (200 mln.) AQSH da jami 329 ming avtomobillarga 
xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar bo‘lib, ularning soni va bajargan o‘ziga xos 
ishlari sanog‘i bo‘yicha quyidagi holatda taqsimlangan (jadval 14.1):
Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra faqat 6% TX ko‘rsatish va ta’mirlash 
ishlarinigina avtotransport korxonalari o‘zlari bajarganlar, qolganlarini (94%) 
maxsus servis korxonalari bajargan.
Dilerlar avtomobilsoz kompaniyalarga qarashli bo‘lgan kichik (2-4 ishchi 
postli) servis korxonalarida faqat o‘z kompaniyalari ishlab chiqargan 
avtomobillar va ehtiyot qismlari bilan savdo qiladilar va ularga TX 
ko‘rsatadilar. 
Turli manbalardan olingan ma’lumotlarga qaraganda 2003…2004 yillarda 
Fransiyada (33 mln. avtomobil) 45 ming, GFR da (40 mln. avtomobil) – 47 
ming, Buyuk Britaniyada (25 mln. avtomobil) –30 ming avtomobillarga 
texnik xizmat ko‘rsatuvchi stansiyalar va ustaxonalar ishlab turgan. 
O‘zbekistonda avtomobil servisining paydo bo‘lishi va uning rivojlanishi 
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy o‘tmishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega. Gap shundaki, avvalo, Vatanimiz mustaqillikka
erishgunga qadar sobiq davlatimizda hukm surgan iqtisodiy tuzumga asosan 
mashinalar ishlab chiqaruvchilar bilan (jumladan avtomobillar ham) ularga 
ishlatish jarayonida servis xizmati ko‘rsatish sohasida amaliy aloqalar XX 
asrning 70 yillariga qadar deyarli bo‘lmagan, so‘ngra esa sust rivojlangan, 
chunki erkin avtomobil bozori bo‘lmagan. 
Ikkinchi tomondan, deyarli barcha avtotransport va boshqa ishlab 
chiqarish vositalari davlatga qarashli bo‘lganligi, iqtisodiyot sub’ektlari 
xo‘jalik-iqtisodiy mustaqillikka ega emasliklari avtomobillarga keng ma’noda 
servis usulida xizmat ko‘rsatishga uzoq vaqt imkon bermadi. 


191 
Avtotransport vositalariga ega bo‘lgan har bir korxona, tashkilot, xo‘jalik 
o‘z avtomobillariga o‘zi texnik xizmat ko‘rsatgan va ba’zi bir ta’mirlash
ishlarini bajargan. 
AQSH dagi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning 
bajargan servis xizmati sanog‘i bo‘yicha taqsimlanishi. 
14.1-jadval
Korxonalar 
Korxonalar soni (ming) 
va %, 
Bajarilgan 
TX 
va 
ta’mirlash 
ishlar
ko‘lami,% 
Avtomobillarga yonilg‘i quyish 
(AYOQ) va TX ko‘rsatish 
stansiyalari
115 
35 
38,3 
Mustaqil 
ta’mirlash 
ustaxonalari 
150 
45,6 
40,3 
Yangi 
engil 
va 
yuk 
avtomobillari 
bilan 
savdo 
qiluvchi va TX ko‘rsatuvchi 
dilerlar 
25 
7,6 
15,4 
Avtokorxonalar, 
garajlar 
va 
ustaxonalar
39 
11,8 

Avtomobillardagi murakkab ta’mirlash ishlari har bir sohaning o‘z 
markaziy ustaxonalarida yoki maxsus ta’mirlash zavodlarida bajarilgan. 
Avtomobillarga 
servis 
usulida 
xizmat 
ko‘rsatuvchi 
korxonalar 
mamlakatning faqat markaziy yirik shaharlarida bo‘lib (Moskva, Sankt-
Peterburg, Kiev, Riga va h.k.), ular asosan chet el diplomatik
vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar, sayohatchilari avtomobillariga servis 
xizmati ko‘rsatishgan. 
Mamlakatda avtoservisning paydo bo‘lishiga asosiy turtki aholi shaxsiy 
avtomobillar parkining o‘sishi sabab bo‘lgan. O‘tgan asrning to 60-nchi 
yillariga qadar mamlakat aholisining avtomobil parki juda kichik (1965 yili 
O‘zbekistonda har bir 1000 kishiga 3 ta avtomobil to‘g‘ri kelgan) va faqat 
oilaga xizmat qiluvchi engil avtomobillardan iborat bo‘lgan. Davlat siyosati, 
hamma sohada bo‘lganidek, avtomobil transportida ham asosan o‘ziga 
qarashli jamoat transportini rivojlantirishga qaratilgan edi. Shaxsiy, fuqarolar 


192 
transporti, qadrlanmas, unga xizmat ko‘rsatish avtomobil egalarining o‘z 
muammolari bo‘lib qolgan edi. 
Faqat 60- yillarning ikkinchi yarmidan boshlab maxsus, aholi 
avtomobillariga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tashkil qilinib, ishga tushirila 
boshlandi. 1968 yilda hukumatning «Fuqarolar transport vositalariga texnik 
xizmat ko‘rsatishni yaxshilash choralari» to‘g‘risidagi qarori bu sohaga 
davlat ahamiyatiga ega masala sifatida yondoshish boshlanganidan darak 
berdi. Aholi avtomobil parki ham ayniqsa, 1970 yillardan boshlab tez 
sur’atlar bilan o‘sa boshladi. O‘sha paytdagi statistik ma’lumotlarga 
qaraganda, aholining avtomobillashgani, ya’ni har bir 1000 kishiga to‘g‘ri 
keladigan avtomobillar soni mamlakatimizda quyidagicha o‘sib borishi 
dinamikasi 14.1-rasmdagi diagrammada keltirilgan:
O‘zbekiston aholisi avtomobil parki 1991 yil boshida 1 mln.ga 
yaqinlashib qolgan va markalariga qarab quyidagicha taqsimlangan edi:
Dastlabki tashkil etilgan avtoservis korxonalari-avtomobillarga texnik 
xizmat ko‘rsatish stansiyalari, avtoustaxonalar, avtomobil prokat (ijaraga 
berish) punktlari, avtosaqlash joylari mahalliy hokimiyatlar-tuman va 
shaharlar ijroiya komitetlari tasarruflarida bo‘lgan, so‘ngra (1969 yildan) 
xukumat qaroriga asosan, O‘zbekiston aholisiga maishiy xizmat ko‘rsatish 
vazirligi tashkil etilib, uning tarkibidagi “O‘zavtotexxizmat” boshqarmasiga 
o‘tkazilgan. 
Mavjud ishlab turgan avtoservis korxonalari qatoriga 1974 yildan 
boshlab firma usulida texnik xizmat ko‘rsatuvchi “AvtoVAZtexxizmat”, 
so‘ngra “KAMAZ avtotexxizmat”, “Avtotexxizmat”, va boshqa avtomobil 
zavodlariga qarashli avtoservis korxonalari qo‘shila boshladi. 
Firma usulida avtoservis xizmati ko‘rsatish o‘sha paytdagi davlatda va 
shu jumladan, O‘zbekiston uchun ham yangilik bo‘lib, bu sohada yangi davr 
boshlanganidan darak berar edi. Endi mamlakat avtomobil zavodlari dunyo 
avtomobilsoz kompaniyalari izidan ketib, o‘z mahsulotlariga o‘zlari xizmat 
ko‘rsatish majburiyatlarini ola boshlashdi. Avtoservis xizmati yangi 


193 
bosqichga ko‘tarildi, uning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadigan, 
xizmat ko‘rsatishning texnik va madaniy saviyasi yaxshilanadigan bo‘ldi. 

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling