Mashinalardan foydalanish asoslari


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/94
Sana15.11.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1775932
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   94
Bog'liq
машина фойда асослар фанидан дарслик

14.2-rasm. O‘zbekiston aholisi engil avtomobil parki ning o‘sishi dinamikasi

 
Avtoservisning O‘zbekistondagi rivojlanish tarixini quyidagi bosqichlarga 
bo‘lish mumkin. 
Birinchi davr (1965…70) yillar, bu davrda avtoservis mustaqil xizmat 
ko‘rsatadigan soha sifatida davlat tomonidan tan olindi, o‘z faoliyatini rasmiy 
ravishda boshladi. 
Ikkinchi davr (1971…81 yillar ). Avtoservis rivojlanishi Respublika 
aholisi avtomobil parkining keskin o‘sib borishi bilan birga kuzatildi. 
Masalan: 1965 yilda mamlakatimizning har bir 1000 aholisi boshiga 3 ta 
shaxsiy avtomobil to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 1972 yili 6 ta, 1978 yili 15 ta, 1981 
yilda 35 ta avtomobil to‘g‘ri keldi. 
Shunga binoan, avtoservis xizmat ko‘rsatish hajmi birinchi davrga nisbatan 
13 barobar oshdi (rubl hisobida), ishchi postlar soni 14 marta k o‘paydi. Bu 


194 
davrda Respublika avtoservisiga butunlay yangi, firma usulida xizmat 
ko‘rsatuvchi “AvtoVAZtexxizmat” va “KAMAZavtotexxizmat”lar kelib 
qo‘shildi. 
Avtoservisning 
moddiy-texnik 
bazasi 
jiddiy 
ravishda 
mustahkamlandi. 
Uchinchi davr (1981…90 yillar) sohaning rivojlanishi, avtoservis 
korxonalari tarmoqlari va tarkibining yanada o‘sishi va ular moddiy-texnika 
bazasining 
yanada 
mustahkamlanishi 
bilan 
belgilanadi. 
Avtoservis 
korxonalari tarmoqlari o‘sishi, eng avvalo, shirkat (kooperativ) usulidagi 
korxonalarning va firma usulida ishlovchi “Matiz”, “MAN” va h.k. servis 
korxonalarining tashkil etilishi va ishga tushirilishi bilan bog‘liqdir. Texnik 
xizmat ko‘rsatish stansiyalari, maxsus avtomarkazlar va avtoustaxonalarning 
umumiy soni faqat “O‘zavtotexxizmat” boshqarmasi tarkibida 1991 yil 
yanvarida 282 korxonani tashkil etdi. Ulardagi ishchi postlarning umumiy 
soni 1152 taga, firma usulida xizmat ko‘rsatuvchi «Avtotexxizmat», 
«AvtoZAZ» va «AvtoGAZ texxizmat»lar 50 ta korxonalaridagi ishchi 
postlari soni 408 taga etdi [3]. 
To‘rtinchi 
davr 
(1991-96 
yillar) 
mamlakatimiz 
avtoservisining 
rivojlanishida turg‘unlik yuz berdi. CHunki eski davlat iqtisodiy tizimining 
o‘zgarishi va uning o‘rniga yangi, bozor iqtisodiy tizimini barpo etilishi o‘ta 
murakkab jarayon bo‘lib, ma’lum o‘tish davrini talab etardi. Bu davr 
mobaynida eski iqtisodiy aloqalar tubdan o‘zgartirilib, yangilari shakllanishi, 
shunga binoan moliya, bank, soliq tizimi, moddiy-texnik ta’minotning 
yaratilishi sababli ishlab chiqarishda, shu jumladan avtoservisda ham ma’lum 
darajada vaqtinchalik qiyinchiliklarga duch kelindi.
Beshinchi davr (1996- hozirga qadar) sohada yana rivojlanish, xizmat 
turlari va hajmining sezilarli o‘sishi, ishlab chiqarish-texnik bazasining yana 
mustahkamlanishi, mamlakatda iqtisodiy islohotlar o‘tkazilishi sababli, 
avtoservis korxonalari tarmoqlari va tarkibining yana kengayishi va o‘sishi, 
kichik va oilaviy biznes shaklida ishlovchi ko‘pdan-ko‘p xususiy avtoservis 
korxonalari, avtoustaxonalar, texnik xizmat ko‘rsatuvchi postlar sonining 


195 
keskin ko‘payishi va, ayniqsa, mamlakatimizda avtomobilsozlik sanoatining 
ishga tushishi (“O‘zDEUAvto” va “SamkochAvto” kompaniyalari) va ular 
tomonidan qayta qurilgan avtomarkazlar va diler stansiyalarining yangicha
ishga tushishi kuzatildi. Sohada avtoservis bozori va unda raqobat paydo 
bo‘ldi, Toshkent shahrida «Toyota», «Mersedes - Bens», «Ford» va boshqa 
dunyoning etakchi avtomobilsoz kompaniyalari avtoservis dilerlari ishga 
tushirildi. Shu narsa ayonki, mamlakatimiz avtoservisi o‘z rivojlanishining 
istiqbolli yo‘lini tanladi va bu yo‘ldan sobit qadam bilan ketmoqda. Uning 
xizmatidan hozirgi paytda 1 mln. dan ortiq avtomobillar muntazam 
foydalanmoqda. Ammo bu xizmatlarning ko‘lami ham, sifati va turlari ham 
avtomobil transportini to‘la qondirganicha yo‘q, sohada bir qancha iqtisodiy- 
tashkiliy, moddiy-texnik, ilmiy-tadqiqiy va boshqa muammolar o‘z echimini 
kutmoqda. 

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling