Mashinalardan foydalanish asoslari
Avtoservis xizmatiga qo‘yiladigan talablar va ularni belgilovchi
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
машина фойда асослар фанидан дарслик
14.3 Avtoservis xizmatiga qo‘yiladigan talablar va ularni belgilovchi
hujjatlar Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga bardoshlik va muvaffaqiyatli kurash olib borishning asosiy shartlaridan biri bozorga qo‘yilgan tovar yoki xizmatning yuqori sifatli bo‘lishi va bunga beriladigan kafolatlardir. Avtoservis xizmati ham bu qoidadan mustasno emas, chunki mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati xizmat ko‘rsatuvchilarning tadbirkorlikdagi muvaffaqiyatlari garovidir. Xizmat ko‘rsatish sohasida, jumladan avtoservis xizmatida ham, sifat ikki qismdan, ya’ni avtomobilda bajarilgan ishlarning sifati va avtomobillar egalari- mijozlarga qilinadigan muomala madaniyati va qulayliklardan iboratdir. Masalan, “O‘zDEUAvto” kompaniyasi avtoservisni quyidagicha ta’riflaydi: “Servis - bu sifat bo‘lib, mijozlar talablarini to‘la qondirishga yo‘naltirilgan turli, mumkin bo‘lgan qulayliklardir” yoki “. eng muhim vazifa mijoz avtomobili eng yaxshi xususiyatlarga ega bo‘lishi uchun nimalar qilmoqni aniqlashdir”. Bu satrlarda avtomobillarda bajariladigan ishlarning sifati qatori ular egalariga ko‘rsatiladigan turli qulayliklar va xizmatlar muhimligi servis nuqtai nazaridan ta’kidlanadi. Shu narsani aytish lozimki, yaqin o‘tmishimizda, bizning servisimiz avtomobillarga xizmat ko‘rsatishda ma’lum bir darajadagi, garchi yuqori bo‘lmasa ham, sifatni ta’minlab kelgan bo‘lsa-da, ular egalari- mijozlar ehtiyojlari butunlay tan olinmagan, ular uchun hatto oddiy qulayliklar yaratilmagan, kerakli ma’lumotlar etarli berilmagan. Hozirgi paytda bu sohadagi ahvol asta-sekin tuzatilib kelinyapti. Ma’lumki, avtomobillarda texnik xizmat ko‘rsatish yoki ta’mirlash miqyosida bajariladigan ishlar texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan texnologik tartibda, texnik talablar va shartlarga rioya qilinib bajarilgan hollardagina sifatli deb tan olinadi. Masalan, avtomobil motori bloki kallagini qotirish alyuminiy qotishmasidan bo‘lgan bloklarda ularning sovuq holida bajarilsa, cho‘yan 203 qotishmasidan tayyorlangan bloklarda issiq holatlarida qotiriladi (bu texnik shart), qotirishni o‘rtadagi shpilkadan boshlab shaxmat usulida tortiladi(bu texnologik talab), tortish kuchi momenti MAN motori uchun 67...72 Nm, Zil - 130 motori uchun 70...90 Nm va Matiz motorlari uchun 73...78 Nm bo‘lishi zarur (bu texnik talab). TXK va ta’mirlash ishlarini bajarayotgan ishchining bu talablardan xabari bormi? Shu talablar darajasida ish bajara oladimi? Bunga sharoit bormi? Nihoyat, buni kim nazorat qiladi? Kim unga kafolat beradi? Shunga o‘xshash savollar juda ko‘p, undan tashqari ma’lum darajadagi mehnat unumdorligini ta’minlash talab etiladi. Shuning uchun ham yuqorida keltirilgan talablarga rioya qilish va bir vaqtning o‘zida bajarilayotgan ishlarning yuqori unumdorligini ta’minlash murakkab masala hisoblanib, ko‘pdan-ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lganligi sababli sifat muammosini echish oson bo‘lmaydi. Har qanday ko‘rsatiladigan xizmat sifatiga mijozlar qo‘yadigan talablar davlat qonunlarida va hukumat qarorlarida aks ettiriladi va shu holatdagina ularning bajarilishiga huquqiy asos yaratiladi. O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilar huquqini himoya qilish to‘g‘risida» gi (1996 yil, may oyida qabul qilingan), «Ayrim tadbirkorlik faoliyatlarini litsenziyalashtirish to‘g‘risida» gi (2000 y, may) qonunlari va hukumatning «Tovarlar va xizmatlarni sertifikatsiya qilish» to‘g‘risidagi qarori shular jumlasidandir. Bu qonunlarning birinchisida tovar ishlab chiqaruvchi yoki savdo qiluvchilar, tadbirkorlik asosida turli xizmat ko‘rsatuvchilar bilan iste’molchilar, mijozlarning o‘zaro haq-huquqlari, vazifalari, javobgarliklari umumiy tarzda belgilab berilgan. Ikkinchi qonunda esa litsenziyalashtirilgan faoliyatga, jumladan, avtoservis xizmati ko‘rsatishga ham, litsenziya (huquq) olish qoidalari, talablari va shartlari keltirilgan. Litsenziya mahalliy hokimiyatlarning litsenziya organlari tomonidan yuridik yoki jismoniy shaxslarga ma’lum muddatga (5 yilgacha va undan ortiq) beriladi. Litsenziyalashtirishning maqsadi avtoservis korxonalari faoliyatlarini tartibga solish, xizmat ko‘rsatish bozorining normal ishlashini ta’minlash, 204 monopoliyaga qarshi qonun talablarini amalga oshirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va avtomobil transportini ishlatishda ekologik me’yorlarga rioya qilishdan iborat. Avtoservisda litsenziya faqat Davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan, ro‘yxatga kiritilgan xizmatlargagina beriladi. O‘z avtomobillariga o‘zlari TX ko‘rsatuvchi va ta’mirlovchi korxonalar, tashkilotlarning mazkur ishlar uchun litsenziya olishi talab etilmaydi. Avtotransport vositalariga TX ko‘rsatish va ta’mirlash uchun litsenziya olishning muhim talablaridan biri korxona, ko‘rsatiladigan xizmat va bajaradigan ishlarning mosligini tasdiqlovchi hujjat Davlat standarti organlari tomonidan beriladigan sertifikatdir. Ishlab chiqarish jihozlari ham sertifikatsiyalangan, ya’ni talablar darajasida ishlay olishini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi shart. Ishlatilayotgan texnologik jihozlrga ishlab chiqargan zavodlaridan sertifikat olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar berilishi lozim. Shuningdek, bajarilayotgan xizmat turlari ham sertifikatsiya qilinishi mumkin, ya’ni Davlat standarti idorasi vakolatiga ega bo‘lgan uchinchi tashkilot tomonidan xizmatlar talablar darajasida bajarilgan ligining tan olinishidir. Shuni aytish zarurki, O‘zbekiston Hukumatining keyingi yillardagi tadbirkorlikni rivojlantirish va uni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilgan qarorlariga asosan litsenziyalashtirilgan xizmatlar ro‘yxati har yili qayta ko‘rib chiqiladi va qisqartirilib borilmoqda. Shu qarorlarga asosan servis korxonalari va ularning xizmatlarini sertifikatsiyalashtirish ham vaqtincha zarur emas. Bu qonunlardan tashqari davlatning yana bir qancha standartlari mavjud bo‘lib, ular xavfsizlikni ta’minlash va tabiatni asrash,ekologik talablardan kelib chiqadi, masalan, avtomobil gabaritlari, chiroqlari, signalizatsiya, boshqaruv organlariga tegishli standartlar shular jumlasidandir. Bu hujjatlarning servis xizmatiga taalluqli bo‘lgani uchun quyidagilarini ko‘rsatish zarur: - «Avtomobillarni sotishga tayyorlash qoidalari»; - «Avtomobillarga kafolatli texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida nizom»; 205 - «Ehtiyot qismlar katalogi»; - «Avtomobillarni ishlatish to‘g‘risida qo‘llanmalar»; - «Avtomobillarni ta’mirlash to‘g‘risida qo‘llanmalar»; - «Avtomobilning servis daftarchasi»; - «Avtoservis ishlab chiqarishini tashkil etish yo‘riqnomasi»; - «Avtoservis xizmati ko‘rsatish qoidalari» va h.k. O‘zbekistonda ikkinchi bo‘g‘indagi hujjatlar safiga sobiq «O‘zavtotrans» korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan «Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash to‘g‘risidagi nizom» (1996y) va «O‘zavtotexxizmat» hissadorlik jamiyati korxonalarida engil avtomobillarga texnik hizmat ko‘rsatish va ta’mirlash to‘g‘risidagi nizom.» ATXK stansiyalarida ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi turli qo‘llanmalar; - «Korxonalarda mijozlar avtomobillariga xizmat ko‘rsatish qoidalari»; - «Bajarilgan xizmatlar, ehtiyot qismlar va materiallar narxnomalari (preyskurantlari)»; - «Ta’mirlanadigan detallar, uzellar va agregatlarni mijozlardan qabul qilish va ulardan avtomobillarni ta’mirlashda foydalanish va hisob-kitob qilish to‘g‘risidagi nizom»; - «Avtotexxizmat korxonalarida engil avtomobillar kuzovlari va kuzov detallarini ta’mirlashga qabul qilish, ta’mirlash va egasiga topshirish haqida texnik talablar» va h.k. lar kiradi. - Birinchi nizomda avtomobillar texnik xizmati va ta’mirlash asoslari va me’yorlari va shuningdek, ularni avtotexxizmat korxonalarida tashkil etish bo‘yicha tavsiyanomalar keltiriladi. Nizom asosi qilib avtomobillar texnik holatini ta’minlovchi ma’lum bir strategiya tanlab olinadi. - Ikkinchi nizomda esa xizmat ko‘rsatish qoidalari va shuningdek, mijoz bilan bajaruvchi-ijrochi orasidagi aloqalar, tartiblarning huquqiy me’yorlari keltiriladi. «O‘zavtotexxizmat» nizomidan xususan shularni keltirish mumkin: 206 - Buyurtmani bajarish muddati: - TX va davlat texnik qaroviga tayyorlash - 2 kun; - Joriy ta’mirlash - 15 kunga qadar; - Kuzovni to‘la bo‘yash (eskisini olib tashlab) - 15 kunga qadar; Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling