Mashinalardan foydalanish asoslari
Firma usulidagi avtoservis xizmati
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
машина фойда асослар фанидан дарслик
14.4 Firma usulidagi avtoservis xizmati
Firma usulidagi avtoservis xizmati eng qadimiy usullardan b o‘lib, u birinchi avtomobillarni ishlab chiqarish va haridorlarga sotish bilan bog‘liqdir. Chunki, avtomobillarni sotib olayotgan haridorlar sotuvchidan ularning ishonchli ishlashini, buzilgan hollarda tuzatib berishlari va ishdan chiqqan qismlarini almashtirish uchun ehtiyot qismlar bilan ta’minlashni kafolatlashlarini talab etganlar, ya’ni avtomobillarni sotish bo‘yicha avtoservis xizmati ko‘rsatuvchi tizimni tashkil etish ehtiyoji tug‘ilgan va u avtomobilsozlik sanoati bilan birga tuzila boshlagan. Dastlab avtomobilsozlik sanoati tomonidan tashkil etilgan avtoservis xizmati bugungi kungacha yashab, rivojlanib kelayapti va uni firmaviy avtoservis deb ataladi . Firma usulidagi avtoservis quyidagi xususiyatlarga ega: - har bir avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya birinchi navbatda o‘z mahsulotlari bo‘lgan avtomobillarga servis xizmati ko‘rsatishni tashkil etadi; -servis xizmati, avtomobillar dunyoni qaerida sotilsa, o‘sha joylarda tashkil etiladi; - xizmat to‘la shaklda, ya’ni avtomobillar sotishdan tortib, to TXK va ta’mirlashning barcha turlari bajariladi va shuningdek, ehtiyot qismlar, ta’mirlash materiallari bilan bekam- ko‘st ta’minlanadi; - avtoservis xizmati ko‘rsatuvchi va firma usulida ishlovchi barcha korxonalar (avtomarkazlar, diler stansiyalari, maxsus ustaxonalar va h.k.) o‘z kompaniyalari tomonidan zarur texnologik jihozlar, asbob-uskunalar, texnik va texnologik hujjatlar bilan to‘la ta’minlanadi; -kompaniya o‘z avtoservisi korxonalari uchun hamma bo‘g‘indagi kadrlar va mutaxassislarni tayyorlaydi va ularning kasbiy malakalarini doimo oshirib boradi. 207 I bo‘g‘in II bo‘g‘in III bo‘g‘in 15.5-rasm. Avtoservis xizmatini huquqiy va me’yoriy ta’minlovchi hujjatlar tizimi. Avtomobilsoz kompaniyalar o‘zlari tashkil etgan avtoservis tizimlariga juda katta etibor va jiddiylik bilan qaraydilar, chunki bu tizimlar avtomobilsozlarni o‘z mijozlari, ya’ni avtomobillarni sotib oluvchi va ishlatuvchilar bilan bog‘lovchi muhim vazifani bajaradi, o‘z kompaniyalari avtomobillari va servis xizmati ko‘rsatishdagi mijozlar uchun yaratilgan qulayliklarni reklama qiladi, xullas, o‘z kompaniyalari avtomobillarini sotib oluvchi va ishlatuvchilar bilan boglovchi muhim vazifani bajaradilar, o‘z kompaniyalarining haqiqiy jonkuyarlari ekanligini namoyish etadi. O‘z navbatida avtomobilsoz kompaniyalar ham o‘zlarining servis xizmati tizimiga katta e’tibor berishlarini yuqorida aytib o‘tgan edik. Chunki Davlat qonunlari va standartlari Tarmoq, muassasalar standartlari, qoidalari va talablari (nizomlar, qo‘llanmalar va sh.k.) Xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar standartlari Sifat ta’minlovchi standartlar Mijozlar uchin xizmat sifatini kafolatlovchi ko‘rsatmalar Tashkiliy, texnik, texnologik va xokazo tadbirlar majmuasi Buzilmay ishlash resurslari va yurgan yo‘llar, kunlar va hokaza 208 kompaniyalarning avtomobillar bozorlaridagi mavqei, tijoriy ishlarining muvaffaqiyati ko‘pincha aynan shu servis xizmati tizimlarining samarali ishlashiga bog‘liqdir. Bu servis xizmatining firmaviy yoki firma usuli deb atalishi sababi esa har bir avtomobilsoz kompaniya avtoservisining o‘ziga xosligi, boshqa kompaniyalar servisidan biron-bir jihati bilan ajralib turishidir. Albatta, bu o‘ziga xosliklar birinchi navbatda mijozlar manfaatlariga xizmat qilishlari shart. Masalan, ba’zi avtomobilsoz kompaniyalar o‘z mahsulotlari- avtomobillar yoki ularning muhim qismlariga kafolatli ishlash davrlarini boshqalarga nisbatan ko‘proq belgilasalar, boshqalari esa servis xizmatida mijozlar uchun turli imtiyozli qulayliklar yaratish bilan shugullanadilar. Shuni ta’kidlash zarurki, firma usulida ishlovchi avtoservis xizmatini tashkil etish avtomobilsoz kompaniyalar uchun oson ish emas. Buning uchun kompaniya mutaxassislari katta hajmdagi iqtisodiy-tashkiliy masalalarning tahlilini,o‘tkazib hisob-kitob qilib chiqadilar va natijada, firma usulida avtoservis xizmati tashkil etilishining quyidagi variantlaridan birini tanlab oladilar [5]: Bu usullarning har biri o‘z afzallik va kamchiliklariga ega, ulardan qaysi birini qo‘llash murakkab tahliliy ishni talab etadi. Ammo qaysi usulni qo‘llashdan qa’tiy nazar, sotuvchi mahsulot sifatiga javob beradi va bu esa tijorat muvaffaqiyatining kalitidir. Firma usulida avtoservis xizmatini tashkil etishning quyidagi sakkiz qoidasi, ayniqsa, muhimdir: 1.Strategiya tanlash. Har bir bozor uchun mijozlar qanday xizmatlarni talab etadi, avvalo shuni aniqlab (marketing), uni ta’minlashga kafillik berish; 2. Mijozlar bilan aloqa o‘rnatish, ular uchun qulayliklar yaratish. Agar mijozlar talabi ko‘p jihatdan qondirilmasa, ularning ko‘ngli sovib ketishiga qarshi choralar qidirish, imtiyoz yaratish, qo‘shimcha xizmatlar, (video, kinofilmlar namoyish etish va h.k.), ko‘rgazmalar tashkil etish; 209 3. Xizmat korxonasining o‘z xodimlariga bo‘lgan aniq va ravshan talabi, xizmat xodimlarining barchasi uchun barobar zarur bo‘lgan namunaviy (standart) xizmat qoidasini joriy etish; 4. Uzluksiz ta’minlash tizimini yaratish; 5. Servis xizmati xodimlari malakasini doimo oshirib borish, o‘qitish; 6. Maqsad-nuqsonsiz ishlashga erishish, servis xizmati elementlari sonini mumkin qadar kamaytirish, (buyurtma qabul qilib olingandan to u egasiga topshirilgunga qadar); 7. Mijoz-xizmatni baholovchi eng ishonchli hakam, uning fikrlarini o‘rganish va iloji boricha hisobga olish; 8. Ijodga yo‘l ochish. Hozirgi servisning shiori -"Mijozga ko‘proq xizmat ko‘rsatish", unga avtomobil sotish-u bilan aloqa o‘rnatilishining boshlanishidir, servis xizmatining yangi turlari doimo izlaniladi. Servisning muhim elementlaridan biri-bu texnik hujjatlardir. Ular iste’molchilar tilida sodda va ravon usulda chiqariladi. Bu hujjatlarning muhimi: -avtomobillardan foydalanish to‘g‘risidagi yo‘riqnomalar; -TXK va ta’mirlash to‘g‘risidagi qo‘llanmalar; -ehtiyot qismlar katalogi; -xizmat sifatini kafolatlash to‘g‘risidagi hujjatlar; - servis daftarchalari. Amalda avtomobilsoz kompaniyalar firma usulidagi avtoservis xizmatini tashkil etishda yuqorida keltirilgan usullardan aynan biron-bir variantini tanlab olish bilan cheklanmay, balki bir necha variantlardan iborat kombinatsiyalarini qo‘llaydilar. Masalan, Fransiyaning eng yirik avtomobil kompaniyalaridan biri ”Reno”ga qarashli, butun dunyo bo‘ylab keng yoyilgan avtomobillarga firma usulida xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarda 13000 atrofida ATXKS lari va avtoustaxonalari faoliyat ko‘rsatadi. Shulardan 6000 tasi 210 mamlakat tashqarisidadir. Bu tarmoq chizmasini quyidagicha tasavvur qilish mumkin. Ixtisoslashgan avtomarkazlarda 50,75,100 postli ATXKSlar, avtomobillar va ehtiyot qismlar bilan ulgurji savdo qiluvchi bazalar va boshqa ma’muriy, moliyaviy, yuridik va axborot organlari (jami 12 ta) joylashgan. Kompaniya avtomobillariga avtoservis xizmati ko‘rsatishga ixtisoslashgan stansiyalar o‘z hududlaridagi avtomarkazlar bilan shartnomalar asosida ishlaydilar. Bu stansiyalar konsessionerlar stansiyalari deb ham ataladi, ya’ni shartnoma asosida ishlovchi ma’nosida. Avtomarkazlar mamlakatning barcha viloyatlari markazlari va yirik shaharlarda tashkil etilgan, umumiy soni 50…60 atrofida. Diler stansiyalarining mijozlari asosan, shaxsiy avtomobil egalari (TXK va ta’mirlash bo‘yicha) va turli avtotransport korxonalaridir (ehtiyot qismlar savdosi bo‘yicha). Dilerlar mavqei boshqa mustaqil stansiyalarga qaraganda yuqori turadi, ularda bajarilgan ishlar sifati yuqori baholanadi va almashtirilgan ehtiyot qismlar ishonchli hisoblanadi. Ularda ishlovchilarning ish haqlari ham 50...70 foiz yuqori bo‘ladi. Umuman olganda firma usulidagi avtoservis xizmatining qadri yuqori bo‘lsada, uning hajmi katta emas. Masalan, AQSHda barcha avtoservis xizmati ko‘rsatuvchi korxonalarning faqat 9 foizigina firma usulida ishlaydi, ammo ularning TXK va ta’mirlashdagi bajargan ishlarining ulushi 1996 yilda 16 foizni tashkil etgan). Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling