Mashinalardan foydalanish asoslari
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
машина фойда асослар фанидан дарслик
ixtisoslashgan deb ataladi. Ixtisoslashish xizmat ko‘rsatiladigan avtomobil
markalari va turlariga qarab ham bo‘lishi mumkin, ayniqsa bu firma usulida xizmat ko‘rsatuvchi stansiyalar va dilerlarga xosdir. Shuningdek ATXKS lari bajarayotgan ishlar hajmiga qarab ham ixtisoslashgan bo‘ladi. Mayda stansiyalar o‘z ishlab chiqarish imkoniyatlaridan kelib chiqib kichik hajmdagi 200 (5. . .7 ishchi soatgacha) ishlarni bajaradi, yirik stansiyalar esa asosan katta hajmdagi ishlarni, masalan, avtohalokatga uchrab shikastlangan avtomobillar kuzovini tiklash yoki avtomobillar agregatlari va detallarini ta’mirlab, ish qobiliyatini tiklash ishlari bilan shug‘ullanadi. ATXKS larining quvvati ishchi postlar soni va bir yilda xizmat ko‘rsatilgan avtomobillar soni bilan belgilanadi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, stansiyalar kichik (15 ta gacha ishchi postlarga ega bo‘lgan), o‘rta (16...25 ishchi postlari) va katta (25 dan ko‘p ishchi postli) xillarga bo‘linadi. Albatta, barcha mamlakatlarda kichik va o‘rta stansiyalar ham son, ham umumiy quvvat jihatdan va ko‘rsatiladigan yalpi xizmat hajmi hisobida etakchi o‘rinda turadi (90% dan yuqori). Dunyodagi ko‘pchilik mamlakatlarda ATXKS larining o‘rtacha quvvati 3,5...4,5 postni tashkil etadi [1] va ularda ishlaydigan odamlarning o‘rtacha soni esa 4,5...5,5 kishidan iborat. Ba’zi mamlakatlarda, masalan AQSHda, diler quvvati ularning bir yilda sotadigan avtomobillari soniga qarab belgilanadi, chunonchi, I- sinf diler stansiyalari 149 gacha avtomobil sotishga mo‘ljallangan bo‘lsa, II- sinf 150...399, III- sinf 400...749, IV- sinf esa 750 va undan ko‘p avtomobil sotishga mo‘ljallangan. ATXKS lari ma’lum standartlar va maxsus namunaviy (tipovoy) loyihalar asosida quriladi. Mamlakatlar bo‘ylab yagona loyihalar qo‘llanmaydi, har bir yirik firma o‘z namunaviy loyihalarini ishlab chiqadi va shularga binoan o‘z stansiyalarini quradi. Masalan, Germaniyaning “Mersedes-Benz” firmasi engil va yuk avtomobillariga servis xizmati ko‘rsatuvchi olti tipdagi (sinfdagi) shahar stansiyalarining namunaviy loyixalarini ishlab chiqib, amalga oshirgan. Ulardagi ishchi postlarning soni quyidagicha: 14.2-jadval I – sinfda 6 ta IV - sinfda. 14+3+avtosalon II-sinfda 6+1+avtosalon V-sinfda. 14+3+avtosalon+yuk avtomobillarga TXK III-sinfda. 7+2+avtosalon VI - sinfda. 41+8+avtosalon 201 Sobiq ittifoqda “Lengiproavtotrans” loyihalash instituti tomonidan 6, 11, 15, 25, 25+avtosaloni, 50+avtosaloni bilan, “Giproavtotrans” instituti tomonidan esa postlari 15, 30, 30 + avtosalon, 50+avtosalon, 75+avtosalon va 100+avtosaloni bilan stansiya va avtomarkazlarning namunaviy loyihalari ishlab chiqilib amalga oshirilgan. Yo‘l bo‘ylarida joylashgan stansiyalarning quvvati esa shu yo‘lning sinfiga, ya’ni sutka davomida yo‘ldan ikki tomon yo‘nalishida o‘tadigan avtomobillarning soniga qarab hisoblanadi, ularning ko‘pchiligi kichik stansiyalardir. Avtoustaxonalar avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarining ayrim mexanizm, agregat yoki tizimlar bo‘yicha bajarishga ixtisoslashgan kichik korxonalardir. Masalan, shinalarga TX ko‘rsatuvchi va ularni yamovchi yoki akkumulyatorni zaryadlovchi va ta’mirlovchi, engil avtomobillar kuzovlari bo‘yicha murakkab bo‘lmagan ishlarni bajaruvchi, tiklovchi va bo‘yovchi va h.k. Bunday ustaxonalar shahar va qishloqlarda, yo‘llar bo‘ylarida joylashishi mumkin. Ustaxonalarda avtomobillar kirishi uchun maxsus postlar bo‘lishi shart emas ularning maydoni ham uncha katta emas (40...60 m 2 ), ishlovchilar soni esa 1...2 kishidan iboratdir. Avtoustaxonalar oilaviy, kichik biznesning aynan o‘zidir. Texnik xizmat ko‘rsatish postlari esa ustaxonalardan farqli ravishda avtomobilning o‘ziga xizmat ko‘rsatadi va mayda ta’mirlash ishlarini bajaradi. Bular ham kichik biznes korxonalari bo‘lib, ularda ishlovchilarning soni 1...2 kishi, postlar soni esa 1...2 dan iborat bo‘lib, shaharlar, qishloqlar va yo‘l bo‘ylarida joylashadi. Shuningdek, ayniqsa chet el amaliyotida, avtomobillarga TX ko‘rsatish va mayda ta’mirlash ishlarini bajaruvchi ko‘chma stansiyalar va avtoustaxonalar ham faoliyat olib boradi. Bunday kichik servis korxonalari maxsus yuk avtomobillari yoki tirkamalar kuzovlariga o‘rnatilgan jihozlar, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va materiallardan foydalanib magistral yo‘llar yoqalarida, dam olish zonalari aholi zich yashovchi mavzelarda xizmat ko‘rsatadi. Ko‘chma ustaxonalar 202 mijozlarning buyurtmasiga asosan chaqirilgan joyga borib ham xizmatni bajarishi mumkin. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling