Mashinalardan foydalanish asoslari
-rasm. Avtopoezlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash postlari rejasi
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
машина фойда асослар фанидан дарслик
13.9-rasm. Avtopoezlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash postlari rejasi . Tormozlarning ishlashi, quvurchalardagi zichlik; zarur bo‘lsa tormoz suyuqligining yoki havoning sizib chiqishi bartaraf qilinadi; shotidagi bosh tormoz silindri turtkich shtokining siljish masofasi qiymati rostlanadi. (gidravlik yuritmali tirkamalarda). Zarur bo‘lsa, tormozlar sozlanadi. Tormozning ishlashi tekshiriladi, quvurchalarning jipsligi (zich biriktirilganligi) tekshiriladi, zarur bo‘lsa, havo yoki tormoz suyuqligining oqishi bartaraf qilinadi; tormoz detallari mahkamlanganligi va shplintlanganligi (gidravlik yuritmaning tirkama tormozida), tormoz silindridagi turtkich shtokining siljish masofasi (tirqishi) tekshiriladi. Zarur bo‘lsa, tormoz sozlanadi. Ressorlarni ko‘zdan kechirib, shotining mahkamlanganligi tekshiriladi, ressora barmoqlari va stremyankasi qotiriladi. Shinalardagi havo bosimi 186 tekshiriladi va uni me’yoriga keltiriladi. Protektorga hamda juft g‘ildiraklar orasiga tiqilib qolgan begona predmetlar olib tashlanadi. Tirkama kuzovini ramaga mahkamlab qotiriladi. Burilish ko‘rsatkichi, orqa gabarit chiroq va tormozlash signali sozligi tekshiriladi. Ishqalanuvchi detallar moylash kartasiga binoan moylanadi. Pnevmatik yuritmali tormozda havo ballonidagi kondensat (suv tomchilari) t o‘kib yuboriladi. Yarim tirkamadagi buriluvchi shkvoren va flanetsning holati, tayanch-katokning ko‘taruvchi mexanizmlari ishlashi tekshiriladi va aniqlangan nosozliklar bartaraf qilinadi. Ikkinchi texnik xizmat ko‘rsatish (II-TXK). Tirkama (yarim tirkama) ko‘zdan kechiriladi, kuzovning sozligi, platformaning bortlari, furgonning eshik va tirgaklari, bo‘yalgan yuzasi va avtomobil nomer belgisi nazorat qilinadi. Oldingi ko‘prik balkasi, sharli barmoqlar va richaglar gaykasining shplintli birikmalari, rul tortqilari va shkvorenli birikmalardagi liqillashlar, buriluvchi qurilmaning ishlashi va undagi liqillashlar teshiriladi. Nosozliklar bartaraf qilinadi va rostlanadi. Boshqariluvchi g‘ildirakli tirkamalarda g‘ildiraklarning yaqinlashuv masofasi (sxojdenie) tekshiriladi.Tormoz tizimining jipsligi va quvurchalar holati tekshiriladi, zarur b o‘lsa, havo yoki tormoz suyuqligi oqishi bartaraf qilinadi. Ballon mahkamlab qotirila di va undagi kondensat to‘kib yuboriladi. Tormoz barabani bilan gupchak echib olinadi, tormoz barabanlari, ustqo‘ymalari, prujinalari va podshipniklari tekshiriladi. G‘ildirakdagi tormoz kameralarining kronshteynga mahkamlanganligi va kronshteynlar oldi va orqa ko‘priklarga mahkamlab qotirilgani tekshiriladi. Keruvchi kulachok tayanchlari, oldingi va orqa ishchi tormoz o‘qlari va tormozning tayanch diskalari mahkamlab qotiriladi. G‘ildirak gupchagidagi moy yangisiga almashtiriladi, gupchaklar joyiga yig‘iladi va zarur bo‘lsa, tormozlar rostlanadi. Tormoz kameralaridagi shtok barmog‘ining shplintlanganligi tekshiriladi va zarur bo‘lsa, tormozlar sozlanadi. Gidravlik yuritma tekshiriladi va sozlanadi; bosh tormoz silindridagi suyuqlik sathi tekshiriladi, zarur bo‘lsa, to‘ldiriladi; tormozning 187 gidravlik yuritmasiga havo kirib qolgan bo‘lsa, uni chiqarib yuboriladi.Bekat tormoz tizimining ishlashi tekshiriladi va zarur bo‘lsa, rostlanadi. Orqa va old ko‘priklarda qiyshayishlar yo‘qligi tekshiriladi; old boshqaruv g‘ildiraklariga nisbatan shotining to‘g‘ri o‘rnatilganligi, ramaning, ressoralarning, ilashish qurilmasining holatlari tekshiriladi; ressoralar barmoqlari, stremyankalari va xomut tortib mahkamlanadi. Shinalarning sxema bo‘yicha o‘rinlari almashtirib qo‘yiladi. G‘ildirak disklari ishonchli mahkamlanadi. Kuzovni ramaga mahkamlab qotiriladi. Elektr simlari tekshiriladi, tormozlash signali va orqa fonarlarni ishlashi tekshiriladi. Tirkama detallari moylash kartasiga binoan moylanadi. Yarim tirkamadagi buriluvchi shkvoren, uning flanetsi holati, tayanch katoklaridagi ko‘tarish mexanizmining ishlashi tekshirilishi zarur bo‘lsa, rostlanadi.Yarim tirkama reaktiv shtangalarining uzunligi tekshiriladi va rostlanadi. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling