Mashinalardan foydalanish asoslari


 Mashinalarga avtoservis korxonalaridan tashqarida xizmat


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/94
Sana15.11.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1775932
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   94
Bog'liq
машина фойда асослар фанидан дарслик

15.4 Mashinalarga avtoservis korxonalaridan tashqarida xizmat 
ko‘rsatish 
Mashinalarga servis usulida xizmat ko‘rsatishning yana bir shakli uni 
avtoservis korxonalaridan tashqarida – mashinalar saqlash va turar joylarida, 
shahar va qishloqlar ko‘chalarida, shaharlararo magistral yo‘llarda, 
shahardagi garaj komplekslarida va aholi hordiq chiqaradigan oromgohlarda 
tashkil etishdir. Bu joylarda mashinalarga yonilg‘i-moy quyish, g‘ildiraklarni 
almashtirish, pokrishka va kameralarini yamash, ba’zida mashinaga TX
ko‘rsatish va mayda ta’mirlash, va shuningdek, shatakka olish kabi ishlarga 
ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bu xizmatlarni bajarish esa «tez yordam» kabi zarur 
bo‘lib qoladi. 
Mashinalarga servis korxonalari tashqarisida texnik yordam k o‘rsatish 
quyidagilarni ko‘zda tutadi: 
- nosoz va shikastlangan mashinalarni o‘z saqlanish joylari yoki ATXK 
stansiyalariga tashish (yoki shatakka olish); 


230 
- mashinaga buzilgan joyida texnik yordam ko‘rsatish; 
- mashinalarga doimiy saqlash joylarida TX ko‘rsatish va ta’mirlash; 
- mashinadagi ta’mirlash ishlarining hajmi va narxini aniqlash; 
- mashinalarga 
TX 
ko‘rsatish, 
ta’mirlash, saqlash va ishlatish 
masalalariga oid maslahatlar o‘tkazish va h.k. 
Shaharlardagi mashinalar doimiy saqlanadigan yirik ochiq maydonlarda, 
yopiq garaj - qurilish kooperativlarida mashinalarga TX ko‘rsatish va 
ta’mirlash postlari tashkil etiladi. Xizmat ko‘rsatishning bu shakli 
avtoservisni o‘z mijozlariga yaqinlashtiradi. Bunday xizmatni amalga 
oshirish uchun avtoservis birlashmalarining garaj jamoalari bilan maxsus 
shartnomalar tuzishi talab etiladi. Shartnomaga asosan garaj tashkilotlari o‘z 
fondidan maydonlar yoki xonalar ajratadi, servis korxonalari esa bu 
maydonlarni zarur jihozlar, anjom-uskunalar bilan jihozlaydi, kerakli 
mutaxassis - ishchilar, ehtiyot qismlar va materiallar bilan ta’minlaydi va bu 
joylarni o‘z ishlab chiqarishining filiallariga aylantiradi. 
Jahon avtoservis tajribasidan ma’lumki, yirik garaj komplekslarida tashkil 
etilgan TX ko‘rsatish va ta’mirlash postlari, servis korxonalari filiallari 
xizmatidan mijozlar doimiy foydalanadilar, ular har doim o‘zaro muloqotda 
bo‘lganliklari uchun bir-birlariga nisbatan ishonch ruhi va ishlarni puxta va 
sifatli bajarish omillari paydo bo‘lgan. 
Nosoz va shikastlangan engil mashinalarni tashish uchun maxsus
gidroko‘targichlar va tortgich-lebedkali mexanizmlar bilan jihozlangan 
kuzovli o‘zi yuklovchi kichik yuk mashinalari (MAN rusumiga o‘xshash) 
evakuatorlar qo‘llaniladi. Evakuatorlardan engil mashinalar kuzovlarini 
markaziy omborlardan avtoservis korxonalariga tashishda ham foydalanish 
mumkin. Odatda yirik ATXK stansiyalarida ko‘chma ustaxonalar tashkil 
etiladi. Ko‘chma ustaxona furgon kuzovli yuk mashinai (masalan, MAN yoki 
ZIL rusumiga o‘xshash) bo‘lib, uning kuzoviga ba’zi TXK va ta’mirlash 
jihozlari o‘rnatiladi. Shuningdek, ustaxona to‘la butlikdagi avtochilangarlik 


231 
asboblari, eng zarur ehtiyot qismlar va materiallar, shatak trosi va h.k. bilan 
ta’minlanadi. 
Ko‘chma ustaxonalar maxsus standartlar va buyurtmalar asosida 
zavodlarda tayyorlanib jihozlanadi va u ma’lum hajmdagi TXK va ta’mirlash 
ishlarini mustaqil (avtonom) ravishda bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Masalan, g‘ildiraklarni chiqarish, qismlarga ajratish-yig‘ish, damlash va 
o‘z o‘rniga qo‘yish, kameralarni yamash, motorni ta’minlash, elektr va 
elektron priborlari holatini tekshirish va sozlash, ayrim agregat va uzellarni 
qismlarga ajratish va yig‘ish, oddiy payvandlash, kavsharlash va chilangarlik 
kabi ishlar bajariladi. Ko‘chma ustaxona ekipaji haydovchi bilan 2…3 
kishidan iborat bo‘ladi, odatda ular yuqori malakali mustaqil ishlaydigan 
mutaxassilar hisoblanadi. Ko‘chma ustaxonalar mijozlarning telefon orqali 
buyurtmalariga ko‘ra mashinalarga buzilgan joylarida, saqlash maydonlari va 
garajlarda va shuningdek, maxsus shartnomalar asosida aholi vaqtincha 
to‘planadigan dam olish mintaqalari, oromgohlarda xizmat ko‘rsatadi. Buning 
uchun ko‘chma ustaxona o‘z korxonasi va mijozlar bilan ikki tomonlama 
mobil telefon aloqasi bo‘lishi ta’minlanadi. Shuni ta’kidlash zarurki, 
korxonadan tashqarida faqat ko‘chma stansiya imkoniyatlari darajasida 
belgilangan ishlargina bajariladi va bunda mehnat xavfsizligini ta’minlashga 
alohida e’tibor beriladi. 
Avtoservis korxonalari chetda bajaradigan xizmatlaridan yana biri - 
mijozlar mashinalarida bajariladigan ta’mirlashning ko‘lami, ishlari hajmi va 
narxini aniqlab berishdir. Bunday talablar asosan mashina falo katga uchrab 
shikastlanganda sug‘urta tashkilotlari yoki sud orqali javobgardan etkazilgan 
zarar narxini undirish maqsadida tushadi. Shuningdek, mashinani ko‘rikdan 
o‘tkazish va uni baholash talablari meros masalalarini hal qilishda, mulkni 
bo‘lish, mashinani sotishda ham paydo bo‘lishi mumkin. Maxsus
litsenziyaga ega bo‘lgan avtoservis mutaxassislari mijozlarning bunday 
ehtiyojlarini korxonada yoki mashina saqlash joylariga borib hal qiladilar. 
Shuni ta’kidlash zarurki, bu kabi xizmatlar yirik ATXK stansiyalar va 


232 
avtomarkazlarda tashkil etiladi. Korxonada bunday mutaxassislar maslahat - 
ekspertiza bo‘limini tashkil etishadi va ta’mirlash ishlarini narhlash va 
mashinani texnik holatiga qarab baholash xulosalarini tayyorlashadi, 
shuningdek, mijozlarga mashinalardan to‘g‘ri foydalanish, ularning texnik 
ekspluatatsiyasi masalalari bo‘yicha maslahatlar berishlari ham mumkin. 

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling