Mashinalardan foydalanish asoslari
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
машина фойда асослар фанидан дарслик
Nazorat savollar:
1.Mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish servis usulining mohiyati nimadan iborat? 2. Avtoservis bajaradigan asosiy xizmat turlarini sanab, ta’riflab bering. 3. O‘zbekiston avtoservisining paydo bo‘lishi va rivojlanishining o‘ziga xosligi va bosqichlari nimalardan iborat? 4. Avtoservis korxonalarining turlarga bo‘linish mezonlarini tushuntiring 5.Mashina markazlari nima maqsadlarda tashkil etiladi va ularning vazifalari nimadan iborat? 16.QISHLOQ XO‘JALIK TEXNIKALARI TEXNIK EKSPLUATATSIYASINING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI 16.1. O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda avtotransport ahamiyatining oshib borishi Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning hal qiluvchi tarmog‘i bo‘lgan yo‘l-transport kompleksi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda salmoqli ahamiyatga ega. Transport xalq xo‘jaligi tarmoqlarini bir butun qiladi, ishlab chiqarish va iste’molni, korxonalar va hududlarni hayotiy zarur iqtisodiy aloqalar bilan ta’minlaydi, jamiyatlar ajralib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi va xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiradi. Kommunikatsiyalar har doim jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, kuchli ijtimoiy- iqtisodiy omil sifatida yuzaga kelib, xalqaro miqyosida va davlat ichida ijtimoiy mehnat taqsimotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan va bo‘lmoqda. Transport kengaytirilgan ishlab chiqarishga, xom ashyo zaxiralari, yonilg‘i va sanoat mahsuloti imkoniyatlariga, omborlarning ishlab chiqarish 233 quvvatiga, ya’ni xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarini samarali harakatlanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun transport omilini hisobga olish jamiyat ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirishda, xalq xo‘jaligi tarmoqlarini istiqbolli masalalarini hal qilishda, ijtimoi taraqqiyot va ilmiy-texnik taraqqiyot dasturlarini yaratishda zarur sharoitlardandir. Yuk va yo‘lovchilar tashuvchi transport iqtisodiyotning qon tomirlari tizimidir. Transport va transport kommunikatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligi majmuasining (kompleksining) ajralmas tarkibiy qismi va ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar, mamlakatlar va qit’alar orasida bog‘lovchi qism bo‘lib, muhim iqtisodiy, ijtimoiy va strategik vazifalarni bajaradi. Ular mamlakatlar va hududlar orasida, ichki va tashqi bozorda yuzaga kelgan yangi omillar va yo‘nalishlarni hisobga olib, yuqori darajada transport ta’minotini amalga oshiradilar. Iqtisodiy aloqalarning jadal rivojlanishi shunga mos holda yuk tashishni rivojlanishini taqozo etadi. Yo‘lovchilarni tashish jamiyat uchun zaruriydir, ijtimoiy ahamiyatga ega, odamlar erkin ravishda joyini o‘zgartirishiga imkoniyat yaratadi. O‘zbekiston avtotransporti taraqqiyotining tarixi davomida, avtomobilchilar iqtisodiyot va aholining yuk tashishga bo‘lgan talabini, avtotransportning mumkin bo‘lgan imkoniyatlari va afzalliklaridan foydalanib ta’minlab kelganlar. O‘zbekiston avtoyuk tashuvchilari, an’anaviy ravishda, o‘zlari ko‘rsatayotgan xizmatlari sifati bilan respublika tashqarisida ham ma’lumdirlar. Tijorat yuklarini tashishda 164 mingdan ko‘proq yuk avtomobillaridan foydalaniladi. Hozirda avtomobil transporti respublikaning 85,0%dan ko‘proq miqdordagi yuklarini tashiydi, umumiy yuk aylanmasida uning ulushi 22,5% tashkil etadi. 234 2006 yili avtomobil transporti bilan 697 mln. t. yuk tashilgan, bu esa 2005 yildagidan 9,2% ko‘p. YUk aylanmasi huddi shunday solishtirilganda 20,8%ga oshdi va 16,7 mlrd. t/km bo‘ldi. Kichik biznes sub’ektlari avtomobil transporti yuk aylanmasi 2006 yili respublika umumiy yuk aylanmasining 63,3%, yo‘lovchi tashish aylanmasining esa 67,4%ni tashkil etdi. 2006 yili yo‘lovchilar tashishning asosiy ulushi avtomobil transportiga to‘g‘ri keldi –– 96,7% yoki 4270,7 mln. kishi, yo‘lovchi tashish aylanmasida esa –– 85%, yoki 44,2 mlrd. pass/km. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling