45
5.4-§. Energetika vositalarining foydalanish xossalarini
yaxshilash yo‘llari
Tortish xususiyatlarini oshirish uchun g‘ildirakli
traktorlarda past bosimli,
naqshlari ikki tomonga yo‘naltirilgan shinalar ishlatiladi.
YAngi konstruksiyadagi traktorlarda etakchi g‘ildiraklarga qo‘shimcha
og‘irlik beruvchi maxsus qurilmalar - mexanik va gidravlik vazminlashtirgichlar
qo‘llaniladi.
Traktorning tortish kuchini etakchi g‘ildiraklar sonini ko‘paytirib,
sirpantirmaydigan
zanjirlar kiygizib, olinma o‘rmalovchi zanjirli g‘ildiraklar va
yarimzanjirli
olinma qurilmalarni, maxsus
shakldagi naqshli shinalarni,
maxsus
tuproq ilgichlarni, keng to‘g‘inli g‘ildiraklarni va keng o‘rmalovchi
zanjirlarni
qo‘llanib ham oshirish mumkin.
Bundan tashqari traktor koleyasini o‘zgartirish, tirkamalar (pritsep)
g‘ildiraklariga qo‘shimcha
Harakat berish, qurama (aralash) agregatlar qo‘llash,
traktor old qismiga qo‘shimcha yuklar o‘rnatish kabi
usullardan ham foydalanish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: