91
Qishloq ho‘jaligi ekinlarini parvarishda bajariladigan ishlarning turli-
tumanligi ko‘plab qishloq xo‘jaligi mashinalari bo‘lishini taqozo etadi.
SHunga
qaramasdan, barcha mashinalar qishloq xo‘jaligi ishlariga qo‘yilgan talablarni
bajara olishi uchun kerakli foydalanish xossalariga ega bo‘lishi zarur.
Aks holda
talabga javob bermagan mashina ishi undan keyin bajariladigan ishning
sifatini keskin pasayishiga olib keladi.
Mashinalarning foydalanish xususiyatlariga quyidagi ko‘rsatgichlar:
bajargan ishning sifatini agrotexnik talablarga mosligi; belgilangan Harakat tezligi
va qamrash kengligida mashinaning mustahkamligini ta’minlanishi;
tortish
qarshiligi va iste’mol qiladigan quvvati; ish va texnika xavfsizligi;
unga xizmat
ko‘rsatish va boshqarishga qulayligi va boshqalar kiradi.
Qishloq xo‘jaligi mashina va qurollarining eng muhim foydalanish
ko‘rsatgichlariga, ularning energetik ko‘rsatgichi – tortish qarshiligi va
mashinalarning ishchi qismlari hamda mexanizmlarini
traktorning quvvat olish
vali orqali Harakatlantirish uchun zarur bo‘lgan quvvatlar kiradi.
To‘g‘ri tanlangan mashina va traktorlar quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
Birinchi imkoniyat mashinalar sonini qisqartirish,
metall sarfi, ehtiyot
qismlar ishlab chiqarish, texnik xizmat ko‘rsatish
va saqlash xarajatlarini
kamaytirish va mexanizator kadrlardan yaxshiroq foydalanishga imkonini beradi.
Ikkinchi imkoniyat tuproq strukturasini buzilishini pasaytirish,
suv va
shamol eroziyasini kamaytirishga va yig‘ishtirib olingan mahsulotlarni sifatli
bo‘lishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: