Mashinalaridan foydalanish, texnik


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

Uchinchi imkoniyat qo‘llashda shunday maqbul echimni topish kerakki 
bunda fermer xo‘jaligini sharoiti uchun qabul qilinadigan variantlarning eng
yaxshisini olish mahsadga muvofiq hisoblanadi. 
Respublikamizning tuproq-iqlim sharoiti va qishloq xo‘jalik ekinlarini 
etishtirishning o‘ziga xos xususiyatlari traktorlarga muayyan talablarni 
qo‘yadi.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari etishtiriladigan maydonlar tog‘li, tog‘ oldi, 
tekislik va cho‘l mintaqalarda joylashgan bo‘lib, har bir mintaqaning o‘ziga xos 


92 
xususiyatlari va ekiladigan ekinlari turlichadir. Bu holatlar qishloq xo‘jaligi 
ekinlarini etishtirishda maxsus traktorlardan foydalanishni taqqoza etadi.
Bunda foydalanish sharoitining ko‘rsatgichlariga , erning relefi, ekin 
maydonlarining shakli va o‘lchami, tuproqning solishtirma qarshiligi hamda 
ularga qo‘yiladigan agrotexnikaviy talablar asosiy mezonlar hisoblanadi. Katta 
maydonlarga ishlov berishda va og‘ir ishlarni bajarishda(er haydash, tekislash
chuqur yumshatish va boshqalar) umumiy ishlarga mo‘ljallangan baquvvat 
g‘ildirakli va zanjirli traktorlar ishlatiladi. 
O‘simliklar qator oralariga ishlov berishda traktor talabdagi agrotirqishga 
ega bo‘lishi, eng asosiysi, ekinlarga shikast etkazmaslik uchun traktor yurish 
qismining eni (g‘ildirak shinasi va zanjirli lentani kengligi) o‘simliklarning 
ruxsat etiladigan himoya yo‘lagini ta’minlashi va tuproqqa ko‘rsatadigan bosimi 
kam bo‘lishi kerak. 
Bog‘dorchilik va uzumchilikda traktorlar nisbatan past bo‘yli va qisqa enli, 
sholichilikda yurish qismining eni katta bo‘lgan, tog‘ oldi va tog‘li mintaqalarda 
erdan balandligi past bo‘lgan va eni kattaroq bo‘lgan maxsus traktorlardan 
foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Issiqxonalarda agrotexnik tadbirlarni bajarish uchun kichik (mini) 
traktorlardan foydalanish yuqori samara beradi.

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling