Mashinalaridan foydalanish, texnik


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

Tayanch iboralar: urug’ ekish va ko’chat o’tqazish usullari
agrotexnik talablar, texnologik jarayonlar va mashinalar turi
mashinalarning ishchi qismlari, ilg’or texnologiyalar. 


134 
SHu bilan birga ekish ishlarini belgilangan muddatlarda bajarilishiga alohida 
ahamiyat berish kerak.
Masalan, ko‘p yillik tajribalarga ko‘ra, chigit ekishning maqbul muddatlari: 
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida 25 martdan 5 aprelgacha, Jizzax, 
Sirdaryo, Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlarida 1...15 aprel, Toshkent va 
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 5... 15 aprel hamda Xorazm viloyati va 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10....25 aprelni tashkil etadi.
Boshoqli don ekinlari 15 oktyabrdan 1 noyabrgacha, kartoshka va sabzavot 
ekinlari 20 martdan 5 aprelgacha, mevali daraxt ko‘chatlari esa mart-aprel 
oylarida ekiladi. 
18.2-§. Ekinlar urug‘ini ekish texnologiyasi va agregatlari
 
Ekinlar urug‘ini ekish usullari ularning quyidagi xususiyatlariga, ya’ni, 
ekinlarning o‘sish balandligi va hosildorligiga, ularni parvarishlash xossalari – 
suvli va lalmi maydonlarga, pushtaga, egat ustiga, yoniga va tubiga hamda plenka 
ostiga ekish, sug‘orish usullari bo‘yicha yoppasiga, qator oralab, tomchilab, er 
ostidan sug‘orish kabi xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlanadi.
Urug‘ ekish va ko‘chat o‘tqazish texnologik jarayoni quyidagicha amalga 
oshiriladi: ekish agregati oldinga yurganda bunkerdagi urug‘ yoki ko‘chat bir 
tekis oqimda va belgilangan me’yorda o‘tkazgich orqali ekkichga etkaziladi (a - 
rasm). Ekkich tuproqda egat ochadi va uning tubiga urug‘ qadaydi. So‘ngra urug‘ 
turli xildagi moslamalar (ko‘mgich, tirma, zanjir va boshqa) yordamida tuproq 
bilan ko‘miladi va shabbalanadi. 
Ekish bilan birga mineral o‘g‘itlar berilsa, seyalkaga qo‘shimcha o‘g‘it solish 
moslamasi o‘rnatiladi. 


135 









a – qatorlab ekish; b – polosali (yo’laklab) ekish; v – tor qatorlab ekish; 
g – kvadrat uyalab ekish; d – uyalab ekish; e - egat tubiga ekish;
j – kombinatsiyalab ekish; z – pushtaga ekish; i – egat ustiga ekish. 

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling