Mashinalaridan foydalanish, texnik


texnologiyasi va agregatlardan samarali foydalanish


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

texnologiyasi va agregatlardan samarali foydalanish 
 
Paxta mashinalar bilan terilganda mehnat unumdorligi 2-3 barobar oshadi
terish ishlarining tannarxi 20% va undan ziyod kamayadi. SHuning uchun ushbu 
tadbirni sifatli qilib amalga oshirishni tashkil etish eng muhim agrotexnik 
tadbirlardan biri hisoblanib, etishtirilgan paxta hosilini qisqa muddatlarda
isrofgarchiliksiz terib olishga imkon yaratadi.
1-ochilgan ko‘sak; 2-paxta chigitlari; 3-
paxta chanog‘i; 4-paxtaning tolali yakka 
chigiti  
53-rasm. Ochilgan ko‘sak va uning 
elementlari 
54-rasm. Mashina terimiga 
tayyorlangan paxta maydoni 
Tayanch iboralar: paxtani mashinada terish usullsri, fgrotexnik 
talablar, texnologik jarayonlar va mashinalar turi, mashinaning ishchi 
qismlari, innovatsion texnologiyalar.


160 
Paxtani mashinada terib olish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda 
terib olinishini tashkil etish orqali terim to‘liqligini 4...5%, mashinalar ish unumini 
18...20% ga ko‘paytirish, terim muddtini 8-10 kunga qisqartirish orqali 
maydonlarni hosildan tez bo‘shatilishini ta’minlanadi. 
Paxta hosilini mashinalar yordamida terib olish darajasi dalalarni terimga 
tayyorlash, mashina ish organlarini to‘g‘ri sozlash, terimni tashkil etish qoidalari 
va texnologiyasiga qat’iy amal qilishga bog‘liqdir.
Paxta terish mashinasi hosilni to‘kmasdan, iflos qilmay yuqori unum 
bilan ishlashi uchun quyidagi tadbirlarni: 
- paxta dalalarini tanlash, dalani mashina terimiga tayyorlash, g‘o‘za 
tuplarini bir tekis chilpish va defoliatsiyalash tadbirlarini maqbul muddatlarda 
o‘tkazish; 
- maydonlarni begona o‘tlardan (ayniqsa g‘o‘zaga aylanib o‘suvchi
o‘tlardan) tozalash; 
- mashina qismlarini daladagi paxtaning holatiga qarab to‘g‘ri rostlash
texnik qarovlarni o‘z vaqtida sifatli qilib bajarish; 
- terim-transport otryadlarini tashkil qilish va ularni zarur qo‘shimcha 
agregatlar bilan butlash va mexanik haydovchi-operatorlar malakasini oshirish 
kerak bo‘ladi. 

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling