Mashinalaridan foydalanish, texnik
-§. Meva va sabzavotlarni yig‘ishtirib olishning
Download 4.65 Mb. Pdf ko'rish
|
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- 64-rasm. Olma va uzum hosili
- Tayanch iboralar
22-§. Meva va sabzavotlarni yig‘ishtirib olishning
innovatsion texnologiyalari 22.1-§. Meva va sabzavotlarni yig‘ishtirib olishning o‘ziga xos xususiyatlari, texnologiyasi va agregatlardan samarali foydalanish Meva va uzum hosilini yig‘ib olishda qo‘llaniladigan asosiy mexanizatsiyalash asosiga mevali daraxtlarni tebratish hisobiga uning shohida osilib turgan mevalarga rezonans xodisasini qo‘llagan holda yig‘ishtirib olishdan iborat. 64-rasm. Olma va uzum hosili Hozirgi paytda meva va uzumlarni yig‘ib-terib olish ishlari quyidagi mexanizatsiyalash usullaridan foydalangan holda tashkil etiladi. 1-boshlang‘ich mexanizatsiyalash. Bunda yordamchi texnik vositalardan, ya’ni shoti, maxsus sumkalar va boshqalardan foydalanib qo‘lda terish. Tayanch iboralar: meva, uzum va sabzavotlarni yig’ishtirish usullari, agrotexnik talablar, texnologik jarayonlar va mashinalar turi, mashinaning ishchi qismlari, innovatsion texnologiyalar. 177 2-yarim mexanizatsiyalash. Turli agregat, platformalardan foydalanib qo‘lda terish. 3-to‘liq mexanizatsiyalash. Meva terish mashina va kombaynlari yordamida terib olish. Meva va uzumlar hosilini yig‘ishtirib olish, ulardan foydalanish sharoitiga qarab ikki usulda: 1) uzoq muddatga saqlanadigan mevalar asosan qo‘lda maxsus jihozlar yoki meva yig‘adigan platformalardan foydalanilgan holda; 2) texnik qayta ishlov berishga mo‘ljallangan yoki tezda iste’mol qilinadigan mevalar esa maxsus mashina va kombaynlar bilan yig‘ib olinadi. Uzoq muddatga saqlanadigan mevalar maxsus platformalar yordamida qo‘lda terib olinadi va konteynerlarga solinadi. Mevalar bilan to‘ldirilgan konteynerlar transport vositalari yordamida tozalash va saralash punktlariga olib boriladi. Maxsus platformalar turli qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lib, qator qilib ekilgan past, o‘rta va baland bo‘yli mevazor bog‘larda ishlatishga mo‘ljallangan. Bunday platformalar (3.6-rasm) ishchilar turadigan maxsus joylar va mevalar solinadigan yashiklar turadigan platformalar bilan jihozlangan. Maxsus joylar ikkita silindrlar bilan gorizontal holatda ko‘tarish yoki tushirish mumkin. Platformaga gidrotizimli zanjirli konveyer o‘rnatilgan. Meva to‘ldirilgan konteynerlar saqlash omborlariga tashiladi va tushirib olinadi. Bo‘shagan konteynerlar qayta joylashtiriladi. So‘ngra ular dalaga olib boriladi va mevazor bog‘lar qatorlari orasiga qo‘yib chiqiladi. Texnik qayta ishlov berishga mo‘ljallangan yoki tezda iste’mol qilinadigan mevalar esa maxsus yig‘ish kombaynlari bilan yig‘ib olinadi. To‘liq mexanizatsiyalash vositalari mevalarni terib olish usullariga qarab ikki turga bo‘linadi: erga to‘kilgan va daraxt shoxidagi mevalarni yig‘ishtirib olish usullaridan iborat. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling