Mashinalaridan foydalanish, texnik


Bir fazali o‘rib-yanchib olish usulida


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

Bir fazali o‘rib-yanchib olish usulida (60-rasm) g‘allani o‘rish, yanchish, 
donni somonilan ajratish va tashish vositalariga ortish, somonni maydalash va 
 Таянч иборалар: boshoqli don hosilini yig’ishtirib olish 
usullari, agrotexnik talablar, texnologik jarayonlar va mashinalar turi, 
mashinaning ishchi qismlari, innovatsion texnologiyalar.


170 
erga sochib yoki uyumlab ketish ishlari bitta agregat (g‘alla kombayni) bilan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bajariladi 
60-rasm. G‘allani bir fazali usulda yig‘ishtirib olish jarayoni 
 
Ikki fazali usulda (62-rasm) g‘alla doni dumbul pishib etilganda 
(pishishdan 5-10 kun oldin) uni o‘rgich-uyumlagichlar bilan o‘riladi va dala 
sharoitda quritiladi, qurigan uyumlar maxsus yig‘ishtirgich bilan jihozlangan 
kombaynlar yordamida yig‘ishtirib olinadi, yanchiladi, don va somoni ajratib 
olinadi.
G‘allani o‘rish va uyumlab ketish 
G‘alla uyumini yig‘ib olish va yanchish 
62- rasm. G‘allani ikki fazali usulda yig‘ishtirib olish jarayoni 
 
Uch fazali o‘rib-yig‘ib olish usulida g‘allaning butun biologik massasi 
o‘rib-yig‘ib olinadi va uni xirmonga tashiladi va sun’iy ravishda quritiladi, so‘ngra


171 
muqim holatda yanchilib, doni va somoni alohida ajratib olinadi va omborlarga 
joylashtirishladi. 
Respublikamizning turoq-iqlim sharoiti etishtirilgan boshoqli don hosilini 
qisqa muddatlarda g‘alla kombaynlari bilan bir fazali usulda, ya’ni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri yig‘ishtirib olish imkonini beradi. 
G‘alla o‘rimiga kirishishdan oldin maydonlarni o‘rim-yig‘imga sifatli 
tayyorlash zarur. Dalalar begona o‘tlar, ayniqsa, g‘alla poyalariga o‘ralib o‘suvchi 
va yo‘g‘on poyali begona o‘simliklardan tozalanishi, bir yillik va ko‘p yillik 
begona o‘tlarga qarshi mavjud gerbitsidlar bilan oldindan ishlov berilishi lozim. 
O‘rim-yig‘imni boshlashga 2...3 kun qolganda kombayn jatkasining qirqish 
apparatiga tushishi qiyin bo‘lgan karta chetlarida joylashgan xosil qo‘lda o‘rilib 
yonidagi tik turgan poyalarga suyab ketiladi. Dala boshidan, o‘rtasidan va oxiridan 
o‘tgan o‘q ariqlar tekislanadi, dalaga kiradigan yo‘llar tayyorlanadi.
Daladagi hosilning 95 foizi to‘liq pishib etilganda va donning namligi 
18...20 foiz bo‘lganda kombaynlar yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yig‘ishtirib olishga 
kirishiladi. 
Agrotexnik talablar: Kombayn jatkasidagi don nobudgarchiligi, ko‘pi bilan 
0,5%, kombayn orqasidagi erga to‘kilgan don miqdori, ko‘pi bilan1,5%, 
bunkerdagi donning shikastlanganlik darajasi,ko‘pi bilan 2%, bunkerdagi donning 
tozaligi, eng kamida 95% ni tashkil etishi kerak. 
G‘alla kombaynlari bilan birga don tozalash mashinalari, texnik xizmat 
ko‘rsatadigan va ko‘chma ta’mirlash ustaxonalari, transport mashinalarni yonilg‘i 
va moylash materiallari bilan ta’minlaydigan vositalar tayyor turishi, shuningdek, 
o‘rim-yig‘im davrida ishchi-xizmatchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish va issiq ovqat 
bilan ta’minlash ishlari tashkillashtirilgan bo‘lishi shart. 
Respublikamizda g‘alla hosilini yig‘ishtirib olishda jahonning etakchi 
“Keys” va “Klass” firmalarida ishlab chiqarilgan zamonaviy yuqori unumli 
kombaynlaridan foydalanilmoqda (rasm). 
“Keys” firmasining aksial rotorli yanchish qurilmasi bilan jihozlangan 
kombaynlari begona o‘simliklardan, ayniqsa, g‘alla poyalariga o‘ralib o‘suvchi 


172 
(pechak) va yo‘g‘on poyali (qamish, g‘umay, ko‘k sho‘ra) kabi bir va ko‘p yillik 
begona o‘tlardan tozalangan maydonlarda, “Klaas” firmasining barabanli yanchish 
qurilmali kombaynlari esa turli darajada o‘t bosgan maydonlardagi g‘allani o‘rib 
olishda yuqori samaradorlik bilan ishlash imkoniyatiga ega. 
Kombaynning ish tezligi o‘rib olinayotgan g‘allaning hosildorligi va uning 
yotib qolganligi, maydonning tekis-notekisligi hamda boshqa omillarga qarab 
tanlanadi. Dala o‘t bosmagan, hosildorlik 40-50 s/ga va poyalar yotib qolmagan 
tekis dalalarda 4,6-5 km/soat ish tezligi “Klaas-Dominator-130” kombaynlari 
uchun ham maqbul hisoblanadi. 

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling