Mashinalaridan foydalanish, texnik


-§. Em-xashak tayyorlashning innovatsion texnologiyasi


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

23-§. Em-xashak tayyorlashning innovatsion texnologiyasi
 
 
23.1-§. Em-xashak etishtirishning o‘ziga xos xususiyatlari, 
texnologiyasi va agregatlardan samarali foydalanish 
 
CHorvachilik mahsulotlarini ko‘paytirishda em-xashak mahsulotlari uning
asosiy ozuqa bazasini tashkil etadi. Em-xashak tayyorlash uchun qishloq 
xo‘jaligida ozuqa moddalariga boy o‘simliklarni etishtirish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. 
Em-xashak tayyorlashning asosiy talablaridan biri yuqori sifatga ega bo‘lgan
ozuqa mahsulotlari tayyorlashdan iborat.
Tabiiy yaylovlar va ekilgan o‘tlar ozuqa tayyorlash uchun asosiy manbalar 
hisoblanadi. O‘tlardan pichan, o‘t briketlari, senaj, qisman silos tayyorlanadi. 
Quritilgan xashaklar qayta ishlanib vitaminlarga boy – o‘t uni olinadi. 
Makkajo‘xori, kungaboqar va ko‘p yillik baland o‘suvchi o‘tlardan silos 
tayyorlanadi.
YUqori sifatli em-xashak olish va isrofgarchiliklarni kamaytirish uchun 
o‘tlarni belgilangan agrotexnik muddatlarda o‘rib olinishi, o‘rish texnologiyasi va 
mashinalar tizimini to‘g‘ri tanlanishi, mashinalarni maqbul rejimlarga sozlanishi,
o‘tlarni qisqa muddatlarda o‘rib olishda mehnatga pul to‘lash va ishlarni tashkil 
etishning ilg‘or usullarini qo‘llash imkonini beradi.
O‘tlar gullay boshlagan yoki to‘liq gullaganda pichanga, butonlash fazasida 
senajga o‘rish kerak. Silos tayyorlanadigan ekinlarni yig‘ishtirib olish ishlariga
ularni namligi 70...75% bo‘lgan paytda kirishiladi.
Tayanch iboralar: em-xashak yig’ishtirish texnologiyalari
turlari, usullari, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlari,
innovatsion texnologiyalar va zamonaviy mashinalar tizimi.


188 
Ko‘p yillik o‘tlardan o‘t uni tayyorlash uchun gullashgacha bo‘lgan davrda, 
bir yillik o‘tlarda gullash va mevalari paydo bo‘lganda o‘rib olish zarur.
Em-xashak tayyorlash texnologiyalarini madaniy holatda ekiladigan beda 
o‘simligi misolida ko‘rib chiqaylik.
Beda o‘simligi oqsilga boy (oqsil miqdori 19-20%) bo‘lib, u gektaridan
100-150 sentenergacha hosil beradi. Bundan tashqari chorva mollariga beriladigan 
barcha konsentratlarni o‘rnini bosadi. U o‘zida havodan azotni yig‘adi va 
to‘playdi. Bir yil davomida gektaridan 300 kg gacha azot yig‘adi. Ayniqsa 
sug‘oriladigan erlarni sho‘rlanishini oldini oladi. Uning ildizlari chuqur 
qatlamlargacha etib borib suv oladi va er osti suvlarini pasaytiradi. 
Beda etishtirishda birinchi yil ekilgani va eski beda agrotexnikasida 
birmuncha farqi bor. Bundan tashqari bedani ko‘k massa, senaj va pichan uchun 
etishtirish, yig‘ishtirib olish agrotexnikasini hisobga olish kerak.
Pichan tarkibidagi vitamin va oqsillarni saqlab qolish uchun bedani 10-15 % 
gullaganda o‘rish zarur. O‘rim kechiksa, pichan sifati pasayadi va keyingi 
o‘rimlardan olinadigan hosil kamayadi.
O‘rta Osiyonmng quruq va jazirama yoz sharoitida bedani pichan uchun
o‘rish katta qiyinchiliklar bilan bog‘liq, chunki bedani barglari to‘kilishidan saqlab 
qolish zarur. Barglarni to‘kilishi pichan sifatini pasaytiradi va poyalarning 
qurishini kechiktiradi. Barglar pichanning 50 foizini tashkil etadi, ularning 
tarkibida karotin, hazm bo‘ladigan protein, vitaminlar va beda pichanining eng 
zarur oziq moddalari bo‘ladi. SHu sababli o‘rilgan beda o‘sha kuniyoq, bir erga 
to‘planib, kichik-kichik uyumchalarga uyib qo‘yiladi yoki qator uyumlariga 
yotqiziladi. 
Beda maxsus o‘t-o‘rgichlar (73a-rasm) bilan o‘rilib, qator uyular 
ko‘rinishida ang‘izga (o‘rilgan dala yuzasi)ga tashlab ketiladi. Bedani o‘rish bilan 
bir vaqtda poyalarni ezish, ezilgan massani ang‘izga qator uyumlash yoki yoyishga 
imkon beradigan ezgich-o‘rgichdan (73v-rasm) keng foydalaniladi.


189 

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling