Mashinalaridan foydalanish, texnik


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

 
 
69-rasm. Kartoshkani yig‘ishtirib olish usullari 
Ertapishar bodring, pomidor, karam va boshqa sabzavotlarning hosilini bir 
necha marta terib olishga to‘g‘ri keladi. SHuning uchun ular tanlab qo‘lda terib 
olinadi.
Bu usulda texnologik jarayonni amalga oshirish (70-rasm) maxsus 
platformalar yordamida bajariladi. 
70-rasm. Bodring hosilini yarim mexanizatsiyalash usulida
yig‘ishtirib olish jarayoni 
 
Ish boshlanishidan oldin traktor va tirkamaning g‘ildiraklari ekinlar qator 
orasiga mos holda rostlanadi, platformaga yashiklar joylanadi, terimchilar ish 
joyidagi o‘tirg‘ichlarga joylashadi. Agregat past tezlikda Harakat qiladi. 


184 
Terimchilar pishgan sabzavotlarni terib xaltalarga soladi. Xaltalar to‘lgach 
yig‘uvchi bunkerga to‘kiladi, so‘ngra bunkerdagi sabzavotlar ko‘ndalang 
transporterga ag‘darilib u bilan ko‘taruvchi transpoterga etkaziladi. Ko‘taruvchi 
transporter o‘z navbatida sabzavotlarni yashiklarga joylaydi. To‘lgan yashiklar 
tirkama kuzoviga joylashtiriladi va dalaning oxirida yashiklar erga tushirib 
taxlanadi. Hosili bir vaqtda pishadigan pomidor, karam, sabzi, piyoz kabi 
sabzavotlar esa maxsus mashinalarda (71-rasm) yig‘ishtirib olinadi va 
chiqindilardan tozalanib, transport vositasiga yuklanadi hamda saqlash joylariga 
jo‘natiladi. 
Ildizmevalarni yig‘ishtirish asosan maxsus mashinalar yoki kombaynlar
yordamida qator orasi 35-50 sm va yo‘lak kengligi 10 sm dan katta bo‘lmagan
qatorli qilib ekilgan sabzi (71a va b-rasm), piyoz (71v-rasm), lavlagi (71g-rasm) 
va boshqa sabzavotlar yig‘ishtirib olinadi. Bu apparatda ildizmeva bargidan va 
tuproqdan ajratiladi. Tozalangan ildizmevalar transporter orqali mashina 
yonboshida ketayotgan transport vositasiga yuklanadi. Barglar esa er yuzasiga 
tashlab ketiladi. 

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling